boshqa sezgilar hosil boiadi, bu sezgilar bolada fikrlash va so‘zlash
ehtiyojini tug‘diradi.
Odamning sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyo to‘g‘risida hosi!
qilgan tasawurlari dastlab ravshan va aniq bo‘lmaydi. Ta’limning
vazifasi shundan iboratki, u mana shu tasawurlami tartibga solishi va
aniqlashi, ravshan tushunchalar darajasiga yetkazishi, «tartibsiz
tasawurlarni muayyan tasawurlarga, muayyan tasawurlami ravshan
tasawurlarga va ravshan tasawurlami ochiq ko‘rinib turgan
tasawurlarga» aylantirishi kerak. Ta’lim, birinchidan, o‘quvchida
o‘zining sezgi a’zolari vositasi bilan hosil qilgan tajribalar asosida
bilimlar zaxirasini to‘plashga yordam beradi, ikkinchidan, bolaning
aqliy qobiliyatlarini o‘stiradi.
Pestalossi ta’limning har bosqichi uchun maxsus ravishda tanlab
olingach, har bir bolaning o‘ziga xos aqliy kuchlarini hamda
qobiliyatlarini tinimsiz va muntazam ravishda o‘stirib boradigan tizim
vositasi bilan bolalarga aqliy ta’lim berishga intildi.
Pestalossi ta’limni soddalashtirishga va psixologiya negiziga
qurishga intilib, narsalar va buyumlar to‘g‘risidagi har qanday bilimning
eng oddiy elementlari bor, odam shu elementlami o‘zlashtira borib, o‘z
atrofidagi olamni bilib oladi, degan fikrga keldi. U son, shakl va so‘zni
mana shunday elementlar deb hisobladi. 0 ‘qitish jarayonida bola
o‘lchash yo‘li bilan shaklni, hisoblash yo‘li bilan sonni, nutqni o‘stirish
yo‘li bilan so‘zlashni bilib oladi. Shunday qilib, elementar ta’lim awalo
o‘lchash, hisoblash va nutqni o‘stirishdan iborat bo‘ladi. U o‘z
zamonidagi boshlang‘ich maktabda o‘qitishning mazmunini tubdan
o‘zgartiradi, o‘qitiladigan darslar qatoriga o‘qish, yozish, arifmetikani va
geometriyaning boshlang‘ich qismlarini, o‘lchash, rasm chizish, ashula,
gimnastika, shuningdek, geografiya, tarix va tibbiyotga doir eng zarur
bilimlami kiritdi.
Shunday qilib, Pestalossi boshlang‘ich maktabning o‘quv rejasini
ancha kengaytirdi va bu maktabda o‘qitishning yangi metodikasini
vujudga keltirdi. 0 ‘qitish metodikasi bolalami bilimlar bilan boyitishga
hamda ulaming aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirishga yordam
beradi.
Pestalossi ko‘rsatmalilik prinsipini ta’limning eng muhim zamini
deb hisoblaydi. Bu prinsipni keng ravishda qo‘llamasdan turib, tevarak-
atrof to‘g‘risida aniq tasawur hosil qilishga, tafakkumi va nutqni
o‘ stirishga erishib bo‘ lmaydi.
Pestalossi maktab bolalaming qobiliyatlarini o‘stirishi, ularga bilim
berishi bilan bir qatorda, ularda ko‘nikma va malakalar tarbiyalashi ham
lozim, deb hisobladi. Shaxsning kamolga yetgan
Do'stlaringiz bilan baham: