Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi o`zbek
1 – bosqich sirtqi guruhi talabasi
Omonjonov Azimjonning
O`zbekiston tarixi fanidan
Yakuniy nazorat ishi
37-вариант
1.Ўзбекистон ҳудудида ибтидоий жамоа тузуми ва унинг даврларга бўлиниши.
2.Хоразмшоҳ - Ануштегинийлар давлати.
3.Советлар ҳукмронлигига қарши қуролли ҳаракат. (1918-1924 йй)
1.Ўзбекистон ҳудудида ибтидоий жамоа тузуми ва унинг даврларга бўлиниши.
Ko‘p tarixshunoslarning fikricha, tarixni o‘rganishga yondashish anchagina holis va obyektivdir. Jahonning asosiy qitalari kabi Markaziy Osiyo hududida ham ibtidoiy jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlari mavjud. Paleolit eng qadimgi va uzoq asrlarni o‘z ichiga olgan tosh davridir. Undan keyingi mezolit davri miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi, o‘ng neolit-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar, eneolit (mis-tosh) davri-miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar, bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar va temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi.
Markaziy Osiyoning qulay geografik sharoiti ibtidoiy davrning dastlabki bosqichlaridanoq kishilar diqqat e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Hozirgi O‘zbekistonning Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo bo‘ylaridan, Farg‘ona vodiysi va uning tog‘ yon bag‘irlari hududlaridan, Ohangaron va Chirchiq daryolari atrofidan shuningdek Janubiy Qozog‘istonning, Qirg‘iziston va Janubiy Turkmanistonning tog‘ va tog‘ oldi tumanlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha davrlariga oid yodgorliklari topilgan. O‘rta tosh davriga mansub ibtidoiy kishilar manzilgohlari Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida uchraydi. Demak, aholi bu paytlarda yurtimizda keng tarqalgan bo‘lib, kishilar turmushida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘la boshlagan. Endi ular ibtidoiy tudadan urug‘chilik jamoasiga o‘ta boshlaydilar. Ana shu davrda o‘lkamizda hozirgi zamon odamlariga o‘xshash kromanonlar paydo bo‘ldi. Ular tinimsiz mehnat natijasida aqliy va jismoniy jihatdan rivojlandilar va biologik xususiyatlari o‘zgarib bordi. Mehnat qurollari takomillashadi, nutq madaniyati o‘sib, fikrlash ancha oshadi. Olov sun’iy tarzda yaratiladi, ovchilik ancha rivojlanib keng hududlarga tarqaladi.
Qadimgi odamlarda ongning paydo bo‘lishi, fikrlash qobiliyatining vujudga kelishi juda uzoq va g‘oyat murakkab jarayon bo‘lgan. Bu haqda olimlarda turli muloxazalar mavjud, ammo aniq bir narsa ayonki, yashashga intilish, jon saqlab qolish, tirikchilik qilish qadimgicha fikr qilishga, qiyoslash va takkoslashga majbur etgan.
Mezolit davrida jahonning ko‘p qit’alarida tektonik o‘zgarishlar: yirik ekologik tanazzul yuz berdi, zilzilalar bo‘ldi, muzliklar eridi. Shu bois tabiiy sharoit ko‘p hududlarda keskin o‘zgardi, odamlarning katta-katta guruh bo‘lib iqlimi durustroq joylarga ko‘chishlari bo‘ldi (shu jumladan Markaziy Osiyoga ham). Yangi sharoitga moslashish esa, kishini yanada faolroq bo‘lishini taqozo qildi. Ma’lumki, o‘q-yoy, kamon mezolit davrining mevasidir, uning tarixiy ahamiyati barchaga ayon. Inson tirikchilikning yangi manbalarini izlaydi. Maxsulotni sun’iy ravishda yetishtirishni o‘rgana boshlaydi. Boshoqli donlar, xonaki mol, qo‘y-echkilar, ishlab chiqarishni yangi qurollari ko‘p mintaqalarda mezolit va neolit davrining mahsulidir. Ko‘pchilik olimlar ana shu asrlarni sivilizatsiyaning dastlabki muhim qadamlari davri deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilarning ayrimlari esa «neolit inqilobi sivilizatsiyalar tarixining boshlanishi» degan xulosaga keladilar. Ularning fikricha dastlabki sivilizatsiya markazlari Old Osiyo va yaqin Sharq bo‘lgan,xususan Nil, Frot, Dajla, so‘ng Hind, keyin Yanszi vohalari tilga olinadi. Qadimshunos olimlar A.Amalrik va A.Mongayt fikricha, Misr inson hayotining ta’minlagan va madaniyatni vujudga keltirgan yurt, eng qadimgi ziroatchilik vatanidir. Dehqonchilikni paydo bo‘lishi kishilarga boshqa yumushlarni amalga oshirish imkonini yaratdi va asta sekin hunarmandchilik rivojlana boshladi.
Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug‘i (matriarxat) davri boshlandi. Ona urug‘i yuqori paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlarida hukmronlik qilgan. Shu davrlarning ilk bosqichida yevropali, negrsimon va mo‘g‘ulsimon irqlar shakllandi. Bu jarayonda har bir urug‘ va irq tarkalgan mintaqalarning tabiiy-geografik sharoitlari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bundan 35-12 ming yil muqaddam yurtimizda tarixiy san’at vujudga kela boshladi. O‘q-yoy mezolit davrining dastlabki bosqichida ixtiro etilgan. Demak bu kashfiyot 12-10 ming yil burun paydo bo‘lgan va insoniyat tarixida katta o‘rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |