Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

S O H I B  J A M O L
(1904-1983)
Sohib Jamolning asl  ismi  Rahim  ibn  Husayn 
Navbari  edi.  1905-yilda  Bag'dodda  tavallud 
topgan.  Otasidan  erta ajragan  Rahim  nihoyatda 
og'ir hayot  kechirib,  bir burda  non  topish  uchun 
ertadan-kechgacha yelib-yugurardi.  Topgan  noni 
na o'ziga va na onasiga yetardi.
Rahim  otasidan  ajralganda  uch  yashar  edi. 
Turklardan  boMgan  onasi  esa  kasalmand  bo'lib, 
og'ir yumushlarga yaramasdi.  Shunday  bo'lsa-da, 
yetim  o'sgan  bolasiga  butun  mehrini  berib, 
ko'ngli o'ksimasligi uchun qo'lidan kelguncha uni 
tarbiyalab,  ulg'bytiradi.
Yosh  bo'lishiga qaramasdan  ziyrak Rahim  kishilar eshigida yurib 
non topar,  topgan  nonlarini  o'zi  yemay,  kasalmand  onasiga olib  kelib 
berardi.  O'n  ikki  yoshida eshikma-eshik yurib  ishlash joniga tekkan 
Rahim to'qimachilik korxonasiga ishga kiradi.  Og'ir mehnat qilaverib 
erta suyagi qotgan Rahim  ishlab yurgan kezlarida onasidan ham ajralib 
qoladi.
Ota-onasidan ajralib yolg'iz qolgan bolakay ochdan o'lib qolmaslik, 
bir amallab qomini  to'ydirish  ilinjida Makkaga ketayotgan dindorlarga 
xizmatkorlik qilib, karvon bilan yo'lga tushadi.
Rahimni karvonboshi yo'lda ingliz ayoliga qul  kabi sotib yuboradi.
Rahim  ingliz sohibasi  Sharlotta bilan  birga  Hindistonga  boradi. 
Uzoq yo'l  azoblari, yo'lda o'zi  guvoh  bo'lgan  mudhish  voqealar  Ra- 
himning ruhiyatiga qattiq ta’sir etadi. Hindistondagi hayot Bag'doddan 
ham besh  battar og'ir ekanligini  ko'rib,  bu olis o'lkadan tezroq  ketish 
payiga tushadi. Qulay payt poylab, qarorgohdan qochib ketadi. Bekina- 
bekina,  Lohurga yetib keladi.  O'ziga boshpana qidirib  yetimlar uyida 
qo‘nim topadi. Yetimxonada u bir yilcha bo'lib, xat-savodini chiqaradi, 
turli kitoblar, gazeta va jumallami  o'qishga berilib ketadi.
Oradan  bir yilcha vaqt o'tgach  yetimxonadan  qochib,  Pokistonga 
yetib keladi. So'ngra Afg'oniston orqali sarson-sargardon kezib Bakuga 
keladi.
Onasidan  turk  tilini  o'rgangan  Rahim  ozarboyjon  qardoshlari 
orasida o'z uyida yashagandek kun ko'radi. O'shanda ilk bor qomi non- 
ga to'yib, osoyishta hayot kechirayotganini his qiladi.
Rahim  arab,  fors, turk tillarini mukammal  bilib,  bemalol  so'zlasha 
olardi. Bokuda ham tinch o'tirmay, yashash uchun kurashish  lozimligi- 
ni  anglagan Rahim  gazeta va jumallar tarqatish  bilan  mashg'ul  bo'lib, 
hayot kechirish uchun imkon topadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangi  chiqqan  gazeta  va jurnallardagi  xabarlarni  muttasil  o‘qib 
borar, savodi  oshib, dunyoqarashi yuksaladi.
Boku  adabiy jamoatchiligining ayrim  namoyandalari  bilan  bogMa- 
nib,  Sharq  klassiklari,  xususan, Nizomiy,  Fuzuliy she’rlarini  yod  ola 
boshlaydi.  Boku maktablariga qatnab, bilim olishga intiladi.
Keyinchalik Rahim bir qator ozar o‘g‘lonlari bilan birga Moskvada- 
gi  Sharq xalqlari  universitetiga kirishga muvaffaq boMadi.  Bu davrda u 
rus tilini o‘rganib, adabiyotga boMgan  ixlosi  kundan-kunga orta boradi. 
Universitet jurnalida  uning ozodlikni  tarannum  etuvchi  «Men  ozodlik 
farzandiman»  (1923) va chet el  bosqinchilariga qarshi  kurash  ruhidagi 
«Fashizmga  oMim»  (1923)  she’rlari  bosilib chiqadi.  Ilk  ijod  namuna- 
larining matbuot yuzini  ko‘rishi  Rahim  ruhiyatini  ko‘tarib,  she’rlar va 
badiiy  asarlar  o‘qish  bilan  ko‘proq  mashg‘ul  boMadi.  Ayniqsa,  rus 
mumtoz  adabiyotining  ulug‘  adiblari  L.  N.  Tolstoy  va  I.  Turgenev 
asarlari  Rahim  uchun katta maktab boMib qoladi.
Moskva  hayoti  talabani jahon  adabiyotining  nodir namunalarini 
o‘qishga  da’vat  etadi.  Flober,  Emil  Zolya,  Romen  Rollan  asarlarini 
oerilib o‘qiydi.
Bunday  o‘qish  va  izlanishlar uni  badiiy  ijod  ostonasiga yetaklab 
boradi.  0 ‘ziga  «Sohib  Jamol»  degan  taxallus  olib,  «Gulruh»,  «Ikki 
uchrashuv» hikoyalarini yozadi.
Sohib  Jamol  Sharq  xalqlari  hayoti,  ayniqsa,  yaqin  Sharq  xotin- 
qizlari  va  bolalari  qismati  haqida  ilmiy-publitsistik  maqolalar yozib, 
gazeta va jurnallarda  chop  etadi.  Dastlabki  ijodini jumalistika  bilan 
bogMab, matbuot bilan aloqasini mustahkamlaydi.
Sohib  Jamol  1925-yilda 0 ‘zbekiston  va  Tojikiston  bo‘ylab  safar 
qiladi.  O'zbek do‘stlari  bilan  turkcha,  tojik birodarlari  bilan tojikcha 
muloqot qilib, yaqin aloqada boMadi.
Keyinchalik  u  «Du  didor»  (1933)  hikoyalar to‘plamini  tojik tilida 
nashr qiladi.  «Qora choyshab», «Ona qalbi» nomli  ilk pyesalarini tojik 
teatrlariga taqdim etadi.  Hali  dramatik asarlarga muhtoj  boMgan yosh 
tojik teatrlari bu asarlarni  ko‘p yillar o‘z sahnasidan tushurmay namoy­
ish etgan.
Sohib Jamol  urush  davrida fashist bosqinchilariga nafrat  ruhi  bilan 
sug‘orilgan  maqolalari,  sermazmun  nutqlari  bilan  ko‘p martalab chi- 
qishlar qiladi.  Fashistlaming yovuz kuch  ekanligini,  razilligi  va johil- 
ligini  ko‘rsatib beruvchi ko‘plab asarlar yozadi.
Urushdan  keyingi  yillarda Sohib Jamol  ijodida yuksalishlar davri 
boshlanadi.  Ko‘p  yillik  mashaqqatli  hayot  tajribalari,  tinimsiz 
izlanishlar Sohib Jamol  ijodining o‘ziga xos  o‘zagini  belgilab  berdi. 
«Baxt axtargan qora tanli bola», «Aldangan umidlar» kabi asarlari chop 
etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Endilikda  Sohib  Jamol  nomi  Rossiya,  Kavkaz,  Markaziy  Osiyo 
mamlakatlariga yaqindan tanish boMib qolgan edi.
Adibning  «Parishon  lolalar»,  «Chinnigul»,  «Prezident»,  «Guli 
siyoh» romanlari  ko4pgina tillarga tarjima qilinib,  kitobxonlarning se­
vimli asariga aylangan.
Adib  qayerda  boMmasin,  qaysi  mavzuda  ijod  qilmasin  onasining 
mehrtoMa nigohini, mayus va horgMn ko‘zlarini eslaydi. Ko‘pgina asar- 
laridagi  ijobiy  ayol  obrazlari  uning  onasini  eslatadi.  Fotima  Sabriy 
(«Muhabbat  kamalagi»),  Bibi  («Guli  siyoh»),  Xadicha («Sindirilgan 
ko‘za») obrazlari  buning dalilidir.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish