10 ‘shajoyda, 31-32-betlar.
Yoshlami ilmni ongli ravishda egallashga, oqilona tartib-intizomli
boiishga chaqiradi. Abay bolalarda bilimga qiziqishni aianga oldirishni,
mustaqillikni
kuchaytirishni,
ulami
o‘rganilayotgan
narsaning
mohiyatini anglashga odatlantirishni yaxshi bilim olishning zaruriy
shartlaridan biri, deb hisoblaydi. U har bir odam o‘z oldiga ko‘pchilikka
naf yetkazishni maqsad qilib qo‘yib, ilmlami o‘rganishi lozim, degan
fikmi ilgari suradi. Har bir odam o‘rganayotgan ilm-hunaming oxir bir
kun kelib biron korholimga yarab qolar, deb o‘rganmasligi, uni
turmushga tatbiq qilish maqsadida o‘rganmog‘i kerak. Chunki ilmni
faqat bilib qo‘yish uchungina o‘rganishning foydasi yo‘q. Kishi o‘zining
bilmagan narsasini bilib o‘rgansa, undan beqiyos huzur-halovatga
erishadi. Agar kishi ilmga astoydil mehr qo‘yib o‘rgansa, unda yanada
ko‘proq bilsam, yanada ko‘proq o‘rgansam degan fikr paydo boiadi.
Shundagina u ko‘rgan, bilgan har bir narsani ko‘ngliga mahkam tugib,
uqib oladigan boiadi.
Abayning fikricha, bolalarga bilim berishning samarali yoii,
awalo, ularga ona tilini o‘rgatish, so‘ng ulami tabiiy fanlar bilan oshno
qilish, shundan keyingina chet tillami, jumladan, arab va fors tillarini
o‘rgatish lozim; ilm o‘rganish moddiy dunyoni to‘g‘ri anglash, insoniy
kamolotga erishish uchun zarurdir, deydi.
Abay yaxshi niyatni dilga jo qilib, bilim olishga kirishishni eng
zaruriy hisoblaydi va uning uqtirishicha, har bir inson bilimni bahsda
yutish uchungina o‘rganmasligi, balki ilmni oliy maqsadlarga yetish
uchun bilish kerak; bahs, awalo, ko‘ngildagi ezgu maqsadni saqlash va
mustahkamlash uchun boisa, ma’qul, ammo haddan oshib ketsa, kishini
haqiqatni aniqlashdan ko‘ra, ko‘proq izdan chiqarishga xizmat qilib
qo‘yishi mumkin; badiiy bahs noo‘rin va nomuhim narsa ustida boisa, u
xusumatni kuchaytirib, odamgarchilikni yo‘qotishgacha olib boradi, deb
hisoblaydi. Bunday holda asosiy maqsad ilm o‘rganish boimay,
odamning yuzini shuvit qilish uchun boiib qoladi va bunday maqsad
faqat, buzuq kishilardagina boiadi, deb uqtiradi.
Bahs, bu ham aslida ilm o‘rganishning bir yoii. Biroq unga ortiqcha
berilish yaramaydi. Chunki bahsga ortiqcha berilishdan mag‘rurlik,
maqtanchoqlik, xusumat, yolg‘onchilik, hatto, arzimagan narsadan janjal
chiqarish va birovga musht ko‘tarish kabi yomon fazilatlar tugiladi.
Abay yoshlami ilm egallashga chaqirar ekan, ulami kaltabinlik,
suniylik illatlaridan forig‘ boiishga, ilmni kuchli ehtiros bilan
o‘rganish va u bilan jiddiy shug‘ullanishga, izchil hamda chuqur bilim
olishga chaqiradi. U har bir odam o‘z xatti - harakati tufayli haqiqatga
650
erishmoqchi bo‘lsa, har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri so‘zni aytishdan
va to‘g‘ri yo‘ldan qaytmaslik kerakligini aytadi. Uning uqtirishicha, har
bir odam o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini o‘zgalarga ham ravo ko‘rishi, har
bir ishga mehr-muhabbat bilan kirishishi lozim, ayniqsa, ilm egallashga
sidqidildan kirishishi zarur. «Agar bordi-yu, deydi Abay, - ko ‘ngling
boshqa narsada blib, o 'qib o 'rganayotgan ilmingni shunga sabab
qilib krsatsang, y a ’ni uni yana shu knglingdagi narsa uchungina
rganayotgan blsang, unda ilmga mehring gyo gay onaning
mehri kabidir deydi. Agarda ilmni chin niyat bilan rganayotgan
bo ‘Isang, unda ilmga mehring xuddi z onangning mehriday iliq va
samimiy bo ‘ladi. Agar sen unga chala mehr qysang, o ‘rgangan ilming
ham chala-chulpa bo‘ladi».
