Maktabgacha yoshdagi


Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutq-



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutq-

ning o‘rni. Maktabgacha yosh davri o‘z xulq-atvorini, ichki va 

tashqi harakatlarini ongli tarzda boshqarish qobiliyati sifatida 

iroda ning tarkib topish davridir. Ta’lim-tarbiya jarayonida kat-

talar va tengdoshlari ta’siri ostida bolada o‘z xatti-harakatlarini 

boshqa rish, maqsadga erishish ko‘nikmalari shakllanadi. Bun-

da bola yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat 

qiladi. Bola o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda tarbiyachi 

talab etganidek tinch o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakat-

larni nazorat qilish malakalarini egallaydi.

Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini 

boshqara boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq 

uchayotgan bolalar tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qaysi 

biri qo‘lqopini yo‘qotganligi so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz 

va qo‘lqop qor ustida yotgani tasvirlangan) bola bunga javob 

bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha rasmdagi figu-

ralarni ketma-ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning nigohi esa 

tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyincha-

lik bola kattalar yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi 

va shunga o‘xshash masalalarni muvaffaqiyatli yecha bosh-

laydi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish boshqariladi-

gan jarayonga aylana boradi. To‘rt yoshga yetganda bola o‘z 

oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qo-

lish maqsadini qo‘ya oladi. To‘rt yoshli bolalarda aqliy faoli-

yatni boshqarish qobiliyati kuzatiladi. Masalan, boshqotir mani 

hal qilishda ular qismlarni bir butun, yaxlit qilib birlashtirish-

da sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar, bunda 

 

ular bir variantdan izchil tarzda ikkinchisiga o‘ta oladilar.



Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana 

boshlaydi. Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda 

ixtiyorsiz, impulsiv harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy 

harakatlar genezisiga murojaat qiladigan bo‘lsak, maktabgacha 

davr mobaynida irodaviy harakatlar ham ularning umuman 

xulq-atvoridagi vazni ham o‘zgarib boradi. Kichik bog‘cha yo-

shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xatti-ha-

rakatlardan tashkil topsa, 4–5 yoshli bolalarda iroda namoyon 

qi 

lish kuchayadi, biroq xulq-atvorda ular katta o‘rin egal-




379

lamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola nisbatan irodaviy 

zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib, irodaviy 

harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xarakterli bo‘lib, 

xulq-atvorda ularni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni che-

garalangan.

Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davri-

da yuz beradigan xulq-atvor motivlarining o‘zgarishi bilan 

uzviy bog‘langan. Bola uchun eng muhim bo‘lgan motivlar 

guruhi ning birinchi o‘rinda turishi shunga olib keladiki, bola 

qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining 

rivo jida o‘zaro bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mum-

kin. Bular:

1)  harakatlar maqsadga yo‘nalganligining rivojlanishi;

2) harakatlar maqsadi va motivi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘-

liqligining o‘rnatilishi;

3)  harakatlarni bajarishda nutqning boshqaruvchanlik roli-

ning o‘sishi.

Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘nal-

ganligining tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi mu-

vaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi. 

 Ular qiyinchiliklarni yengib o‘tish va maqsadni ushlab turish 

davomiy ligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Maqsadga erishish-

dagi omad 

sizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4–5 

yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqara-

di; faoliyat muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa bolalar 

ishni oxirigacha yetkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshi-

dagi bolalar ham o‘zlarini shunday tutadilar. Hatto ularning 

ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘la boshlaydilar, ni-

ma bo‘lsa ham qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi-

lar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon 

so‘raydilar, yengilishdan bosh tortadilar.

Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakat-

larini maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy xarak-

terdagi motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana 

boshlaydi. Bola irodasiga qarama-qarshi motivlar to‘qnashish 

vaziyatlari alohida talablar qo‘yadi. Bola bo‘lishi mumkin bo‘lgan 



380

ikkita qarordan birini tanlashi zarur bo‘ladi. Ushbu vaziyatda 

motivlar kurashi ro‘y beradi va ulardan birining g‘alabasi bilan 

yakunlanadi. 3 yoshli bola xulq-atvori qarama-qarshi turtkilar-

ning to‘qnashuvi sababli yuzaga keluvchi ichki nizolar bilan xa-

rakterlanadi. Biroq bola ko‘pincha ongsiz, tanlovsiz, kuchliroq 

turtki ta’siri ostida harakat qiladi. Ular uchun tanlov vaziya-

ti juda murakkab bo‘lib, bunday vaziyatga tushib qolgan bola 

biron-bir qaror qabul qilishga noqobil bo‘ladi. Tanlov vaziyati-

da, masalan, o‘yinchoqni tanlashda 4–5 yoshli bolalar o‘zlarini 

boshqacharoq tutadilar. U qo‘ lini goh u o‘yinchoqqa, goh bu 

o‘yinchoqqa cho‘zadi. Bunday holda juda sodda bo‘lsa ham mo-

tivlar kurashi yuzaga keladi, bola qaysi bir o‘yinchoqni olish ha-

qida qarorga kelolmaydi. Tanlovga «ishbilarmonlik» bilan yon-

dashuv, uzoq davom etmaydigan ikkilanishlar kuzatiladi. Bolalar 

o‘z tanlovlarini asoslab, ayni vaqtda o‘zlarida yo‘q bo‘lgan va ega 

bo‘lishni xohlayotgan narsani oladilar. 

O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ko‘rinadigan 

ba’zi iroda sifatlari (qat’iylik, mustaqillik kabi) ko‘pincha 

epizodik xa 

rakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajara-

yotgan ishlarida biron to‘sqinlik uchrab qolsa, o‘zlari musta-

qil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Lekin bu ish-

ning ular uchun og‘irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu 

sabab 

li bunday to‘sqinliklar chiqib qolgan paytda ular kat-



talarni yordamga chaqiradilar. Uzoqroq davom eta 

digan 


to‘sqinliklarni yengishga bog‘cha yoshidagi bolalar ning sabr-

lari yetmaydi. Bajarayotgan ishlari ularni juda qiziqtirsa, 

 

ular uzoq davom etadigan to‘sqinliklarni ham chidam bilan 



yen gishga harakat qiladilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojla-

nishida ular nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahami-

yatga ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga 

og‘zaki suratda turli xil vazifalarni topshiradilar. Bolalar ayni 

chog‘dagi o‘yinlari yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo‘yib, kat-

talarning topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday 

topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlarni o‘stirib 

borish mumkin. Lekin og‘zaki topshiriqlarni bog‘cha yoshida-

gi hamma bolalar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, ki-




381

chik yoshdagi bog‘cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og‘zaki 

berilgan topshiriqlarni xotiralarida uzoq vaqt saqlab turolmay-

dilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo‘yib, uning o‘rniga o‘zlari 

xohlagan ish bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat ularni tash-

vishlantirmaydi ham. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshida-

gi bolalar irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Bu yoshda bola lar topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z 

orqali tushuntirib berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivoj-

lanishida o‘yin juda katta rol o‘ynaydi. O‘yin bolalar iroda-

sini o‘stiruvchi va mustahkamlovchi omillardan biridir. Bola-

lar o‘zlarining turli-tuman o‘yinlarida o‘z oldilariga ma’lum 

maqsadlarni qo‘yadilar, ba’zan uchrab qolgan to‘sqinliklarni 

yengib, ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirishga harakat 

qiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini 

o‘stirish va mustahkamlashda rollarga bo‘linib o‘ynaydigan 

hamda qoidali o‘yinlarning ahamiyati g‘oyat kattadir. O‘yin 

qoidalariga rioya qilishda o‘z iroda kuchini ishga solishga 

to‘g‘ri keladi, chunki bola o‘yin paytida o‘zining harakat-

larini o‘ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi ke-

rak. Kichik guruh bolalari esa buning uddasidan chiqa ol-

maydilar, ya’ni o‘yin qoidalariga to‘la rioya qila olmaydilar. 

Shuning uchun ular qoidali o‘yinlarga qatnashganlarida juda 

sodda rollarni bajaradilar. Masalan, «Poyezd» o‘yinida faqat 

yo‘lovchi (passajir) rolini o‘ynaydilar.

Katta bog‘cha yoshida aql bilan qaror chiqarish imkoniyat-

lari kengayadi, qaror qabul qilish ahamiyatli bo‘lgan motiv bi-

lan belgilanadi. Bu esa o‘z-o‘zini boshqarishning rivojlanishi, 

vaziyat bilan bog‘liq istak, his-tuyg‘ular va ularning namoyon 

bo‘lishini jilovlash malakalari taraqqiyotiga olib keladi va bola 

irodasini mustahkamlaydi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish