CHINGIZ AYTMATOV
(1928)
Qirg‘izistonning Talas Vodiysidagi Shakar qish-
logMda tavallud topgan. Otasi To‘raqul Aytmatov
Avliyootadagi rus-tuzem maktabini bitirgan ziyoli
edi. U keyinchalik shaxsga sigMnish qurboni
boMadi. Onasi Naima Aytmatova o‘qimishli ayol
boMgan. Chingiz dastlab rus, so‘ngra qirgMz makta-
bida o‘qiydi. Avliyootadagi zooveterenariya texni-
kumini, QirgMziston qishloq xo‘jalik institutini
tugatadi. 3 yil zootexnik boMib ishlaydi. Moskvada
yozuvchilar uyushmasi qoshidagi oliy adabiyot
kursini (1956-1958) bitiradi.
«Literatumiy Kirgizistan» jurnali bosh muharriri, «Pravda» gazeta-
sining muxbiri, Kinematografchilar uyushmasi raisi, Qirg‘iziston Yo
zuvchilar uyushmasi rahbari boMib ishlagan.
Ilk badiiy ijod namunasi «Jamila» (1959) qissasi juda ko‘p tillarga
tarjima qilingan. Bu qissa «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng
ajoyib qissa», deb yuksak baho bergan edi Lui Aragon. QirgMz va rus
tillarida ijod qiladi. «Birinchi muallim» (1962), «Somon yoMi», «Ona
yer» (1963), «Alvido, Gulsari» (1966), «Yuzma-yuz», «Qizil durrali
sarvqomatim», «Bo‘tako‘z», «Oq kema», «Erta qaytgan tumalar»,
«Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar»
kabi qissalarining, «Asrga tatigulik
kun» (1980), «Qiyomat» romanlarining muallifidir. Bu asarlarining
deyarli barchasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 0 ‘zbek kitobxonlari
ularni sevib o‘qiydi.
Yozuvchi har bir asarining voqeasini hayotdan oladi. Voqealarga
sayqal berib, go‘zallashtirib yana hayotga qaytaradi.
«Ashim» hikoyasining qahramonini olib qaraylik. Ikki farzandidan
ajralgan chol munkayib, ruhan tushkunlikka tushib, hayotdan bezib qol-
maydi. Ashim kuchli iroda egasi. U har qanday ayriliqqa, har qanday
qayg‘uga bardosh beradi. 0 ‘gMi urushdan qaytib kelmaydi, betob qizi-
ni har qancha davolashga urinmasin, malham topolmaydi. Bu ogMr
judoliklarga qaramasdan u hayotdan, yashashdan umidini uzmaydi,
o‘zini mehnat bilan ovutadi. U odamlardan ham ajrab qolmaydi. Ham
ma vaqt odamlar orasida boMadi. Odam taftini odam oladi, degan naql
asar asosida yotadi.
Chingiz Aytmatov o‘z asarlarida mehnatni ulugMaydi. Ayni chog‘da
mehnatkash inson obrazini juda go‘zal tarzda yaratadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Oq yomg‘ir» hikoyasining bosh qahramonlari Saodat va Qosimjon
o‘z mehnati tufayli baxtiga, iqboliga erishadi. Yaxshi niyat bilan bo‘z
yerlarni o ‘zlashtirib, xalqqa ozgina boMsa-da foydasi tegar degan
niyatda
tinimsiz mehnat qiladilar, fldoyilik ko‘rsatadilar.
Muallifning «Oq kema» qissasida Mo‘min buva va yetim qolgan
nabira, 0 ‘rozqul obrazlari nihoyatda hayotiy tasvirlangan. Mo‘min
buva nevarasini parvarishlab, ulg‘aytirishdek ezgu niyat bilan yuradi.
Buvaning qalbi nihoyatda toza. Shunday boMsa-da, 0 ‘rozqul qaynatasi
Mo‘min buvaga azob beradi, uni ruhan qiynaydi. Insoniylik, odam-
garchilik 0 ‘rozqulga yot.
«Oq kema» qissasida shoxdor ona Bug‘u hikoyasi nihoyatda go‘zal
tasvirlangan. Shoxdor ona Bug‘u voqealar silsilasidan ajralib qolma-
gan.
Aksincha, bu afsonaviy
hikoyatlar, rivoyatlar hayot haqiqatini yori-
tishga qaratilgan.
Asarda bola obrazi ham nihoyatda katta mahorat bilan yaratilgan. U
shirin orzular dunyosida yashaydi. IssiqkoMga matros boMish uchun
ketgan otasini, allaqayoqlargadir g‘oyib boMgan onasini sog‘inib
yashaydi. Kunlar o‘tib ular bolani qidirib kelishiga ishonadi.
Avlodning davomchisi boMgan bola yorugMikka intiladi, o‘qish
niyatida Mo‘min bobo yordami bilan maktab quchogMga otlanadi.
Chunki, bugungi kun millat davomchilari o‘qishi, endilikda dunyoni
bilishi, 0 ‘rozqul kabi tuban, pastkash, jaholatparastlardan ustun
boMishi kerak.
Chingiz Aytmatov xarakter yaratish ustasi. U inson qalbining
nozikligi, mehr-muhabbatga tashnaligiyu va go‘zalliklarini chuqur his
eta oladi va uni mahorat bilan tasvirlaydi.
Yozuvchi yaratgan Jamila, Saida, Oltin, Asal kabi xotin-qizlar,
Doniyor, Duyshen, Ilyos, Abubakr kabi qirgMz xalqining o‘g‘lonlari ob
razlari tinimsiz ijodiy izlanishlar samarasidir. Yozuvchi hayotning
ichiga chururroq kirib borsagina, hayotdagi voqealami teran idrok
etsa-
gina, voqelikning mazmun va mohiyatini keng mushohada qilsagina,
uning yaratgan obrazlari hayot kabi yorqin, go‘zal va beg‘ubor chiqadi.
Chingiz Aytmatovning keyingi ijod namunalaridan biri «Asrga
tatigulik kun» asarini olib qaraylik. Bu asarda manqurt obrazi g‘oyat
pishiq va puxta yaratilgan. Manqurt fahmlamaydi, befarosat boMadi,
o‘zini o‘zi anglab yetmaydi, atrofda boMayotgan voqealarni mushohada
qilmaydi. Kelajak haqida uning tasavvuri boMmaydi. Shunday manqurt-
laming tiniq vakili JoMomon obrazidir. U tuyani va xo‘jayinini biladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xo'jayini aytgan gapdan, chizgan chizig'idan chiqmaydi. Irodasiz bu
manqurtning o'z onasini otib o'ldirishi kitobxonni larzaga soladi.
Hayotda bunday manqurtlar kimlar uchundir ish beradi. Bunday
manqurtlardan kimlardir o'z manfaati va maqsadi yo'lida ustamonlik
bilan foydalanadi. Bunday ustamonlar uchun aqlli, fahm-farosatli
kishilardan ko'ra, manqurtlar ko'proq manfaat, foyda keltiradi.
Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romani so'ngi yillar
jahon romanchiligida eng yaxshi asarlardan biri sifatida yuksak baho-
landi.
Do'stlaringiz bilan baham: