Fransuz filologiyasi fakulteti



Download 36.77 Kb.
Sana20.01.2017
Hajmi36.77 Kb.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

FRANSUZ FILOLOGIYASI FAKULTETI



Mavzu: Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari

BAJARDI: Avezova Ch
TEKSHIRDI: ________________

Toshkent 2011

Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari

O`zbekiston suveren davlat maqomini qo`lga kiritganiga 14 yil to`lyapti. Bugun, ana shu muqaddas sana arafasida - eng ulug`, eng aziz bayramimizga qizg`in tayyorgarlik davom etayotgan pallada istiqlol yillarining silsilasi har kimning xayolida yana bir karra jonlanishi aniq. Shu qisqa davr ichida O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda misli ko`rilmagan o`zgarishlar ro`y berdi. “O`zDEUavto", "SamKochavto", neftni qayta ishlash zavodlari, gaz-kompressor stantsiyalari, transkontinental avtomobil` va temir yo`l magistrallari - bular faqat yirik loyihalarning ayrimlari.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi ko`plab tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, TRASEKA, Shanxay hamkorlik tashkiloti, qator boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalardagi ishtirokimiz esa O`zbekistonning jahon siyosat maydonidagi nufuzi ortib borayotganini ko`rsatadi.

Darhaqiqat, o`tgan 14 yil davomida O`zbekiston taraqqiyotning nisbatan ancha ko`p vaqt talab etadigan dovonlaridan oshib o`tdi. Yurtimizda erishilayotgan yutuqlar har doim ham osonlik bilan qo`lga kiritilayotgani, bir maromda ravnaq topayotgani yo`q, desak xato bo`lmaydi. Og`ir sinov damlari ham bo`ldi.

O`zbekiston mustaqillik arafasida turgan kezlariyoq fitnalarga duch keldi. Millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga urinishni esga olaylik. shanda O`zbekiston rahbari vazminlik bilan ish yuritmaganida hozirgi ahvol qanday bo`lishini tasavvur qilishning o`zi vahimali - Markaziy Osiyo xalqlari o`zaro do`stlik va hamkorlik o`rniga bir-biriga dushmanlik yo`liga tushib qolishi hech gap emas edi. Yo`q. Bunga yo`l qo`yilmadi.

Iqtisodiy fitna va nayranglarni ham barcha yaxshi eslaydi.

Keyinroq Markaziy Osiyoning markaziy davlati bo`lgan O`zbekiston orqali butun mintaqaga ta`sir doirasini yoyish niyatida bo`lganlarning tazyiqlarini boshdan kechirdik.

Odatda xalqaro maydonda muhim o`rin tutgan, aytar so`zi muhim ahamiyatga ega bo`lgan mamlakatlargina shunday sinovlarga duchor bo`ladi. Faylasuflar davlatni odamga bejiz qiyos qilmaydilar. Ishi yurishib turgan, o`z kuchi va mehnati bilan obro`-e`tibor va martaba qozongan, kerakli joyda so`zi o`tadigan kishiga ko`pchilik hasad bilan qaraydi. Unga pand berishga, yo`ldan og`dirishga urinuvchilar bo`ladi. Panadan turib tosh otadi, boshqalarni unga qarshi gijgijlashga urinadi.

Shukrki, Prezident Islom Karimov rahbarligida yuritilayotgan dono siyosat, shu jumladan, puxta o`ylangan oqilona tashqi siyosat tufayli O`zbekiston fitna va sinovlar girdobidan omon chiqdi.

Siyosiy va iqtisodiy bo`ronlarni mardonavor engib o`tgan O`zbekiston puxta siyosati tufayli hayotiy muhim muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritib keldi. Siyosiy mustaqillik iqtisodiy mustaqillik bilan mustahkamlandi - g`alla mustaqilligi, yoqilg`i-energetika mustaqilligi, ishlab chiqarish va sanoatning O`zbekiston uchun yangi bo`lgan turlari...

Mamlakatimiz rahbarining 90-yillarda turli nufuzli tashkilotlar minbarlaridan xalqaro hamjamiyatni ogohlikka da`vat etdi. Afg`on inqirozi, terrorchilik va ekstremizm, qurol-yarog` va narkotiklar kontrabandasi, Orol muammosi...

Bu chaqiriqlar hali-hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Mohiyat shuki, O`zbekiston rahbarining kuyunishlari zamirida, tabiiyki, avvalo O`zbekistonning xavfsizlikni ta`minlash borasidagi manfaatlari mujassam, lekin kengroq qaralganda, bularning barchasi umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi muammolardir.

Esga olaylik: Jahon ahlini Afg`onistondan butun dunyoga tarqalayotgan xavf-xatardan 1993 yili BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida birinchi bo`lib Islom Karimov ogohlantirdi. Ammo O`zbekiston rahbarini tashvishga solgan bu muammoga yuzaki qarashlar bo`ldi. "Menga tegmayaptimi, demak, menga daxli yo`q", degan fikr ustun bo`lib keldi. Terror uchun tranzit mamlakat yo`qligi va bo`lishi ham mumkin emasligi ayrim davlat rahbarlarining xayolidan faromush bo`ldi go`yo. Afg`onistonga jiddiy e`tibor faqat 2001 yil 11 sentyabrdan keyingina qaratildi. Bu fojea ko`pchilikning ko`zini ochgan bo`lsa, ajab emas.

Taassufki, narkotiklarning noqonuniy savdosi insoniyat uchun hamon jiddiy tahdid manbai bo`lib qolmoqda. Afg`onistonda "Tolibon" va "Al-qoida"ning o`zagi barbod qilingan bo`lishiga qaramay, og`u etishtirish ko`lami kamaygani yo`q. Xalqaro terrorning asosiy daromad manbai va homiysi hisoblangan narkobiznes milliardlab dollar miqdorida mablag`ni "aylantirayotgan" bir paytda, dunyo davlatlari bu muammoga qarshi kurash uchun ajratayotgan moliyaviy vositalar urvoq ham bo`lmayotir. Qolaversa, bu illatga barham berishning asosiy omili bo`lgan uyushqoqlik va jipslikning, yaqin va ochiq hamkorlikning amalda yo`qligi narkobiznes qamrovi kengayishi uchun qulayliklar tug`dirayotgani ham sir emas.

O`zbekiston ham, boshqa davlatlar ham Makon va Zamon ummonida suzib borayotgan kemalardir. Hamma taraqqiyot va farovonlik sari intiladi. Ammo o`zining katta-kichikligi, savtu salobatiga qarab, yo`lni har bir kema turlicha tanlagan. Ayrimlari halol, odil va pokiza. Ayrimlari o`zgalarni tizginga solgan, ayrimlari... o`zganing tizginida qolgan.

14 yillik shonli tarix O`zbekistonni o`zi tanlagan yo`ldan og`dirishga urinishlarning ancha-munchasiga guvohdir. Lekin Prezident Islom Karimov bundan ancha yillar ilgari ta`kidlaganidek, O`zbekiston aysberg emas va og`ish xususiyatidan xolidir.

O`zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan hamkorlik uchun ochiq. Buning yagona va odil sharti bor, xolos. Aloqalar o`zaro tenglik, hurmat va manfaatdorlik asosida qurilishi kerak. Bu hamkorlik boshqa davlat yo davlatlar guruhiga qarshi qaratilmagan, g`arazli niyatlardan pok bo`lishi lozim.

Mana shu qat`iy va izchil tamoyil 14 yillik ulkan tarixda zarracha o`zgarmadi.

Lekin O`zbekiston bugun duch kelayotgan g`ayritabiiy qiyinchiliklar fitna va sinovlar hali barham topmaganidan dalolat bermoqda. Nima uchun "g`ayritabiiy"? Shuning uchunki, tabiiy qiyinchiliklar davridan O`zbekiston allaqachon chiqib ketgan. Bu yog`i, aytish mumkinki, kundalik yumushlar, xo`jalik, madaniyat, sport va hokazo bo`lishi kerak edi.

O`zbekistonni g`ayritabiiy, hatto sun`iy deb atash mumkin bo`lgan mushkulotlar tinch qo`ymayotgani alam qiladi. 16 fevral, Botken, Sariosiyo voqealari, Toshkent va Buxorodagi portlashlar uzun tashlangan arqonning uchi, aniqrog`i, bir zanjirning halqalari ekanligi ayon bo`ldi. Joriy yil 13 may kuni Andijonda sodir etilgan xunrezlik esa har turli vaj bilan Markaziy Osiyoda vaziyatni izdan chiqarish, keyin bu erda o`z hukmini yurgizish niyatida bo`lgan kuchlarning g`arazli maqsadlarini yana bir bor ochiq-oydin ko`rsatib berdi.

Andijon voqealari zamirida ayrim davlatlarning geosiyosiy o`yinlari, aqidaparastlarning xalifalik qurish haqidagi xomxayollardan kelib chiquvchi rejalari, xalqaro terrorchilar va narkobaronlarning yangi, betashvish va benazorat trafiklar ochish yo`lidagi xatti-harakatlari mujassam deyish mumkin.

Ko`p sinovlarni boshdan kechirgan O`zbekiston taqdirning bu zarbasiga ham dosh bera oldi va butun mintaqani uzoq yillik boshboshdoqlik va beqarorlik azoblaridan qutqarib qoldi.



AXBOROT O`ZI NIMA ?

Shu o`rinda Andijon voqealarini biroz sharhlashga jazm etamiz. Andijondagi qo`poruvchilik o`ta qisqa fursatda, ta`bir joiz bo`lsa, zargarlarcha noziklik, aniqlik va ehtiyotkorlik bilan bartaraf etilmaganida nimalar bo`lishi mumkin edi?

Avvalo shuni eslatib o`tish joizki, xorijiy davlatlar maxsus xizmatlarining ma`lumotlariga ko`ra, o`sha kuni Afg`onistonda va qo`shni davlatlar chegaralarida terrorchi guruhlarning harakatga tushib qolgani kuzatilgan. Ular sanoqli kunlarda butun vodiyni katta to`polon maydoniga aylantirishi mumkin edi. Bu orada professional fitnachilar akani ukaga, otani o`g`ilga dushman qilardi. Turli millatlar yashaydigan bu hududda milliy nizolarni chiqarish ham qiyin emas edi. Shunday "kasb" egalari yo`qligiga kim shubha qiladi?!

Xo`sh, keyin-chi? Kimdir xalifalik uchun kurasha boshlaydi, kimlarnidir intiqom junbishga keltiradi. Bunday sharoitda ayrim davlatlar geosiyosiy va geoiqtisodiy maqsadlarini ro`yobga chiqarish uchun qaysi to`dadan qanday foydalanadi - xudo biladi. Lekin shunisi aniqki, bu betartiblik uzoq vaqt hukm surishi mumkin. Narkobiznesning ham kuni tug`adi. Shu tariqa beqarorlik butun Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarishi hech gap emas.

Afsuski, oldi olingan bu mudhish oqibatga ham e`tibor hamma joyda bir xil emas. Andijon voqealaridan keyin O`zbekiston axborot xurujiga uchradi. Bu xuruj virtual olamda O`zbekistonni badnom qilishga qaratilgan edi. Lekin axborot xuruji tashkilotchilari ko`zlagan maqsadiga erisha olmadi.

Andijon voqealaridan ko`p o`tmay, Londonda portlashlar yuz berdi. Dunyo mamlakatlaridagi zo`ravonlik va xunrezliklarga mutlaqo aloqasi yo`qligini aytib keladigan xalqaro ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari bu qadim shahardan yaxshi boshpana topgani sir emas. Lekin shu holda ham Londonda qo`poruvchilik sodir etildi. Yodga beixtiyor "etim qo`zi asrasang..." deb boshlanuvchi maqol keladi.

O`zbekiston - terror va ekstremizmga birinchi to`siq vazifasini o`tayotgan "frontoldi mamlakat", bu illatlardan ko`p aziyat chekkan davlat. Mamlakatimizga qarshi boshlangan axborot xuruji O`zbekistonning tashvishli dav`atlariga, ogohlantirishlariga soya solmoqchi edi. Londonda sodir etilgan, Evropaning boshqa davlatlarida oldi olingan portlashlardan keyin bu fitna tashkilotchilarining ko`zi sal ochilganday bo`ldi. Zero, birovning kulfatidan o`z manfaati yo`lida foydalanish hech qachon yaxshilikka olib kelmagan.

Ha, O`zbekiston istiqlolning birinchi kunlarida e`lon qilgan tamoyillariga sodiq turibdi, xalqaro muammolarga munosabatini baralla e`lon qilmoqda. Jahon ahlini, boshqa davlatlarni iqtisodiy, siyosiy hamkorlikka, tahdidlarning oldini olish va xavfsizlikni mustahkamlash yo`lidagi hamkorlikka da`vat etmoqda. Mana shu o`zgarmas so`z va ovoz, o`zgarmas da`vat - O`zbekistonning yorug` yuzidir...

Shanxay hamkorlik tashkilotining ta`sis etilishida, "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotining tuzilishida O`zbekistonning o`z so`zi muhim o`rin tutgan.
"Shanxay beshligi"ga kuzatuvchi sifatida qo`shilgan O`zbekiston bu "beshlik" negizida ulkan salohiyatga ega tashkilot tuzish tashabbusini ilgari surdi va shu shart bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lib qo`shildi.

"Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti ham O`zbekiston tashabbusining mevasidir. Mintaqa davlatlarining xalq xo`jaligi bir-biriga bog`liq ekanligini inobatga olsak, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo`lidagi hamkorlik ana shu tashkilotning vosita va mexanizmlari yordamida rivoj topishi eng maqbul yo`l ekani ayon bo`ladi.

...Diplomatlar bilan suhbatlardan birida bunday mazmundagi gap bo`lgan edi: Turli nufuzli tashkilotlarning forumlarida, sammitlarda ishtirokchilar O`zbekiston tomonining fikri qanday bo`larkin, degan mushohada bilan o`tiradi. Chunki O`zbekiston hech qachon "navbatchi tashabbus", "navbatchi taklif"ni ilgari surmagan, O`zbekiston rahbari esa soxta obro` ishqibozi emas. Shu bois ham biror masala yuzasidan O`zbekiston tomoni bildirgan fikr muqarrar inobatga olinadi.

O`zbekiston Prezidentining xorijiy safarlarini yoritishda qatnashgan jurnalist sifatida shaxsiy kuzatuvlarimdan misol keltirishning ayni chog`i: tasavvur qiling, nufuzli tashkilotning sammitlaridan biri. Prezidentlar birma-bir so`zga chiqyapti. Majlis zalini monitor orqali kuzatib o`tirgan jurnalistlar o`z mamlakati prezidentining, ayrim "katta davlatlar" rahbarlarining nutqini eshityaptiyu gal "navbatdagilar"ga kelganda hech bir istiholasiz chekib kelgani chiqib ketishyapti.

So`z O`zbekiston rahbariga beriladi.

Prezident Islom Karimov so`zga chiqadi. Ana shunda qiziq voqea sodir bo`ladi. Turli mamlakatdan kelgan jurnalistlar yaxshiroq eshitish, diktofonga tiniqroq yozib olish uchun monitor oldiga uyulib olishadi.

Bu ko`p bor kuzatilgan oddiy haqiqat, odatiy manzara.

Demak, har sohada, har qanday masalada O`zbekistonning o`z aytar so`zi bor. Bu so`zning nechog`li zalvorli ekanini o`n to`rt yillik tariximiz isbotlab turibdi.



O'zbekiston matbuoti G'arbni axborot xurujida ayblamoqda

O`zbekiston matbuoti G’arbni axborot xurujida ayblashda davom etmoqda. Maqolalarga ko`ra, axborot xurujidan maqsad - milliy an`analarni yemirish va O`zbekistonning tabiiy boyliklarini qo`lga kiritishdir.

“Inson va Qonun” gazetasining 11 aprel sonida chop etilgan “Kosa tagidagi nimkosa” maqolasi muallifi, respublika Man`naviyat va Marifat markazining mas`ul xodimi Shuhrat Nasimovning yozishicha, axborot xuruji AQSh tomonidan ishlab chiqilgan.

Muallifga ko`ra, XIX asrda tug`ilgan razvedka xodimi Allan Dalles tomonidan tayyorlangan strategiya ko`p xarajat talab qiladigan harbiy yurishlar orniga, kam xarajat talab qiladigan axborot va ruhiy xurujga asoslangan.

“Shu tariqa, demokratiyani joriy qilish va mustamlakachilikka qarshi kurash niqobi ostida, odamlar ongida tushunchalarni yangilash orqali, AQSh o`ziga dushman deb bilgan davlatlarni inqirozga uchratish va kuchsizlantirishni yangi yo`lini o`ylab topdi”, deb yoziladi mazkur maqolada.

Bundan tashqari muallif Allan Dallesning yarim asr avval yozilgan xotiralaridan parchalar keltirish bilan, o`z fikrlarini isbotlashga harakat qiladi.

Maqola mohiyatini AQSh O`zbekistonning milliy an`analarini, urf-odatlarini yo`qqa chiqarish, mamlakatdagi tabiiy boyliklarni egallashga harakat qilayotgani, buning uchun yuqoridagi tarzda kurash olib borayotganligi tashkil etadi. Bu kurashda nodavlat tashkilotlar, amerikaparast muxolif partiyalar, mustaqil axborot vositalarining o`rni qayd etilgan.

Mazkur maqola va hozirda AQShga qarshi boshlangan axborot kampaniyasi yuzasidan siyosatshunoslar, muxolifat vakillari bir qator e`tirozlar bildirib o`tishadi.


Siyosatshunos Farxod Tolipov AQSh bilan strategik hamkorlik rivojlantirilgan paytlarda ham Dallesning fikrlari ma`lumligi, AQShdan millionlab sarmoyalar olinayotgan bir paytda maqola muallifining bu narsadan xabarsizligidan hayratdaligini bildiradi.

“Muallif AQSh bilan yaxshi munosabatlar qilish kerak emas, AQSh faqat bir maqsadda – to`ntarish qilish maqsadida yuribdi, deb nega bizni ogohlantirmadi. Endi ko`zi ochildimi? Bu birinchidan,” - deydi Tolipov.

“Ikkinchidan, gazetada millatni qadriyatlariga putur yetkazish, davlatni izdan chiqarish kabi gaplar eslatiladi. Endi, tariximizni bir eslaylik, bizni dinimizdan ayirgan, tilimizni, urf-odatlarimizni poymol qilgan qaysi davlat edi, AQShmi yoki boshqa birimi?”

“Qaysi davlatni ko`rsatib biz o`zini mustamlakasiga aylantirdi, deb darsliklarda ko`rsatib kelamiz, AQShmi yoki boshqami? Muallifga isbosgan tarixdan qaysidir ma’lumotlarni kovlab, AQSh milliy qadriyatlarga qarshi jarayonlarni qo`zg`atmoqchi deganda, aslida shunday jarayon bizni o`lkamizda sodir bo`lgan, lekin oldingi tarixda. XIX-XX asrlar davomida bu jarayonlar qaysi davlat tomonidan amalga oshirilganligiga muallif javob berishini istar edim,” - degan fikrlarni bildiradi Farxod Tolipov.

Maqola muallifi Shuhrat Nasimov o`z maqolasi yuzasidan intervyu berishdan bosh tortdi. Fikrlarini maqolada bayon etganini ta`kidlab o`tdi.

Maqolada amerikaparast muxolif partiyalar tuzish va ularning milliy manfaatlarga qarshi ishlashlari haqida fikrlar bildiriladi. Bu haqda munosabat bildirayotgan muxolifatdagi “Erk” partiyasining vakili A`zam Turg`unovning ta`kidlashicha, muallif bundan 100 yil avval emas, ikki-uch yil avvalgi gazetalarni varaqlab ko`rishi zarur edi.

“Eski gazetalarni varaqlaganda edi, Amerika, Amerika deya targ`ibot qilayotganlar, aslida o`zlari ekanligini ko`rishardi. Xonobod [aviabazasini] AQShga ochib bergan ham aslida shular-ku. Biz o`shanda aytgan edik, buning ekologik vaziyatga ta`siri bo`lishi haqida. Sarmoya va texnikalar olib kuch-ishlatar tizimlarni rivojlantirgan, shular emasmi-di? Hurmatli o`rtoq shularni bilmas ekanmi?” - deydi A`zam Turg`unov.

AQSh tomonidan olib borilayotgan targ`ibot axloqsizlikka yo`naltirilganligi haqidagi ta`kidlarga nisbatan “Erk” partiyasining vakili shunday mulohazalar bildiradi:

“Amerikaparast deganda, Amerika bo`ladimi, Malayziya bo`ladimi, har qanday odam u yerdagi salbiy narsalarni emas, ilg`or fikrlarni o`zlashtirishni istaydi. Men necha marta hokimiyatga chiqdim. Sobir Raximov Tuman hokimiga ham bordim, mahallada huquqiy yordam berish guruhini tuzaman, bepul ishlab beraman, deb. Rad qilishyapti. Men ularga Amerika turmush tarzini o`rgataman deyayotganim yoq, o`z huquqlaringizni o`zingiz himoya qilishingizni o`rgataman, deyapman. Demak, bularga hozir huquqni o`rganish, demokratiyani o`rganish yot narsa bo’lsa kerak,” – deya ta’kidlab o`tadi A`zam Turg`unov.

11 aprelda chop etilgan “Fidokor” va “XXI-Asr” gazetalarida ham g`arb davlatlari, xorij ommaviy axborot vositalarining O`zbekistonga qilayotgan axborot xurujlari haqida maqolalar o`rin olgan. “Joziba ortidagi g`araz” maqolasida Atlantika geosiyosati Yevrosiyoni nazoratga olishni strategik maqsad qilgani ta’kidlab o`tiladi.

Siyosatshunoslarga ko`ra, Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan O`zbekiston ham XIX–XX asr davomida qaramlikda yashab kelgan. Mintaqada XX asr boshlarida boshlangan milliy uyg`onish, milliy siyosat harakati, Chor Rossiyasi, keyinchalik esa Sovet Ittifoqi tomonidan ayovsiz ravishda yo`qotilgan.

O`zbekistonning Rossiya bilan aloqalari sovuqlashgan davrda, Rossiya tomonidan O`zbekistonga nisbatan yuritilgan mustamlakacha siyosat keng targ`ib qilingan edi, va Rossiya imperiyacha siyosat yuritayotganlikda ayblangan edi.

Siyosatshunoslar Rossiya va O`zbekiston aloqalari ittifoqchilik darajasiga ko`tarilgan bir paytda, bu tarix unitilayotgani bois, o`z xavotirlarini bildirib o`tishmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilar AQShning mintaqadagi manfaatlarini demokratik qadriyatlar targ`iboti, AQSh xavfsizligini ta`minlash kabi sabablar bilan izohlashadi.



Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etushi

O'zbekiston huquq-tartibot organlari jurnalist A'lo Xo'jayevga mamlakatdan chiqishga ruxsat bermagan. O`zbekistonda mustaqil jurnalistlarga nisbatan tazyiqlar va axborot olishdagi ta`qiqlar yanada kuchayayotgani ta`kidlanmoqda.

“Tribuna-uz” mustaqil axborot saytining rahbari A`lo Xo`jayevga ko`ra huquq-tartibot organlari nima sababdan uni mamalakatdan chiqishga noloyiq topganini izohlamagan, faqat uning mamlakatdan tashqariga chiqishi maqsadga muvofiq emasligi haqida ma`lum qilgan, xolos.

A`lo Xo`jayevga ko`ra, unga viza berilmasligining sababi uning kasbiy faoliyati jurnalistligi bilan bo`gliq.

O`zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan tashqariga chiqishi rad etilgan mustaqil jurnalistlardan biri Alisher Taksanovga ko`ra, hukumat mustaqil jurnalistlarning tashqi olam bilan bevosita aloqalaridan, turli anjumanlarda ishtiroklaridan xavotirda.

Alisher Taksanovning bildirishicha, chet-elga chiqishga ruxsat bermaslikdan maqsad, jurnalistlarga nisbatan jismoniy tahdidning yoki biron jinoiy ish tashkillashtirilayotganligi bilan ham bo`gliq bo`lishi mumkin.

Kuzatuvchilarga ko`ra, O`zbekistonda matbuotni keskin nazoratga olish va aholining axborot olish huquqini cheklash yangi bosimlar bilan kuzatilmoqda.

Yaqinda “Kamalak TV” orqali namoyish etilayotgan Rossiyaning DTV kanalida terrorchilikda ayblanib hibsga olingan mahbuslarga nisbatan dunyoda, jumladan O`zbekistonda ko’rsatilgan qiynoqlar haqidagi hujjatli film namoyishidan so`ng “Kamalak TV” DTV kanalini uzatishni to`xtatgan.

“Kamalak TV” xodimlari texnik sabablarga ko`ra, DTV namoyishi vaqtincha to`xtaganini aytishadi.

Kuzatuvchilar fikricha, bu holat aholini axborot olishga bo`lgan huquqini cheklash va matbuotni ommaviy nazoratda ushlab turish bilan bo`gliq.

O`zbekistondagi mustaqil axborot vositalari son jihatdan ko`p va turli-tuman. Biroq ularninmg hammasida ketayotgan axbotot nazorat ostida.

Bir muncha avval Jizzaxdagi “Baxtiyor TV” xususiy kanalida uzatilgan matbuot erkinligi haqidagi lavha uchun kanal rahbari huquq-tartibot organlari tomonidan so’roqqa tutilgan edi.

“Baxtiyor TV”ga intervyu bergan jizzaxlik inson huquqlari himoyachisi Baxtiyor Hamroyevga ko`ra, intervyuda uning “O`zbekistonda jamaiyat erkin bo`lmas ekan, matbuot erkin bo`lmaydi” degan so`zlari ketgan. Shuning o`zi huquq-tartibot organlarining harakatga tushishlariga, studiyaga kelib tasmalarni tekshirishlari va so’roq o`tkazishlariga sabab bo`lgan.

“Bittagina to’g’ri fikrdan huquq-tartibot organlarining vahimaga tushayotgani O`zbekiston jamoatchiligi inqirozga yuz tutayotganligidan darak beradi”, - deydi Baxtiyor Hamroyev.

“Baxtiyor TV” kanalining bosh muharriri matbuot erkinligi haqidagi lavha uzatilganini ta`kidlaydi, biroq oqibatlar haqida ma`lumotga ega emasligini bildiradi.

Davlat manbalari O`zbekistonga nisbatan axborot xuruji davom etayotganligini, xurujlardan maqsad mamalakatdagi vaziyatni izdan chiqarish ekanligi haqida jar solmoqda.



Kuzatuvchilar nazarida aynan shu ro`kach bilan mamlakat aholisining O`zbekistondagi voqealar va vaziyat haqida xolis axborot olish imkoniyati tobora cheklanib bormoqda.

Reja:

    1. Axborot o`zi nima ?

    2. O'zbekiston matbuoti G'arbni axborot xurujida ayblamoqda

    3. Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etushi


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa