Maktabgacha yoshdagi


Maktabgacha yoshdagi davrda jinsiy tarbiya



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Maktabgacha yoshdagi davrda jinsiy tarbiya. Jinsga man-

sublik, har bir oilada individual ravishda olib boriladi. Har bir 

xalqning o‘z mentalitetini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘zbeklarda 

jins tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bolaga juda yoshli-

gidanoq milliy liboslarga xos kiyinish, ya’ni qiz bola ko‘ylak va 

lozim (o‘z nomi bilan «lozim») kiyishi, o‘g‘il bolaga xos kiyim-

larini kiymaslik, qiliqlarini qilmaslik, orastalik, muloyimlik va 

boshqa xarakter xislatlari singdirib boriladi. Bola bog‘chadagi 

dav rida o‘g‘il bolalar shortikda, qizlar yubkada yurishlari ko‘p-

gina bog‘chalarda saqlanib qolgan. Lekin afsuski milliylikka 

e’tibor bola katta bo‘lgan sari g‘arb tarbiyasi ostida yo‘qolib 

bormoqda. Bunday munosabat bola oilasida va uning atrofida-

gilarda bo‘lgan axloq andazalari ta’sirining natijasidir. Katta-

lar tomonidan to‘g‘ri, axloqiy va aqlli ko‘rsatmalar bolada jins-

lar farqiga va aloqasiga sog‘lom munosabatni shakllantiradi. 

Bola ota-onasiga va tarbiyachiga jinslar farqi haqida, bolalar 

paydo bo‘lishi yo‘llari va hokazo haqida savollar berishi mum-

kin. Ko‘p bolalar o‘zaro bu savollarni muhokama qilishadi. 




397

Bunday savollarga bo‘lgan tabiiy qiziquvchanlik kattalar to-

monidan to‘g‘ri tushuntirilishi kerak. Shuning uchun bolalar 

berishi mumkin bo‘lgan savollarga oldindan javob tayyorlash 

foydalidir. Katta yoshli odam bu muammoga shaxsning axlo-

qiy tarbiyasiga bo‘lgandek jiddiy munosabat bildirishi lozim. U 

bola bilan suhbatlasha turib, zaruriy odob saqlashi va har bir 

bolaning yoshini va psixologik xususiyatini inobatga olishi ke-

rak. Bolaga haqiqatni uyalmasdan gapirish kerak, lekin bu un-

ga kattalar ega bo‘lgan bor ma’lumotlar zaxirasini ochish ke-

rak degani emas.

Tarbiyachi ota-onalarning bolalarni jinsiy tarbiyalashga 

bo‘lgan fikrini bilishi lozim va ular bilan, ayniqsa bu muammoga 

nisbatan xurofotga ega bo‘lgan ota-onalar bilan ma’rifiy ishlarni  

olib borishi kerak. Bolaning o‘z tanasini begona ko‘zlardan 

tabiiy himoya qilish zaruriyatini kattalar hurmat qilishlari va 

bolaning uyatchanligini iloji boricha asrab qolishlari kerak.

Shaxsda salbiy tuzilmalarning paydo bo‘lishi

Har qanday rivojlanish jarayonida bo‘lganidek axloqiy rivoj-

lanishda ham ziddiyatlar kurashi bo‘lib o‘tadi. Bizning hayotiy 

tajribamizdan bevosita qanday insoniy qadriyatlar shaxsiy ijo-

biy yutuqlarni belgilashi, ziddiyatlar kurashi qanday kechishi 

hamda qanday qilib shaxsda salbiy tuzilmalar paydo bo‘lishini 

kuzatish imkoniyati chetda qoladi. Salbiy tuzilmalar – xatti-

harakatning sotsial ko‘rinishi hamda shaxsning muayyan xis-

latlari – mohi yatiga ko‘ra rivojlanish mahsuli bo‘lib ular max-

sus o‘rganishni talab qiladi.

Agar bola tan olinish ehtiyojini his qilmasa boshqa inson-

lar bilan muloqotda rivojlanishi nomukammal bo‘ladi. Biroq 

shu ehtiyojni amalga oshirish ham salbiy holatlarga olib kelishi 

mumkin, masalan, yolg‘on – g‘arazli maqsadda haqiqatni ya-

shirish yoki hasad – boshqa birovning yutug‘idan alamzadalik 

hissi. Albatta, yolg‘on tan olinishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj bi-

lan birga yurishi mumkin, ammo bu ehtiyojning zaruriy qismi 

hisoblanmaydi. Ontogenezda, bolaning ichki holati endigina 

jamiyat tomonidan berilgan qoliplarga o‘rganayotgan paytda 

yolg‘on paydo bo‘lishi mumkin. Shaxsda salbiy tuzilmalarning 




398

paydo bo‘lish sabablaridan biri ijtimoiy jihatdan yetilmagan

shaxsning tan oli nish ehtiyoji hisoblanishi mumkin. 

Kundalik hayot doimiy tarzda bolani turli holatlar bilan 

to‘qnashtiradi hamda ularning har birini axloqiy me’yorlar orqa-

li osonlik bilan hal qiladi, boshqalari esa u tomondan qoidalarni 

buzish va yolg‘on ishlatilishiga turtki bo‘ladi. Ular obyektiv jihat-

dan, ya’ni axloqiy me’yorlarni bolaning impulsiv istaklari bilan 

mos kelmasligi kabi muammoli vaziyatlardir. Bunday muammo-

li vaziyatga tushgan bola uni quyidagicha hal qilishi mumkin:

1)  qoidani bajarish;

2)  o‘z ehtiyojini qondirish va shu bilan birga qoidani bu-

zish hamda buni kattalardan yashirmaslik;

3)  o‘z ehtiyojini qondirish va shu bilan birga qoidani bu-

zishi, lekin jazolanishdan qo‘rqib uni yashirish. Uchinchi tur-

dagi ha rakat yolg‘onning paydo bo‘lishiga olib keladi. 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish