O‘z jinsini ajratish. Bolada bu yoshga kelib odam tanasiga
va o‘z tanasining tuzilishiga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘zini qay-
si jins ga mansubligini anglash «shaxs»ning tuzilishiga ulanadi.
Kattalardan: «Sen o‘g‘il bolasan!» yoki «Sen qiz bolasan!» de-
gan so‘zlarni eshitgach, bola bunday tushunchalar uning jinsiy
xislatlari bilan bog‘liqligini anglay boshlaydi. Bola o‘z tanasiga
va jinsiy organiga nisbatan qiziquvchan bo‘ladi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar ulg‘aygani sari begona odamlar oldida yechi-
nishda o‘zlarini noqulay sezadilar. Xijolatlik, uyat hissi tarbi-
yaviy ta’sir natijasidir.
Ko‘p hollarda hozirgi bolalar qiz va o‘g‘il bola tanasi-
ga xos bo‘lgan belgini ancha erta o‘zlashtirmoqda. Bundan
tashqari ular kattalarning tanaga bo‘lgan munosabatini ham
o‘zlashtirmoqdalar. Aksariyat kattalar kiyimsiz tanaga qarash-
ni taqiqlaydilar, o‘zlari esa bunday tomoshalarni bola oldida
ko‘raveradilar. Go‘yoki bola hali hech narsani tushunmaydi deb
o‘ylaydilar. Agar ota-ona kiyim almashtirishda boladan xijolat
tortsa, bu xislat bolaga ham o‘tadi. Agar ota-ona o‘zini tabiiy
tutsa, bola ham yalang‘och tanani ko‘rganda xijolat bo‘lmaydi.
Ammo bu holda hammaning o‘z chuqur o‘ylangan yondashuvi
bo‘lishi kerak. Jinsiy tarbiya erkin yo‘lga qo‘yilgan ba’zi oilalar-
da, shifokorlar, rassomlar, hayvonlar hayoti bilan tanish bo‘lgan
qishloq bolalarida ba’zan jinsiy organlarni rasmda aks ettir-
ganlarini ko‘rish mumkin. O‘g‘il bolalar hayvonlar va erkak-
larni jinsiy organlarini qizlarga qaraganda ko‘proq chizadilar.
Bu holatni o‘g‘il bolalar o‘z tanasining jismoniy ko‘rinishiga
o‘xshatadilar. Ko‘p maktabgacha yoshdagi bolalar odamlarning
jismoniy ko‘rinishidagi farqini nafaqat xa yollariga keltiradilar,
balki bu farqni kiyimsiz naturaga qaraganda ham ko‘rmaydilar.
Maxsus tajriba o‘tkazilganda har bir boladan kiyimsiz (o‘g‘il
va qiz bola) qo‘g‘irchoqning rasmini chizish so‘raldi. Ularni tana
tuzi lishi o‘g‘il va qiz bolalarning jismoniy tuzilishiga mos kelishi
kerak edi. Ba’zi bolalar qo‘g‘irchoqqa qarab chizishga harakat qi-
lishadi, lekin shunda ham ular jinsni farqlovchi xislatlarni shun-
chaki sezmaydilar. Ularning tasvirlarida o‘g‘il bola qo‘g‘irchoq
va qiz bola qo‘g‘irchoq bir-biridan hech farq qilmaydi. Masa-
lan, «Biz yaqinda bir qizni yuzini yasadik va chizdik. Lekin
396
me nimcha libosdagi qizni chizgandik. O‘xshamasachi? O‘g‘il va
qiz bolalar o‘xshaydilar. Ular jingalak soch bo‘ladilar va ayyo-
rona jilmayadilar. O‘g‘il bola bilan qiz bolaning farqini topish
kerakmi? O‘g‘il bolalar ko‘z rangi to‘q, qizlarniki och bo‘ladi.
Fe’li har xil bo‘ladi: haqiqiy erkak yig‘lamaydi. Boshqa farq-
ni men ko‘rmayapman». Ba’zi bolalar oila da jinsiy tarbiya haqi-
dagi tu shunchadan shunchalar «himoya qi linganlarki», kiyimsiz
naturada jins farqiga e’tibor berib, to‘g‘ri chizishni so‘rashganda
ham, jins farqini ko‘rmaydilar. Bolalarni boshqa qismi umri-
da birinchi marta kiyimsiz o‘g‘il bola va qiz bola qo‘g‘irchoqni
ko‘rib, darhol uning jismoniy qiyofasidagi farqiga e’tibor qara-
tadilar. Bunda bir xil bolalar xotirjamlik bilan o‘g‘il va qiz
bolalarning tasvirini tushirishga, boshqalari esa, qo‘g‘irchoqni
ko‘rinishidan uyalib, ko‘zlarini yashiradilar. E’tirof etish kerak-
ki, bolalar ulg‘aygani sari, ular orasida kiyimsiz qo‘g‘irchoqlarni
ko‘rganda uyat hissi kuchayadi. Bolalar qiqirlashni, teskari qa-
rashni, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopishni boshlaydilar. Odat-
da bunday bolalar talab qilingan naturani hech ham chizishni
xohlamaydilar (V.S. Muxina materiallaridan).
Do'stlaringiz bilan baham: |