Ilm olish yo‘lidagi eng katta dushman beg‘amlik va beparvolik, deb
tushunadi shoir. Chunki beg‘amlik, birinchidan, xudoning, ikkinchidan,
xalqning,
uchinchidan,
davlatning,
to‘rtinchidan,
ibratning,
beshinchidan, aqlning, or-nomusning dushmanidir; or-nomus bo‘lgan
yerda beg‘amlik bo‘lmaydi.
Abay inson ilm olish jarayonida aqliy jihatdan tobora kamolotga
erisha borishini, busiz puxta ilmli bo‘lish mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Aqlli odam narsa va hodisalaming tub mohiyatiga yetadi, ulami to‘g‘ri
baholab, aniq xulosalar chiqara oladi.
Abay bilimga osonlikcha erishib bo‘lmasligini qayta-qayta uqtiradi.
Bilimni uzluksiz takomillashtirib bormoq, bilim olishda hech qachon
erishilgan darajadan qanoatlanmaslik kerak, deydi.
Abayning ta’kidlashicha, kishi, eshitgan narsasini unutmasligi
uchun to‘rtta shartga amal qilishi kerak. Bu shartlar zehnli bo‘lish, bir
narsani ko‘rganda yo eshitganda, unga chin yurakdan ixlos qo‘yish,
fahm-farosat bilan uqib olish, eshitganlarini ichida bir necha bor
takrorlab, ko‘ngliga jo qilish, ko‘ngliga boshqa narsalami mutlaqo
keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha e’tibor bermaslikdan iborat.
Masalan, beg‘amlikka, beparvolikka, o‘yin-kulgiga yoki hasratga va
boshqa ehtirosga berilmaslik kerak. AI:.s holda bu to‘rt narsa aql bilan
ilmga putur yetkazadigan omilga aylanadi.
Ulug‘ ma’rifatparvar Abay qozoq xalqini tobora jar yoqasiga
surayotgan
adolatsizlik,
qabohat,
o‘zaro
dushmanlik, jaholat,
madaniyatsizlik singari illatlar chulg‘ab olayotganini ko‘radi. Bu illatlar
o‘zi katta umidlar bog‘lagan yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotganiga achinadi. Xalqning, ayniqsa, yoshlaming axloqiy
tarbiyasiga ahamiyat berishni birinchi darajadagi vazifa deb hisoblaydi.
651
Shu bois, shoiming deyarli barcha asarlarida axloqiy masalalar kuchli,
ehtiros bilan kuylanadi, axloqsizlik fosh etiladi, yoshlar yuksak insoniy
fazilatlar egasi bo‘lib yetishishga chaqiriladi.
Abay bilimsiz odam irodasiz bo‘lishini, o‘zgalar fikri bilan
yashashga odatlanib qolishini uqtiradi. Uning ta’kidlashicha, ilmsiz,
mustaqil fikrsiz, aqlsiz nodon bo‘lganlar yaxshi va foydali maslahatga
ham quloq solmaydilar, ulaming kasbi ig‘vo tarqatish, maqtanchoqlik,
birovlar sha’nini bukishdan iborat bo‘ladi.
Abay yoshlami bilim olish bilan birga, foydali kasb-hunarlami
o‘rganishga ham chaqiradi. Zero, yaxshi kasb-hunar ham moddiy, ham
ma’naviy boylikdir, deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: