Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

0 ‘LJAS SULAYMON
(1936)
Qozoq  xalqining donishmand shoiri  deb shuhrat 
qozongan.  Sobiq  sho‘ro  hukumatining  istilochilik 
siyosatini  qattiq  tanqid  qiladi.  Xalq  diliga  yaqin 
she’rlar yozib, ta’qib va tazyiqqa olinadi.
Shunda  ham  shoir  hech  qachon  ortga  chekin- 
maydi. «Az i Ya» deb nomlanuvchi shoh asari  1976- 
yilda chop etilgandan so‘ng, dunyo matbuoti tinimsiz 
0 ‘ljas  Sulaymon  nomini  tilga olgan  edi.  Bu  kitob 
shoir  nomini  jahonga  tanitdi.  Shoir  haqiqatning 
yuziga  oyoq  bosmadi.  Haq so‘z uchun tinimsiz ku-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rashdi.  0 ‘z  xalqining  cheksiz  hurmat-e’tiborini  qozondi.  Kitobda 
berilgan falsafiy mushohadalaming, qochiriq, kinoya so‘zIaming mag‘- 
zini  chaqolmay,  noto‘g‘ri  tahlil  qiluvchilar topildi.  «Az i  Ya»ni  shoir 
1989- yilda qayta ishladi  va qaytadan nashr etdi.
0 ‘ljas  Sulaymon  ikki tilda -  rus  va qozoq  tilida  birdek  ijod  qiladi. 
Shoirga Yevropa bilan  Osiyoni  bog'Iovchi  ko'prik deb  ta’rif berishadi. 
Aynan «Az i Ya» asarida G‘arb bilan Sharq, slavyanlar bilan turklar bir- 
biriga  muqoyasa qilinadi.  «Non  oqshomi»  (1954),  «Cho‘l  farzandi» 
(1961),  «Mehmonxona derazasidan»  (1962),  «Cho‘l  oqshomi»  (1963), 
«Qaytish» (1963),  «Ko‘priklar» (1963),  «Pushkin  maydonida»  (1964), 
«Kutmagil»  (1967),  «Har  kun  ertalab»  (1972),  «Shimol»  (1976), 
«Kashmir qishlog‘idagi  shoira» (1980),  «Uyg'onish»  (1979),  «To'qqiz 
hukm» asarlari  tanlangan asarlaridandir.
Shoirning  yigirmadan  ortiq  kitobi  nashr  qilingan.  Ularning 
aksariyati boshqa tillarga tarjima qilingan.
1936-yil  18-mayda Olmaota shahrida tavallud topgan shoir rus mak- 
tabida  o'qiydi.  Bu  unga  rus  tilini  o'rganish  va  rus  adabiyotini  bilish 
imkoniyatini tug'diradi. Qozog'iston Davlat universitetida geologiya fa- 
kultetida o'qishiga qaramasdan she’rlar ijod qila boshlaydi.
O'ljas  Sulaymon  Moskvada Jahon adabiyoti  institutida o'qiydi.  Bu 
davrda  rus  va jahon  adabiyoti  namunalari  bilan  yaqindan  tanishgan 
shoirning mahorati oshib boradi.
Shoirning «Arg'umoqlar» (1962) she’rlar to'plami  ilk ijod namuna- 
si  bo'lib,  millionlab o'quvchilar qalbiga yetib boradi  va tezda taniladi. 
Shundan so'ng «Qozog‘iston» studiyasida o'n yildan  ziyodroq  faoliyat 
ko'rsatadi.  Bu yillar shoir uchun  haqiqiy ijod davri  bo'ladi.  «Quyoshli 
tun»,  «Maymun yili»,  «Loy kitob»,  «Olovning ko'chishi» kabi  she’rlar 
majmuasi  birin-ketin  nashr qilinadi.  Bu  ijod  durdonalari  shoir nomini 
tezda tanitadi.
Qozog'iston  Yozuvchilar uyushmasi  kotibi  bo'lib  ishlab  yurgan 
(1972) kezlari shoir uchun qaynoq  ijod pallasi  sanaladi. «Yumaloq yul- 
duz»,  «Ajoyib tun»,  «Sharofatli  vaqtlar»  kitoblari  nashr qilinadi.  Bu 
davrda shoir o'zining otashin nutqi,  ilmiy-falsafiy ruhdagi  ma’ruzalari 
bilan uchrashuvlarda, konfrensiyalarda, anjumanlardatez-tez chiqishlar 
qilib turar, tinglovchilarning e’tiborini o'ziga jalb etardi. Ulkan iste’dod 
va katta talant egasi bo'lgan shoir soatlab yoddan she’r aytib berish iqti- 
doriga  ega.  Unda  she’rni  ham  ruscha,  ham  qozoqcha  ifodali  o'qish 
mahorati  mavjud.
Shoirning «Qoyilmisan  insonga,  zamon»  asari  «Az i  Ya» asarining 
mantiqiy davomidek tuyuladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘ljas  Sulaymon  rus  chorizmining  Markaziy  Osiyoga qilgan  bos­
qinchilik urushini  ochiqdan-ochiq  qoralab  chiqdi.  Markaziy Osiyodagi 
davlatlarning  Rossiyaga  «ixtiyoriy  qo‘shilishi»  degan  soxta  da’voni 
qattiq tanqid  ostiga oldi.  Bunday  urushlar tufayli  minglab  begunoh  ki­
shilaming behuda o‘lib ketganligini jasurlik bilan ayta oldi.
0 ‘ljas Sulaymon tilshunos olim sifatida ham o‘zini namoyon etdi.  U 
«Igor jangnomasi» dostonida berilgan ko‘plab turkiy so‘zlami sharhlab 
beradi.
0 ‘ljas Sulaymon adabiyotshunos olimdir.  U qadimiy adabiy, badiiy, 
poetik asarlarni  tahlil  qildi.  Mahmud  Koshg‘ariy (XI  asr)dan  tortib  Is- 
xoq al-0 ‘troriy, Ismoil al-Jahariy, Jamol Turkistoniy, Al-Qipchoqiy kabi 
o‘nlab shoirlar ijodini o‘rganib chiqqan.
Tarixchi  olim  sifatida turkiy  xalqlar tarixi,  qipchoqlarning  kelib 
chiqish tarixi haqida ilmiy xulosalar chiqardi.
0 ‘lmas  Forobiy  yashab  o‘tgan  X  asrda  Yevropada  bironta  ham 
ijodkor bo‘lmaganligini,  faqat xalq  ijodiga asoslangan  asarlar mavjud 
bo‘lganligini  qayd  qilib o‘tadi.  Juda ko‘plab  atoqli  adabiyotshunoslar, 
tilshunoslar  va  tarixchi  olimlarning  asarlaridan  manbalar  olib  o‘z 
fikrini  isbotlaydi.
Dashti  Qipchoqda  Dnepr,  Ob-Irtish,  Enasoy daryolari  bo‘ylaridan 
topilgan arxeologik yodgorliklar misolida turkiy qabilalaming qadimiy- 
ligini  isbotlab  berdi.  Turkiylarning  qadimgi  yozuvlari  haqida  ham 
qiziqarli  manbalami  keltirib o‘tadi.  Uning asosli  dalillari  va xulosalari 
turkiy  xalqlar  ilm-fani  taraqqiyotida  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Shoirning  Sharq  va  G ‘arb  adabiyotining  umumiy  jihatlari,  o ‘ziga 
xosligi haqida bildirgan fikrlari ham e’tiborga loyiqdir.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish