Hunari bor - hech kimga qaram bo‘lmas,
Erinchoq hech qachon ham odam bo‘lmas!
Halol mehnat — hech qayda gunoh emas!
0 ‘g‘ri bo‘lib, yaxshi to‘n kiyalmassan,
Bir o‘rgansang, nafsingni tiyalmassan.
Davlat ketar, or bilan nomus ketar,
Ammo, chivin joningni qiyalmassan.
Ba’ziga quvlik bilan davlat bitar,
Ba’zilar to o‘lguncha tilab o‘tar.
Mehnat qilmay topganing — davlat emas,
Qor suviday bir zumda oqib ketar.
Qasam urgan quvlardan nari yurgil!
Tinib oqmas suvlardan nari yurgil!
Bu yurtda tilanchi ko‘p, erinchak mo‘l,
Mehnat sevmas... Ulardan nari yurgin!1.
Mehnatsevarlik axloqli kishilaming ajralmas fazilatidir. Shu tufayli
har bir odam halol mehnat bilan shug‘ullanmog‘i darkor. Faqat halol
mehnatgina insonning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarini qondira
oladi, unga sharaf va hurmat keltiradi.
Insonga mehrli bo‘lish, xalq manfaati yo‘lida mehnat qilish orzusi
Abayning barcha asarlarida ifodalanadi. U qaysi mavzularda qalam
tebratmasin, xalq, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ulaming ahvolini yaxshilash
haqida o‘ylaydi. Yoshlarda insonparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish,
ulami halollik va rostgo‘ylik, do‘stlik va sadoqatlilik ruhida tarbiyalash
doimo shoiming diqqat markazida turadi.
Abay tarbiyaning turli vositalari haqida fikr yuritganda oila, maktab,
ijtimoiy mehnat tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi va bu tarbiya
1 Abay. Tanlangan asarlar. -T ., 1961,74-bet.
652
vositalari bir-biridan ajratilmagan holda doimo birga olib borilishini
muhim deb hisoblaydi. Bolalar xarakteri va dunyoqarashining
shakllanishida oila asosiy va beqiyos katta ahamiyat kasb etishini
hisobga olib, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ota-onalar, awalo,
o‘zlari har jihatdan tarbiyalangan boimoqlari zarur deydi. Shoir maktab
ham, bola tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ko‘p marta ta’kidlaydi.
Shunday qilib, ulug‘ mutafakkir Abay Qo‘nonboyev butun hayoti
davomida xalqni nodonlik va bilimsizlikdan ilm-fan ziyosi tomon
yetaklashga intiladi. U o‘z hayotining so‘nggi damlarigacha,
yoshlaming, xalqning murabbiysi boidi, yoshlaming axloqiy tarbiyasi,
ilm o‘rganishi to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlari bilan o‘z davrida juda katta
obro‘ qozondi. Uning pedagogik fikrlari bizning davrda ham yoshlar
tarbiyasida salmoqli o‘rin tutishi shak-shubhasiz. Uning hikmatlarga
boy, falsafiy va pedagogik-psixologik mushohadalar bilan yo‘g‘rilgan
nasihatlari hamon yosh avlodni to‘g‘ri yoiga boshlamoqda.
8.2. G‘ARBIY YEVROPADA PEDAGOGIK FIKRLAR
TARAQQIYOTI
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) o‘zining pedagogik
nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un boiishi to‘g‘risidagi
tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika» asarida yozishicha, o‘qitish
tabiiylikka bo‘ysunishi, o‘qitish tabiat talabiga bo‘ysunishi kerak.
Bolaning aqliy va jismoniy o‘sish jarayoni tabiatdagi o‘sish
jarayoniga o‘xshagan bo‘ladi. Masalan, bog‘bon daraxtlami parvarish
qiladi, uning o‘sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday
o‘qituvchi ham bolani tarbiyalash bilan undagi xususiyatlami hisobga
oladi. Bog‘bon o‘sish qonuniyatini hisobga olar ekan, o‘qituvchi
tarbiyalash qonuniyatiga bo‘ysunadi. 0 ‘qitish jarayoni tabiatga o‘xshab
sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir
boiagi deb qarashi, (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat
qonunlari uning o‘sishiga ta’sir etadi deyishi o‘z davrida ilg‘or
qarashdir. Lekin tabiat qonunini kishining o‘sishiga olib kelishi
noto‘g‘ridir. Kishi ijtimoiy borliq boiib, ijtimoiy qonun ta’sirida o‘sadi.
Lekin buni Komenskiy tushunmaydi.
Komenskiy tarbiyachi boladagi iste’dodni o‘stirishi kerak. Agar
bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o‘sadi. Kishi
dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega boiadi. Xuddi olmadagi
urug‘ga o‘xshab ba’zida ko‘proq, ba’zida kamroq boiadi.
653
Komenskiy yashagan davrda hammani o‘qishga tortish kerak emas,
qobiliyatli kishigina o‘qishi kerak, degan g‘oya mavjud edi. Komenskiy
esa o‘qishga hammaning tortilishini, hamma umumtaMim olishi
kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to‘g‘risida gapirganda ayollami ham
hisobga oladi. Bu davrda xotin-qizlar uchun o‘qish juda katta muammo
edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari suradi.
Komenskiy ta’limotining yana bir qimmatli tomoni o‘quvchilar
bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo‘lsa
ham, baribir kishi o‘z aksini ko‘rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi
aksini toza ko‘rsatadi. O ‘qituvchining vazifasi oynadagi changni artib
tashlash, ya ’ni bilimni bola ongiga yetkazish, uni aqliy tomondan
o ‘stirishdir, degan edi.
Komenskiy o‘z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko‘rsatadi.
Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan
iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiya.
Bu maqsad bolaning tug‘ilganidan to 24 yoshgacha amalga oshadi,
bu davr ichida bola to‘rt bosqichli maktabni o‘qib tugatishi, har birida 6
yil o‘qishi kerak, deb hisoblaydi.
Komenskiy tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini davrlarga
bo‘ladi:
1. Tug‘ilganidan 6 yoshgacha - ona maktabi. Bu davrda bolaning
sezish organlarini o‘stirishga, bolaning qabul qilishini atrofdagi dunyo
bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani mehnatga o‘rgatish,
o‘z-o‘ziga xizmat qilishga jalb etilishi kerak. Ona bolada axloqiy
tarbiyaning asoslarini, to‘g‘rilik haqqoniylik, quloq solish, mehnatni
sevish va boshqalami vujudga keltiradi. Ona maktabi bog‘cha yoshidagi
bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.
2. 6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda
o‘quvchi esda saqlashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozish, boshlang‘ich
maktab ko‘nikmasini hosil qilishi kerak bo‘lib, buning uchun
geometriya, geografiya, tabiiyot fanlarini o‘rganishi lozim.
3.12-18 yoshgacha — gimnaziya. Bu o‘quv yurtining vazifasi bola
tushunchasini,
tafakkur
qobiliyatini
o‘stirishdan
iborat.
bo‘lib, unda klassik tillar, tabiiyot bilimlari, axloq, xudogo‘ylik
o‘qitilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |