Fayzulla boynazarov


partiya»  degan  tushunchalarni  yaxshi  anglab yetmagan  omi  odamlar



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)


partiya»  degan  tushunchalarni  yaxshi  anglab yetmagan  omi  odamlar 
obrazi ni yaratadi.
Yozuvchi  «Demokratiya  shunqori»  hajviyasida  matbuot  ustidan 
kuladi.  Qahramon  she’rlarini,  yigirma  ikki  varaqdan  iborat  «El-yurt 
taraqqiyoti  uchun  nimalar qilmoq  kerak?» degan  maqolasini  gazetaga 
yuborganda  ularni  bosib  chiqarishmaydi.  Yigirma  ikki  sahifani 
qisqartirib, besh satrgina gazetaning bir chetiga beriladi. Muallif gazeta 
va jumallar haqiqatni  yoritmay, yolg‘on-yashiq  gaplar bilan  toMib ket- 
ganini  iztehzo bilan ta’kidlaydi.
Endi  qahramon  haqiqatni  emas,  yolg‘on  gaplarni  yozishga  qaror 
qiladi. «Eshak qo‘zi tug‘di» sarlavhali maqolam shunday boshlanardi»,
-  deb eslaydi  adib:  «Muxbirimiz xabar qiladi:  kecha  bizning shaharda 
qirq  besh  yashar bir hangi  eshak  ikkita qo‘zi  tug‘di.  Qo‘zilardan  biri 
bulbulga o‘xshab xonish qilsa, ikkinchisi  kar va soqov boMib tugMlgan. 
Hangi  eshak  ikkala qo‘ziga dumidan  sut bermoqda.  Shu yerlik qariya- 
larning aytishiga qaraganda,  yurtimizda demokratiya quyoshi  balqib 
chiqqandan  buyon  bunday hodisa yuz bermagan.  Demak, hangi  eshak- 
dan  ikki  qo‘zichoq  tugMlishi  yaxshilik  alomatidir».  Bunday yo!g‘on 
xabarlar gazetaga tezda bosilib chiqadi, muxbirning nomini  tanitadi.
«Shukur qilsang  arziydi»  hikoyasi  ham  mahorat  bilan  yozilgan. 
Asarda Shukurbey  ijaraga uy qidiraverib sarson-sargardon  boMadi.  Uy 
egasi  uni  sudga berib, tez kunlarda bu dargohdan chiqib ketishni  talab 
qiladi.  Shunda Zakoiy  degan  eski  tanishini  uchratib qolib,  ijaraga  uy 
qidirib sarson  boMganini  aytadi.  Zakoiy esa besh  qavatli  imorat qurib, 
rosa qiynalganini  aytadi  va  «Shunga ham  shukur qil»  deb  har gapida 
takrorlaydi.
«Pulimga yarasha yer bering» hikoyasi qahramoni gazetalardan birida 
«Imoratsiz  quruq  1624  kvadrat  metrlik  yer to‘rt million liraga sotiladi»
www.ziyouz.com kutubxonasi


degan  xabarni  o'qib qoladi.  Shundan so'ng u oladigan oylik  ish  haqiga 
yer  sotib  olishi  mumkinligini  hisoblab  chiqsa,  roppa-rosa  666  yil 
ishlashi  kerak  ekan.  Hisoblayverib,  uyqusi  qochadi.  Kechayu  kunduz 
shu  yerni  olishni  o'ylaydi.  Nihoyat,  oxiri  o'ylayverib  jinnixonaga 
tushadi.
Yozuvchining «Musht ketdi», «Bezovta boMmang»,  «Sigaret qutusi- 
dagi  arz-dodlar», «Nazokatu nafosat»  kabi  hikoyalarida muhim  muam­
molarni  ko'tarib  chiqadi.  Bu  hikoyalarning  mavzusi  xilma-xildir. 
«Nazokatu  nafosat»  hikoyasi  qahramoni  Xolid  shaharning  kazo-kazo 
martabali  kishilari  manzilini yon daftarchasiga yozib yuradi.  Bir marta 
u  begonalar qo'liga tushib  qolganda,  yon  daftarchasidagi  «nazokatu 
nafosat»  degan  yozuvni  o'qib  qolishadi.  Yana  daftarchada  sinfdoshi 
Rizo tirtiqning adresi ham boMadi. Rizo esa bosh direktor, begonalar esa 
Rizoning qoMidagi  xizmatkorlar boMadi.  Xolidni  haqorat qilib,  kaltak- 
lab, so'roqqa tutayotgan  begonalar darrov  o'zgarib,  «Beyafandim» deb 
unga yumshoq  muomala  qila  boshlaydilar.  Shundan  buyon  u  daftar­
chasiga martabali kishilaming manzilini yozib yuradi.
Yozuvchining «G'aroyib bolalar»  romani  ham  o'quvchi  e’tiborini 
tezda o'ziga tortadi. Romanda maktab o'quvchilari Ahmad Tarbiy bilan 
Zaynab Yolqir o'rtasidagi yozishmalar berilgan.  Bu  maktublar ijtimoiy 
hayotdagi ayrim muammolarga barchani o'ylantirib yurgan masalalarga 
qaratilganligi bilan  e’tiborlidir.
Shunday  hajviy  asarlar  bo'ladiki,  garchi  hajm  jihatidan  kichik 
bo'lsa-da,  undan  katta bir romandan  olgan  taassurotni  olasiz,  qahra- 
monlami uzoq vaqt eslab yurasiz. Aziz Nesin tasviridagi qahramon ham 
hech qachon esdan chiqmaydi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish