Fayzulla boynazarov


Partizan  boMinmasida  turli  millat  vakillarini  uchratish  mumkin  edi



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)


Partizan  boMinmasida  turli  millat  vakillarini  uchratish  mumkin  edi. 
Romanda «Dengiz burguti» laqabli  Hoji Mixal jasorat va dovyurak grek 
farzandi timsolidir.
Oldrijning «49-shtat»  pyesa-pamfleti jahon  siyosiy  sahnasida yirik 
voqea boMdi.  Bu  asarda Angliyaning  ilgarigi  gegomonlik,  hukmronlik 
mavqei  yo‘qolib,  ancha  zaiflashib  qolganligi  qalamga  olinadi. 
Angliyaday  buyuk  davlat  boshqa  rivojlangan  mamlakatlar,  ayniqsa, 
Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  oldida  qo‘g‘irchoqqa  aylanib  qoladi. 
Yozuvchi obrazli  ibora bilan Angliyani Amerika Qo‘shma Shtatlarining 
«49-shtati» deb ataydi.
Oldrijning  «Elchi»  (1949)  romani  yana  bir  ulkan  yutuq  boMdi. 
Roman  asosida  Angliya  elchisi  Essens  va  uning  yordamchisi  Mak 
Gregor obrazi  turadi.  Elchi lar faoliyati  haqidagi  bu  roman  millatlar, 
dinlar,  mamlakatlar,  irqlar  taqdiri  bilan  bogMiq  masalalami  yoritib 
beradi. Romanda tasvirlangan davlatlar o‘rtasidagi siyosiy o‘yinlar, bir- 
birini  chalgMtishlar,  chap  berishlar,  manfaatlar to‘qnashuvi  o‘quvchi 
dunyoqarashiga qattiq ta’sir etadi.
Oldrij  siyosiy yozuvchi.  Siyosatchi o‘zining ilmiy-nazariy qarashla- 
ri,  falsafiy-publitsistik  asarlari  bilan  siyosiy  maydonda  namoyon 
boMadi. Oldrij  esa o‘z siyosiy qarashlarini  badiiy bayon etadi, obrazlar 
dunyosi  orqali  mushohada  qiladi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  siyosiy 
mavzuda qalam tebratuvchi yozuvchidir.
Yozuvchining «Ovchi» (1950) romani inson va tabiat mavzusida.
Roman voqeasi Kanada o‘rmonlarida boMib o‘tadi. Asar qahramoni 
Roy Mak-Neyr o‘zi yashagan o‘rmonni sevadi. 0 ‘z taqdirini o‘zi bilgan 
o‘rmon  bilan  bogMaydi.  Asarda  inson  tabiatning  bir  boMagi,  ayni 
chog‘da uning  xo‘jayini  sifatida  berilgan.  Xo‘jayin  ochko‘z boMsa, 
boylik orttirish payiga tushsa, o‘rmonni va undagi jonivorlarni quritadi. 
Tabiatning bu  mo‘’jizasini  sotib, yeb tugatadi. Yozuvchining nazarida 
o‘rmon bebaho boylik,  Roy kabi sofdil va haqiqatgo‘y insonlar qoMida, 
tabiat yanada yashnab ketadi, o‘rmonlar go‘zallashib boraveradi.
Oldrij  ijodining  ufqi  keng,  romanlarining  mavzusi  xilma-xildir. 
Yozuvchining keyingi asari «Qumliklar ufqidagi qahramonlar» (1954)
www.ziyouz.com kutubxonasi


deb  nomlanib,  unda  ko'chmanchi,  qashshoq  qabilalar,  neft  qazib 
chiqaruvchi  arab  ishchilari, dehqonlari,  sahro  odamlari  hayoti  hikoya 
qilinadi.  Baxraz  ahli  ertadan-kechgacha  qumliklar quchog'ida qora 
terga botib mehnat qiladi,  shu mehnati  orqasidan zo'rg'a kun kechiradi. 
«Qora  oltin»ning  huzurini  esa  ingliz  ishbilarmonlari,  millionerlari 
ko'rishadi.
Romanning  bosh  qahramoni  Gordon  urush  tufayli  arab yerlariga 
kelib  qolgan,  arablar  bilan  do'stlashib,  o'z  qismatini  ular  bilan 
bog'lagan.  Gordonning dunyoqarashi  keng,  fikri  tiniq.  Ayni  chog'da  u 
haqiqat  tarafdori.  Baxrazliklarning  o'z  boyligi  va  mulkidan  birovlar 
manfaat  ko'rayotganidan  g'azabi  keladi.  Bu  nohaqlikka chidab turol- 
maydi.
Yevropada  Jeyms  Oldrijga  «o'zga yurtlarning  o'g*li»  deyishadi. 
Chunki adib o'zga xalqlar hayoti, taqdiri, yashash va kurash tarzi  haqida 
yozadi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish