Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet618/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   614   615   616   617   618   619   620   621   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

«mustahkam 

asos»  vujudga 

keltirish, 

o‘qitilayotgan  narsalami  bir-biriga  bogiagan  holda  olib  borish  lozim, 

deydi.  Har  bir  mavzu  qisqa,  aniq  qoidalar  asosida  berilishi  kerak. 

0 ‘tilgan  materialni  mashq  qildirish  va  takrorlatish  o‘quvchilami 

materialni  mustahkam  o‘zlashtirishiga  olib  keladi.  Takrorlangan  dars 

materiali  esda  yaxshi  saqlanib  qoladi.  Ovoz  chiqarib  takrorlashning 

foydasi  ko‘pligini  ko‘rsatadi.  Mashqlar  o‘mida  bir  qancha  qoidalami 

belgilab,  takrorlash  yoilarini  aniqlab  beradi.  0 ‘qitishda  taqrib  bilan 

tahlilni bir-biriga qo‘shib olib borish kerakligini ko‘rsatadi.

Komenskiy  o‘quvchilaming  bilish  qobiliyatini  o‘stirishga  bilimga 

boigan  ishtiyoqini  kuchaytirishga  va  ilm  ishiga  boigan  g‘ayratini 

oshirishga intiladi.

Sinf-dars  tizimi.  Komenskiy  o‘qituvchi  butun  sinf  bilan  jamoa 

boiib ish olib borishini, ya’ni sinf-dars tizimida o‘qitishni olib borishni 

tavsiya  etdi.  Komenskiy  sinf-dars  tizimini  ishlab  chiqdi.  Dars  vaqtida 

o‘tgan  darsni  qaytarish  yangi  mavzuni  tushuntirish,  mustahkamlash, 

uyga  vazifa  berish  kerakligini  ko‘rsatdi.  Darsni  rejalashtirish  va  olib 

borish to‘g‘risida ko‘rsatmalar  berdi.  Har  bir  darsning  o‘z  mavzusi  va 

o‘z  vazifasi  boiishini  aytdi.  0 ‘qituvchi  o‘quvchilaming  dars 

mashg‘ulotlarida  -faol  qatnashishlarini  ta’minlashi,  kuzatib  borishi, 

sinfda  intizom  saqlanishi  kerakligini  aytdi.  0 ‘quv  jarayonini  tashkil 

qilishni haddan oshirib yuborib, o‘qituvchi bir vaqtda 300 o‘quvchi bilan 

dars  olib  borishi  mumkin,  deb  hisobladi.  0 ‘qituvchi  o‘ziga  yaxshi 

o‘quvchini yordamchi qilib olishi mumkinligini aytdi.

Maktabda  o‘quv  yili  va  uni  o‘quv  choraklariga  boiish,  ta’tillar 

berilishini  kiritdi.  0 ‘quv  kunini  (ona  tili  maktabida  4  soat,  lotin

656



maktabida 6 soat) belgilab berdi. 0 ‘quvchilar maktabga bir vaqtda qabul 

qilinib, o‘qish kuzda (sentyabrda) boshlanishi kerak, deb hisobladi.

Komenskiy  darslik  qanday  bo‘lishi  to‘g‘risida  qimmatli  fikrlar 

aytib,  o‘z zamonasi uchun namunali  bo‘ lgan bir necha darsliklar yozdi. 

0 ‘zining nazariy fikrlarini darsliklarida amalga oshirdi. Darslikda o‘quv 

materiali yetarlicha bo‘lishi, qisqa, mazmunli, tushunarli,  izchil berilishi 

kerak. Darslik oddiy, bolalarga tushunarli tilda yozilishi, rasmlarga boy 

bo‘lishi 

kerak. 

Darslikdagi 

material 

muntazam 

tartib 

bilan 


joylashtirilishi,  bolalaming  yoshiga  qarab  ravshan  bayon  etilishi  shart. 

Komenskiyning  «Tillar  va  hamma  fanlarning  ochiq  eshigi»  va 

«HisIar  vositasi  bilan  idrok  qilinadigan  narsalarning  suratlari» 

darsliklari mashhurdir.

«Tillar  va  hamma  fanlarning  ochiq  eshigi»  darsligini  o‘zining 

didaktik  prinsiplariga  amal  qilgan  holda  tuzdi.  Darslik  turli  sohalarda 

bolalar tushuna oladigan bilimlar bilan tanishtiradi.

«Hislar 


vositasi 

bilan 


idrok 

qilinadigan 

narsalarning 

suratlarbmi  boshlang‘ich  bilimlaming  bolalar  uchun  yozilgan 

ensiklopediyasi  deyish  mumkin.  150  ta  suratlar  bilan  berilgan  qisqa 

maqolada tabiat haqida (olam, geografiyaga doir, o‘simliklar, hayvonlar, 

inson  tanasi  haqida),  odamning  faoliyati  haqida  (kasb-hunar,  qishloq 

xo‘jaligi,  madaniyat),  ijtimoiy  hayot  haqida (davlat  boshqarmalari,  sud 

haqida)  ma’lumotlar  beradi.  Bu  kitob  ko‘p  tillarga  tarjima  qilindi, 

boshlang‘ich  ta’lim  uchun  150  yildan  ko‘proq  yaxshi  darslik  bo‘lib 

xizmat qiladi.

Axloqiy tarbiya.  Intizom.  Komenskiy  yoshligidan boshlab  bolada 

axloq va  odob  hosil qilish kerakligini  aytdi.  Mardlik,  o‘zini tuta  bilish, 

chidamlilik,  vaqt  va  vaziyat  talab  qilganida  foyda  yetkazishga  tayyor 

bd‘lib  turish,  burchni  ado  qilish  kabi  xislatlami  o‘z  ichiga  olgan 

fazilatdir.  Shu  asosiy  fazilatlardan  tashqari  kamtarlik,  mo‘minqobillik, 

kishilarga  xayrixohlik,  pokizalik,  puxtalik,  xushmuomalalik,  kattalami 

hurmatlash,  mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni ham muhim vazifa 

deb hisoblaydi.


Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   614   615   616   617   618   619   620   621   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish