Mard kutar mehmonni yorug‘ yuz bilan,
Nomard o‘zin gizlar mehmon yoiiqsa...
Mahtumqulining ta’kidlashicha, mehmon kim boiishidan qat’i
nazar, unga izzat-ikrom ko‘rsatish, uni yorug‘ yuz, shirin so‘z bilan
qarshi olish lozim. «Ketuvchi bo'lma» she’rida halollik, muloyimlik
sifatlari insonni ziynatlantiruvchi, unga shonu sharaf keltiruvchi fazilat
sifatida ifodalaydi va to‘g‘ri so‘zli boiishga chaqiradi:
Mard o‘g‘lidir elga yozar dasturxon,
To‘g‘ri so‘z ustida berar shirin jon.
Umrini o‘tkazar, aytmaydi yolg‘on.
Jahd aylab, yolg‘on so‘z aytuvchi boima.2
Mahtumqulining nazdida to‘g‘ri so‘zlik mardlikning asosiy
belgilaridan biridir. U inson hayotini sevadi, odamlar dunyoda shod-
xurram, ahil do‘stlikda yashashlari lozim, degan fikmi ilgari suradi,
kattalami siylamoqni, ularga hurmat bajo keltirmoqni yoshlar
tarbiyasida birinchi o‘ringa qo‘yadi. Mutafakkiming ta’kidlashicha,
yoshlar ota-onalarining izzat-hurmatlarini joyiga qo‘ymoqlari, hamma
joyda, har bir ishda ulaming ko‘nglini olishlari, bu borada ular ehtiyot
boiishlari,
kattalaming ko‘nglini qoldiradigan,
ulami
ranjitib
qo‘yadigan harakatlar qilmasliklari lozim.
10 ‘shajoyda, 128-bet.
2 0 ‘shajoyda, 213-bet.
644
Mahtumquli deyarli barcha she’rlari axloq-odob masalasiga
alohida e’tibor beradi. U yaxshi udumlar, olijanob xislatlami qanchalik
sevinib, yurakdan kuylagan boisa, poraho‘rlar, xalqni aldash hisobiga
kun ko‘ruvchilar, hiylagar makkor odamlami shunchalik nafratlanib
tasvirladi. Shu bois o‘z she’rlarida chinakam insoniy tuyg‘ulami vasf
etish orqali odamlami umidli va hayotsevar boiishga chaqiradi.
Mahtumquli inson xoh boy, xoh xon boisin, aslo takabbur
boimasligi, odamlar bilan ahillikda yashab, xalqning holidan xabardor
boiishi, istak, orzulariga quloq solishi lozim deb biladi, hayoti
davomida shu qoidaga qat’iy rioya etdi.
Shu bois Mahtumqulining axloq-odob, taiim-tarbiyaga doir
asarlari bizning kunlarimizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.Uning
bu asarlari yoshlarimizni eng yaxshi fazilatlar egasi, komil inson boiib
yetishishlarida hamon hayot darsligi, ibrat namunasi boiib xizmat
qilmoqda.
Mirza
Fatali
Oxundov
(1812-1878)
taniqli
Ozarbayjon
ma’rifatparvari, yozuvchisi, jamoat arbobi va pedagogi. U Ozarbayjon
xalqi orasida keng savodxonlik va ma’rifat tarqatishga doir amaliy
tadbirlar ishlab chiqish ishida, shuningdek, dunyoviy ilmlar beruvchi
maktablar tarmogini kengaytirishda zo‘r faollik ko‘rsatdi.
Uning
tashabbusi bilan Gori o‘qituvchilar seminariyasi qoshida Ozarbayjon
boiimi ochilgan edi. Shu bilan birga, Fatali Oxundov adabiyotning katta
tarbiyaviy ahamiyatini tan olar va u o‘zining o‘quv rejalarida jismoniy
tarbiya hamda mehnat taiimiga ham keng o‘rin ajratar edi.
Rashid Efendiyev (1869-1942) Ozarbayjon pedagogi, shoiri va
yozuvchisi - o‘sha vaqtda Kavkazda ilg‘or rus pedagogikasi ta’sirining
yirik markazi boigan Gori o‘qituvchilar seminariyasida maiumot
olgan, seminariyani tamomlagandan so‘ng qishloq maktablarida, keyin
esa Zakavkaze o‘qituvchilar seminariyasida dars bergan. 1918—
yilda
Bokudagi o‘qituvchilar seminariyasiga direktor qilib tayinlangan edi.
Rus pedagogikasi ilg‘or arboblarining kuchli ta’sirida R. Efendiyevning
ilg‘or qarashlari tarkib topdi va unga K.D.Ushinskiy, ayniqsa, katta ta’sir
ko‘rsatdi.
Rashid Efendiyev K.D.Ushinskiy g‘oyalariga amal qilib, ozarbayjon
maktablari
uchun
bir
qancha
darsliklar yaratdi.
Bunda u
K.D.Ushinskiyning «Rodnoe slovo» va «Detskiy mir» kitoblarida
surilgan ilg‘or g‘oyalami ijodiy rivojlantirdi. U o‘zining «Detskiy sad»
va «Detskiy mir» darsliklarida Ozarbayjon folkloridan, o‘z xalqining
tarixi va turmush tarziga doir ajoyib materiallardan keng foydalandi.
645
R. Efendiyev o‘qitish ona tilida olib boriladigan dunyoviy va
hammabop ilm-ma’rifat tarmog‘ini rivojlantirish uchun qat’iy kurash
olib bordi. U Tiflisda xotin-qizlar musulmon maktabi tashkil etishda faol
qatnashdi.
Shunday qilib, R.Efendiyev 11 yil mobaynida «rus tuzem»
maktabida, keyinchalik esa o‘zi awal o‘qigan Gori seminariyasida
o‘qituvchilik qilib, hayotining oxirigacha Ozarbayjonda madaniyat va
pedagogik fikrlaming yuksalishida katta rol o‘ynadi.
Qayum Nosiri (1825-1902) XIX asming ikkinchi yarmida yashab
ijod etgan tatar xalqi fan va madaniyatining buyuk arboblaridandir. U
pedagogika, falsafa, lingvistika va tarixga doir bir qancha asarlar yozib
qoldirdi. Uning «Nauchnaya grammatika tatarskogo yazika», «Russko-
tatarskiy slovar», «Sintaksis» kabi asarlari, matematika darsliklari va
boshqalar katta ahamiyatga ega. U o‘qitish rus tilida olib boriladigan
tatar maktabining birinchi tashkilotchisi, tatarlardan chiqqan birinchi rus
tili o‘qituvchisi edi.
Q.Nosiri o‘qituvchiga yuqori talablar qo‘yar ekan: « 0 ‘qituvchi
awalo o‘zini buyuk ishlar qilayotgan kishilar qatorida deb hisoblashi
kerak... Osz o‘quvchilaringni shunday tarbiyalaginki, ularda sening
tarbiyang ta’siri ular hayotining oxirigacha ko‘rinib tursin», deb
ta’kidlagan edi.
Ibray Oltinsarin (1841-1889) - XIX asming ikkinchi yarmidagi
buyuk qozoq pedagogi, olimi va shoiri. Uning ijtimoiy-pedagogik
qarashlari ms pedagoglarining ta’sirida tarkib topdi..
Oltinsarin
1861-yilda To‘rg‘ay maktabiga o‘qituvchi qilib
tayinlandi. Shu bilan birga, Oltinsarin xotin-qizlar ta’limining
qaldirg‘ochi va qozoqlarda birinchi hunar maktabining tashkilotchisi edi.
U rus grafikasi asosida bosib chiqarilgan birinchi qozoq darsliklarini
tuzgan, birinchi boiib qozoq maktablarida o‘quvchilaming ona tilida
o‘qitilishini amalga oshirgan.
Oltinsarinning fikricha, doimo maktab o‘z tuzilishiga ko‘ra keng
ma’nodagi yangi madaniy hayot - qozoq xalqi orasida yangi urf-odat,
tartib, intizom, gigiena asoslari, sanitariya, hunarlar va san’at namunasi
boiib xizmat qilishi kerak. Maktab tevarak-atrofdagi aholi orasida
chinakam madaniyat o‘chog‘iga aylanishi, qozoq xalqirii savodli qilish,
ilmiy-ommabop kitoblami o‘qiy olishi uchun yaxshi kutubxonaga ega
boiishi zamr; o‘qituvchi - maktabdagi tarbiyachi — ishning
muvaffaqiyatini hal qiladi, hamma narsa unga, uning pedagogik
646
ishga tayyorgarligiga, uning o‘z ishini sevishiga bog‘iiq, degan fikmi
ilgari surgan.
Abay (Ibrohim) Qo‘nonboyev, (1845-1904) qozoq yozma
adabiyotining asoschisi, ma’rifatparvar shoiri. U o‘zi tug‘ilgan Ching‘iz
ovulidagi diniy maktabda savod chiqarib, 10 yoshida Semipalatinsk
shahridagi Ahmad Rizo madrasasida ta’lim oladi. Bu yerda Alisher
Navoiy, Sa’diy, Xo‘ja Hofiz, Fuzuliy kabi mumtoz shoirlar asarlarini
o‘rganadi. Shaharda uch yil taiim olgach, otasi uni o‘qishdan olib, elni
boshqarish ishlarida qatnashtiradi. Lekin Abay o‘z bilimini oshirishni
afzal ko‘radi. Qunt bilan mutolaa qilib, Sharq va G‘arb xalqlari
adabiyoti bilan tanishadi, 19 yoshda «Alifbo» sherini yozib, ilk bor
xalqni ilm-ma’rifatni egallashga chaqiradi. U Cho‘qon Valixonov bilan
Ibray Oltinsarin boshlagan ma’rifatparvarlik g‘oyalarini 1887-yilda
yozgan «Ilm topmay maqtanma», «Yoshlikda ilm bor deb o ‘ylamadim»,
«Intematda o ‘qiydi» she’rlarida targ‘ib qiladi, «Mening elim —
qozog‘im», «Boylar yurar molin ardoqlab», «Adashganning oldi y o ‘l»
kabi she’rlarida birdamlikka va insonparvarlikka da’vat etadi.
Abay o‘z ijodi bilan xalqni ilm-ma’rifat, insoniylik sari yetaklaydi,
shuningdek, muhabbat va do‘stlikni ulugiovchi she’rlar bitadi. «Ey
muhabbat, ey do ‘stlik», «Yigitlar, o ‘yin arzon, kulgi qimmat», «Ba’zan
tusar ko ‘ngling», «Qiz so 'zi», «Yigit so‘zi», «Ko ‘zimning qorasi»,
«Oshiq so ‘zi - tilsiz so ‘z» kabi she’rlari shular jumlasidandir.
Abayning deyarli har bir asari ma’rifly-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Garchi Abay sof pedagogik asarlar yaratmagan, bevosita murabbiylik
bilan shug‘ullanmagan boisa-da, uning ijodida yoshlar tarbiyasiga oid
didaktik pand-nasihat va yoi-yo‘riqlar keng o‘rin olgan. U o‘zining
taiim-tarbiya xususidagi qarashlarini psixologik jihatdan chuqur
asoslaydi.
Abay xalqining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun yoshlami
halol mehnat qilishga, ulug‘ va bilimdon odamlaming maslahatlariga
quloq solib, aql va ilmdan bahramand boiishga da’vat etadi,
ishyoqmaslik, faoliyatsizlik, loqaydlik kabi illatlarini qoralaydi, bu
illatlar bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga kuyinib
shunday deydi:
«Ne uchun bolani dunyoga keltirib itday nochor hayoting, azob-
uqubatlaringga sherik qilishni istaysan? Bolangga yaxshi tarbiya
berolmasang, qanday ota bo‘lding o ‘zi? Agar shunga erisha olmasang,
Do'stlaringiz bilan baham: |