Fayzulla boynazarov


(Ibrohim Qo'nonboy o 'g 'li)



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

(Ibrohim Qo'nonboy o 'g 'li)
(1841-1904)
Abayning  «O'lan»,  «Bahor»  sh e’rlari  o'quvchi 
qalbining  nozik  torlarini  chertadi,  ular  nihoyatda 
mayin  va  yoqimlidir.  Abay  ijodida  ishq-m uhabbat 
mavzusi  keng o'rin  egallaydi.  Shoir o 'z  xalqini  ilm- 
m a’rifat  o'rganishga  da’vat  etadi  va  ilmni  ulug'lab 
juda  ko'plab  she’rlar  ijod  qiladi.  Abay  o 'z   xalqini 
sevadi.  Shu  bilan  birga o'zga xalqlar,  millatlar bilan 
ham  do'stlik,  inoqlikni  ulug'laydi.
Qozoq xalqining oqini, o'lanchisi, baxshisi Abay 
saxovatli  shoir  bo'lgan.  Unchalik  nochor  hayot  ke- 
chirm asa-da,  zamona  zulm idan  zorlanadi,  qozoq 
xalqining «qorong'ilikda yo'l  topolmay»  sarson  bo'lib qolganidan  qay- 
g'uradi.
Q ozog'im ,  s h o 'r lik y u r tim ,  v a y ro n y u rtim !
Q o r o n g 'u d a y o 'l topolm ay,  h a y ro n y u rtim .
Yomon bilan y a x sh in i fa r q  qilolm ay,
O g 'z id a  ham   qon,  ham  moy,  sa rso n  yurtim ...
Abay  sh e ’rlari  o'qishli,  yoqimli,  mayin.  Unda  zamon  m anzarasi 
go'zal  tarzda chizib  berilgan. Yurt  boshiga soya solgan,  oshiga  zahar 
solgan  biylarga nisbatan  shoirning qahri  keladi,  bunday zulmat qo'yni- 
da shoir o'zini  «hassasi yo'q ko'r singari» his etadi.
Abay asarlari pand-nasihat ruhi bilan sug'orilgan.
Insonni  to'g'rilikka,  insoniylikka,  go'zallikka yetaklaydi.  Haqiqat 
yo'lini tanlashni  maslahat beradi.
Abay o 'z  xalqining istiqbolini o'ylaydi.  Saodatga erishish uchun  ilm 
olishga, o'qishga chaqiradi. Bilimsizlik jaholatga tushiradi.  Biy-boylar- 
ning berahm, jahldor,  insofsiz bo'lishi  bilimsizlikdan edi.  Shoir ochlik, 
qashshoqlik hukm surgan jamiyatdan zorlanadi.  Endi Abay orzu qilgan 
hur zamonlar keldi. Qozoq xalqi  mustaqillikka erishdi.
Abay  yoshligida  rus  maktabiga  qatnab  rus  tilini  o'rgandi,  rus 
adiblari asarlarini o'qiydi.  Rus tili o'qituvchisining yordami  bilan A.  S. 
Pushkin,  L.  N.  Tolstoy,  М.  E.  Saltikov-Shchedrinning qator asarlarini 
rus  tilida o 'q ish g a   muvaffaq  bo'ladi.  A.  S.  Pushkinning  «Yevgeniy 
Onegin»  asarini  qozoqchaga  tarjim a  qiladi.  Bu  esa  qozoq  yozma 
adabiyotining rivojiga  katta ta ’sir o'tkazadi.  Abay  ko'pgina  o'lanlari 
og'zaki  ijro  etilib,  xalq o'rtasida tarqalib  ketgan  bo'lsa-da,  keyinchalik 
ulaming bir qismini to'plab, kitob holiga keltiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Sho'rli  qozog'im»  (1885),  «OManlar» (1890)  asarida to'zg'ib,  bir- 
biri  bilan yovlashib yurgan ovullarni  birlashishga chaqiradi.
O 'z i b ila n y o v la s h g a n y u r tim   tingla!
О ‘z i bilan d o v la sh g a n  y u rtim   tingla!
D ardingga d a vo   bo ‘Isin  о ‘la n la rim ,
B ir-b irin i o vla sh g a n  y u rtim   tin g la !
Shoirning «Ko'klam» (1890) she’ri  ham nihoyatda jozibali  misralar- 
da  bitilgan.  Shoir  tabiatning  uyg'onganidan,  uning  go'zalligidan, 
«olamga bezak bergan»  fasldan  ilhomlanadi,  taskin topadi. Abay  proza 
yo‘li  bilan  ham  bir  qancha  asarlar yozgan.  Bular  ichida  1890—1898- 
yillarda yozilgan  «Nasihatlar»i  alohida ahamiyat kasb etadi.  «Bizda  bir 
m aqtanchoqlik  degan  yaramas  narsa  bor.  Aslida  shu  narsaning  nima 
keragi  bor o'zi? Zotan bu -  or-nomussizlik, nodonlik,  hayosizlik hamda 
na botirlik va na odamgarchilikdan  xabari yo'qlikning alomatidir», deb 
yozadi Abay.
Abay  nasihatlaridagi  fikrlar  ruhshunoslar  uchun  ham,  o'quvchi 
uchun ham ko'p jihatdan  foydalidir. Jumladan adib o'ttiz ikkinchi  nasi- 
hatida shunday yozadi:
«Kishi  eshitgan narsasini  unutmaslik uchun to'rtta shart bor:  avvalo, 
buning uchun zehnli  bo'lmoq kerak;  ikkinchidan,  bir narsani  ko'rganda 
yo eshitganda unga chin yurakdan  ixlos qo'yib,  fahm-farosat bilan uqib 
olmoqlik  lozim;  uchinchidan,  eshitganlarini  ichida  bir  necha  m arta 
takrorlab,  ko'ngilga jo  qilmoq  kerak;  to'rinchidan,  ko'ngilga  boshqa 
narsalarni  mutlaqo  keltirm aslik  va  kelsa  ham  unga  zarracha  e ’tibor 
berm aslik  kerak.  M asalan:  beg'am lik,  beparvolik,  o'yin-kulgi  yoki 
qayg'u-hasratga berilmaslik va boshqa narsaga ixlos qo'ymaslik kerak. 
Aks  holda,  bu  to 'rt  narsa  aql  bilan  ilmga  putur  yetkazadigan 
omillardir».
Abay  ilm,  o 'q ish-o'rgan ish   haqida  ham  qimmatli  nasihatlarini 
beradi.  llmni  o'rganish  chog'ida avvalo «mulohaza yuritish»,  keyin esa 
uni  «muhofaza  qilish»  lozimligini  uqtiradi.  «Fe’l-atvor va  xulqni  bir 
me’yorda»  saqlash  haqida ham  qimmatli  fikrlarini  bildiradi.  Umuman 
olganda, Abay pand-nasihatlarini  o'qish  foydalidir.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish