Hozir kechgan cho‘lda ellar yoyilsin,
Yurt binomiz qoyim bo‘lsin, qurilsin.
Chillada mast norlar hushiga kelsin.
Bir sufrada ado bo‘lsin oshimiz.
Turkmanlar, bog‘lasak bir yerga belni,
Quritar kulzumni, daryoyi Nilni.
Taka, yovmut, gulklang, yazir, alili,
Bir davlatga xizmat etsak beshimiz.
Mahtumquli aytar to tanda jon bor,
Biz qolmaylik qizilboshga bo‘lib xor,
Yovmut, gulklang topsin birgalikda hamgor,
U1 Kamolxon afg‘on bo‘lsin boshimiz1.
Demak, uning fikricha, markazlashgan davlat, yagona mamlakat
barpo etish yoiida kattadan kichik, butun xalq jonbozlik ko‘rsatmog‘i,
bir yoqadan bosh chiqarib fidoyilik ko‘rsatmog‘i lozim. Buning uchui
xalq ongini uyg‘otish, ko‘zini ochish kerak.
Mahtumqulining
vatanparvarlik
mavzuidagi
she’rlarida
qahramonlik, chidamlilik, hushyorlik ruhi katta o‘rinni egallaydi. Shoir
istaydiki, chinakam farzand vatan, ona-yurt, xalqning or-nomusini har
narsadan yuqori qo‘ysin, kerak boisa, aziz jonlarini qurbon qUishga
ham tayyor tursin:
Do'stlaringiz bilan baham: |