ixtiro qilishga harakat qiladi. Shu yo‘sinda, ko‘pchilik unga hayrat
bilan qaraydi, ixtirolari esa qishloqning o‘ziga xos eng
muhim yangilik-
laridandir. Shuning uchun ham u har yili lo'lilaming kelishini intizorlik
bilan kutadi.
Ko'proq hissiyotga beriluvchan xayolparast Xose Arkadio Buendia
lo'lilar bashoratiga va, ayniqsa, Melkiades m o'’jizalariga ishonadi. Bu
mo‘’jizalami yer qa’ridan oltin qazib olish ishiga tadbiq qilish haqida
o'ylaydi.
To'g'ri so'z Melkiades Xosega bu mo'jiza-ohanraboning hech narsa
ga yaroqsizligini tushintirsa ham ishonmaydi.
Melkiadesning ogohlantirishiga qaramasdan Xose bu soxta m o'’ji-
zaga ishonib, uni bor-budiga - «bir xachiri va bir qancha
uloqchalariga» almashtirib oladi.
Roman mana shunday qiziqarli voqealar asosiga qurilgan. Asarda
tasvirlanishicha, lo'lilar yanada hayratlanarli m o'’jizalarni namoyish
eta boshlaydilar. Bir kuni jazirama issiqda ko'cha o'rtasiga xas-
cho'plami to'plab, zarrabinni quyosh nuriga to'g'rilab, xas-cho'plami
yoqib yuboradilar. Bu sirli voqeadan qishloq ahli hayajonlanib ketadi.
Ayniqsa, hissiyotga beriluvchan Xose Arkadio Buendia qattiq
hayratlanib, bu zarrabinni harbiy maqsadda ishlatsa bo'ladiku, degan
fikr miyasiga urilib, zarrabinni qo'shib uch oltin yombiga almashtirib
oladi. Melkiades ishonuvchan Xoseni o'z niyatidan qaytarib, uning seh-
rli kuchi yo'qligini aytsa ham oyoq tirab turib oladi.
Melkiades lo'li bo'lsa ham juda mard edi. U lo'lilarning g'irt
yolg'ondan iborat afsungarliklariga qattiq ishongan Xose Arkadio
Buendiaga rahmi kelib, oltinlarini qaytarib beradi. Yana bir qancha
mo‘’jizaviy asboblar, ilmiy kitoblar ham olib kelib beradi.
Ishonuvchan Xose bo'lsa davlat idoralariga m o'’jizaviy zarrabindan
harbiy qurol sifatida foydalanish mumkinligi va, hattoki, bu m o'’jiza-
ning sirlari haqida saboq berishi haqida maktub yo'llab, yillar
davomida maktubiga javob ololmaydi.
Shunday bo'lsa-da, Xoseda ilmga bo'lgan ishtiyoq so'nmaydi. U
lo'li sovg'a qilgan m o'’jizaviy asboblar yordamida xonasidan chiqmay
tadqiqot ishlari olib boradi. U bir necha kun uxlamasdan tinimsiz
ishlab, o'z-o'zi bilan gaplashadigan bir holga tushib qoladi.
Romanda qishloq odamlariga xos soddalik, ishonuvchanlik, ular
ning hayot tashvishlari, kurash va yashash tarzi g'oyat mahorat bilan
tasvirlab berilgan. Yolg'izlik insonning taqdir taqozosi bilan yolg'iz
www.ziyouz.com kutubxonasi
qolishi emas, insonni dunyo yangiliklaridan, taraqqiyotdan, jamiyatdan
uzulib qolishidir, degan fikr o‘rtaga tashlangan.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda allaqachonoq oddiy bir narsaga
aylanib qolgan durbin va zarrabin oddiy qishloq ahli, xususan, Xose
uchun buyuk bir kashfiyot - mo4'jiza boMib tuyuladi. Chunki Xose
dunyo yangiliklaridan orqada qolgan, ilmiy kashfiyotlardan bexabar.
Gabriel Garsia Markesning romani qanday tugashini oldindan
bilolmaysiz. Asarning nihoyasini o‘qishga qiziqasiz. Nihoyasini
bilganda esa o'ylanib aolasiz. Nega yozuvchi bunday xulosaga keldi?
«Yolg‘izlikning yuz yili»ga mahkum etilgan odamlar avlodi endi nega
qayta paydo boMmaydi? Ancha vaqt shu savollarning javobini topol
may, yana romanni qaytadan qoMga olasiz.
«Yolg'izlikning yuz yili» asarida insonning yolg‘izligi,
jamiyatning
yolg‘izligi, qishloq ahlining yolg‘izligi haqida gap ketadi. «Oshkora
qotillik qissasi» asarida esa har bir insonning taqdiri uchun mas’ullik
haqida mulohaza yuritiladi, loqaydlik qoralanadi.
Bir odam huda-behuda o‘lib ketayapti. Uning qotilini ko‘rganlar
hech narsani ko‘rmagandek beparvo yuribdi. Ko‘rsa ham ko‘rmaslikka
oladi. Bilsa ham bilmaslikka oladi. Insonning fojiaviy oMimiga beparvo
qarashadi. Qo‘shnim bilan nima ishim bor, menga desa o‘lib
ketmaydimi qabilida ish tutadi. Axir, bunday beparvolikka
qachongacha
:hidash mumkin?
Gabriel Garsia Markes qotillikni ko‘rganlar, unga guvoh boMganlar
ham aslida qotil kabi jinoyat ishtirokchilaridir, degan fikrni ilgari
suradi. Jinoyatni ko‘rib, ko‘rmaslikka olish bu eng yomon jinoyat.
Do'stlaringiz bilan baham: