emotsional munosabat tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabki
ko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllanadi,
ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga inti-
lish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozo nishga
inti lishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosa-
batlarida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqa-
li insoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mu-
kammallik tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi.
Shaxsning axloqiy shakllanishini bola egallayotgan bilimlar;
atrofdagi odamlar bilan muloqot paytida o‘zlashtirilgan ax-
loqiy xulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa paytida yu-
tuq va yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlar
tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong dara-
jasi o‘zgaradi va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini ba-
jarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal
qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha
mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol-
maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoida-
ga rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda
bolalar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki
boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va
uyat
chanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini
o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini
kattalarning bergan bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashti-
rishga majbur bo‘ladi. Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomo-
nidan qo‘llab-quvvatla nish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilat-
lari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik)
374
uchun ham, g‘urur his sini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy ba-
holanadigan namuna bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga
o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning
ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Mak-
tabgacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan
yomonroq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan na-
munadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan
holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik,
qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham
uyaladi. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kat-
talarga bog‘liqligi saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola
faoliyatining ham faollashishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil
qilolsa, uning yutuqlariga sherik va yo‘qotishlariga qayg‘udosh
bo‘lsa, bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki
omadsiz damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga
tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda,
ular ga ishonadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqa-
ga kirishadi.
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomala-
si uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bo-
la o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmay-
di, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyor
bo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoladi. Ak-
sariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar
boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladi-
lar. Bolalarni boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, le-
kin bunga qaramay ishni samarasi past bo‘ladi. Katta yosh-
dagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan salbiy munosabati
unda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo begonalik
to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intila-
di, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini
olib qochishga harakat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan
tashnalik va biron odamga mehr berish istagi birinchi daraja-
li, juda ham zarur ehtiyoj hisoblanadi. Bolaning onaga bo‘lgan
375
mehri bu yo‘sinda alohida o‘rin egallaydi. Uning barcha ehtiyoj lari
ona orqali amalga oshadi, chunki u bolaning quvonch, himoya
hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola onaning bevo-
sita mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘l bilan
uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa
onasiga yoki uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi.
Lekin, vaqt o‘tishi bilan, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar
odamlarga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga yaqin odamlarga nis-
batan ehtiyoj seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro yaxshi aloqa
o‘rnatish va uni saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgi-
lab beradigan yetakchi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bi-
lan o‘zaro aloqasi ko‘p hollarda kattalar tomonidan unga nis-
batan qilinadigan muomalaga bog‘liq bo‘ladi.
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida
bola o‘sha katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoli-
yatida muvaffaqiyatli bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob-
axloq qoidalariga amal qilishga harakat qiladi. Dilkashlik va
xayrixohlik bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga sharoit
yaratadi.
Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgi-
na bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi
bilan o‘zi ovora bo‘lishiga olib keladi. Kattalarni begonalashishi
quyidagi salbiy xislatlarni rivojlanishiga zamin yaratishi mum-
kin: odamovilik, tajovuskorlik, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik,
laganbardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir ko‘rsatishning emot-
sional munosabatlarini katta odam ehtiyotkorona tanlashi ke-
rak. Bolaga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi
kerak emas (katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksin-
cha o‘ziga xos muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar
muomala muhitini tashkil qiladi, begonalashish esa bolaning
jiddiy xatosiga tanbeh shaklida qo‘llanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |