rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o ‘matiladigan intizomga u
qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin — qullik qurolidir, deydi. Bolalarga
insoniy muomalada boiishini aytdi. Intizom: a) o‘qituvchining namuna
ko‘rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, b) o‘qituvchining bolaga
boigan to‘g‘ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi boiishini
istasa, darsi mazmunli boisa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga
keladi), d) bolani ko‘pchilik oldida, o‘rtoqlari ichida oqilona maqtash
yoki qoralash intizomlilikka olib keladi.
0 ‘qituvchining roli va unga qo‘yiladigan talablar. Komenskiy
o‘z davridagi iste’dodsiz, maiumotsiz o‘qituvchilami qattiq tanqid etdi.
0 ‘qituvchilikni «yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq
turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi. Bu o‘qituvchiga nisbatan
yangi ilg‘or qarash edi, chunki o‘sha davrda o‘qituvchilik kasbiga
hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy aholining o‘qituvchiga hurmat
bilan qarashini talab etishi bilan o‘qituvchining o‘zi jamiyatda
muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o‘z qadr-
qimmatini yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. 0 ‘quvchi sof
vijdonll tshchan, sabotli, axloqli boiishi, o‘z ishini sevishi,
o‘quvchiIarga otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas
tug‘dirishi lozim. « 0 ‘zi» namuna ko‘rsatib, o‘quvchiIarni o‘ziga
qapatishi o‘qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi. Dindorlikni
o‘qituvchining yaxshi xislati deb biladi.
Shunday qilib, Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika
ilmiga asos solib, maktabning taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
IOGAN GENRIX Pestalossi (1746-1827) pedagoglik faoliyatini
1774-yilda «Neygof»da, «Kambag‘allar muassasasi» ochib, yetim va
boqimsiz bolalardan 50 nafarini shu muassasada o‘qitishdan boshladi.
Uning fikricha, bolalaming o‘zlari ishlab topgan pullar shu
yetimxonaning
xarajatini
qoplashi
kerak
edi.
Yetimxonada
tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to‘quv va yigiruv
dastgohlarida ip yigirib, mato to‘qir edilar. Uning o‘zi bolalarga o‘qish,
yozish va hisob o‘rgatar, ulami tarbiyalash bilan shug‘ullanar edi.
Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to‘qishni o‘rgatardilar.
Shu tariqa, Pestalossi o‘z muassasasida bolalarni o‘qitishni ulami
unumli mehnatga o‘rgatish bilan qo‘shib olib borishga urindi.
Pestalossi o‘sha davming eng muhim masalasini: dehqon
xo‘jaliklarini qanday qilib tiklash, ulaming turmushini qanday qilib
yolchitish, mehnatkashlaming axloqiy va aqliy holatini qanday qilib
yaxshilash masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib
658
adabiy faoliyal bilan shug‘ullandi. U «Lingard va Gertruda» (1781-
1787) degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo‘jalikni
oqilona usulda olib borish va bolalami to‘g‘ri tarbiyalash vositasi bilan
dehqonlaming turmushini yaxshilash to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini olg‘a
surdi.
Burgdorfda o‘rta intemat maktab ochildi; bu maktab huzurida
o‘qituvchilar tayyorlaydigan alohida boiim ham tashkil etildi, bu
maktabga Pestalossi boshliq qilib taylnlandi. XIX asming boshlaridayoq
Pestalossining «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi».
«Onalar kitobi yoki onalar uchun o‘z bolalariga kuzatish va
gapirishni qanday o‘rgatish haqida qoilanma», «Kuzatish alifbesi
yoki oichash haqida ko‘rsatmali qo‘l!anma», «Son to‘g‘risida
ko‘rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi, bu kitoblarda
boshlang‘ich taiimining yangi usullari bayon qilindi.
Pestalossi hammani tarbiya va ilm olish huquqiga ega boiishi
lozim, deb da’vo qilib, maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan
o‘zgartirishning muhim vositalaridan biri boiishi kerakligini ta’kidladi.
Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga
kelib, mustahkamlanganidagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal
qilinadi, tubdan ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunga tarbiya yoili
bilangina erishish mumkin.
Pestalossining fikricha, mehnat shaxsni tarbiyalash va o‘stirishning
eng muhim vositasidir, mehnat shaxsning jismoniy kuchlarinigina emas,
shu bilan birga, aqlini ham o‘stiradi, shuningdek, unda axloq ham tarkib
toptiradi. Mehnat bilan shug‘ullangan shaxsda mehnatning jamiyat
hayotida juda katta ahamiyati bor degan ishonch tugiladi, bunday
ishonch esa shaxslami ahil va mustahkam ijtimoiy ittifoq qilib, bir-biriga
bogiovchi eng muhim kuchdir.
Pestalossining fikricha, bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan
boshlanadi va tasawurlami qayta ishlash y oii bilan g‘oyalar darajasiga
ko‘tariladi, g‘oyalar esa, garchi ravshan boimasa ham, shaxsning
ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjud, lekin o‘zining
namoyon boiishi va jonlanishi uchun sezgilar yetkazib beruvchi
materialga muhtojdir
Pestalossining fikricha, tarbiyaning maqsadi shaxsning barcha tabiiy
kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirish, o‘stirganda ham har tomonlama va
bir-biriga uyg‘un ravishda o‘stirishdir. Tarbiyaning tarbiyalanuvchiga
ko‘rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg‘un boiishi lozim.
659
Pestalossi tarbiyaning mohiyati to‘g‘risidagi tasawuriga asoslanib,
tarbiyaning yangi metodlarini shaxsning kuchini inson tabiati bilan
muvofiqlashtirib o‘stirishga yordam beradigan metodlami yaratishga
intiladi. Bolani tarbiyalashni deydi u, uning tug‘ilgan kunidanoq
boshlash lozim: «Bola tug‘ilgan soat - unga ta ’lim berishning birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: