Maktabgacha yoshdagi


Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarning tengdoshlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarning tengdoshlari 

bilan munosabatlari. Tengdoshlar suhbatiga bo‘lgan ehtiyoj ki-

chik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishi-

ga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ilk bolalik davrida paydo bo‘lgan 

boshqa bolalarga mayl, maktabgacha yoshdagi davrga kelib 

tengdoshlar bilan suhbat ehtiyojiga aylanadi. Bolalarni birga 



376

o‘yin o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatida 

suhbatga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

Ijtimoiy maktabgacha ta’lim sharoitida bolalar jamoasi, bo-

la boshqa bolalar bilan birgalikda va ular bilan har xil alo-

qalar o‘rnatganda paydo bo‘ladi. Bu yerda bola jamoa ichida-

gi ilk axloq ko‘nikmalarini, atrofdagilar bilan muomala qilish 

malakalari ni orttiradi. Bolaning tengdoshlari bilan suhbatida 

shu paytgacha o‘zlashtirgan axloq qoidalarini amalda qo‘llash 

va bu qoidalarni turli xil konkret vaziyatlarga moslashtirish 

zaruriyati bilan to‘qnashishida, bolada shaxsning rivojlanishi-

ga tengdoshlar guruhining ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bola-

larning birgalikdagi faoliyati harakatlarni muvofiqlashuvga olib 

kelish, tengdoshlarga xayrixoh munosabat ko‘rsatish, umumiy 

maqsadlarga erishish uchun shaxsiy xohish-istaklardan voz ke-

chish kerak bo‘lgan vaziyatlar uzluksiz vujudga keladi. Bun-

day vaziyatlarda bolalar har doim ham kerakli xulq, muoma-

la usulini topa olmaydilar. Tengdoshlarining huquqini hisobga 

olmay, o‘z huquqlarini himoya qiladilar, ular orasida ko‘pincha 

janjal yuzaga keladi. Janjalga arala shib, uni bartaraf qila bo-

rib, tarbiyachi bolalarga axloq qoidalarini ongli ravishda baja-

rishni o‘rgatadi.

Suhbat va guruhdagi umumiy faoliyat bolalarda to‘g‘ri ha-

rakat qilishga o‘rgatish vazifasini bajaradi. Bunday mashq bola-

larga axloq qoidalarini faqat bilishi uchun emas, balki ular ni 

amalda qo‘llash uchun ham zarurdir. Bolalar axloq qoidalari-

ni o‘zlashtirishida guruhda umumiy fikr shakllanishi katta 

ahami yatga ega. Bu ularda shaxsning rivojlanishi uchun bola-

lar jamoasi ta’siri bo‘lib xizmat qiladi.

Uch yoshli bolalar guruhida u yoki bu predmetlar, hodisa-

lar, harakatlar haqida hali umumiy fikr bo‘lmaydi. Bir bola-

ning fikri odatda boshqa bolaning fikriga ta’sir qilmaydi. Lekin 

to‘rt-besh yoshdan boshlab bolalar tengdoshlari fikrini e’tiborga 

ola boshlaydilar va garchi u o‘z taassurot va bilimlariga to‘g‘ri 

kelmasada ko‘pchilik fikriga qo‘shiladi. Bunday ko‘pchilikning 

fikriga bo‘ysunish konformlik deb nomlanadi. Tajribada kon-

formlikni aniqlashingiz mumkin. Masalan, bir nechta bolaga 

ataylab, stol ustida turgan qora va oq pirami dachalarni ikkala-




377

si oq deyishga o‘rgatasiz. Kelishuvda qatnashmagan bola, ik-

ki-uch tengdoshi ning fikrini eshitgach, «Piramidachalar qay-

si rangda?» degan savolga «Ikkalasi ham oq» deb javob beradi.

Olti yoshda konformlik bolalarda ancha susayadi. Konform-

lik maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z fikrini muvofiqlashtira 

olish ga erishishda o‘tish davri hisoblanadi. Lekin ba’zi bolalar-

da u mustahkam o‘rnashib olib va shaxsning salbiy fazilatlari-

ga aylanishi mumkin.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish