Odam gavdasi bir qancha bo’laklardan iborat. Odam kallasi (caput) bo’yin(collum) Vositasida tanasiga(truncus) qo’shilib turadi. Odam tanasi ko’krak qafasi (thorax) , qorin (abdomen) qismlaridan , ikki qo’l (membra superiores) va ikki oyoqdan (membra inferiores) iborat. Bulardan qo’llar gavdaning yuqorisida joylashgan bo’lsa , oyoqlar tanaga pastdan birlashadi.

Ko’krak qafasi ichidagi organlarning turgan joylarini sirtdan turib aniqlash uchun bir qancha bo’ylama , tikka chiziqlardan foydalaniladi. 1)Oldingi o’rta chiziq (linea mediana anterior) – to’sh suyagining qoq o’rtasidan o’tadi.; 2)to’sh chizig’i (linea sternalis) - to’sh suyagining ikki cheti bo’ylab o’tadi; 3) ko’krak bezi orqali o’tgan chiziq (linea medioclavicularis, s.mamillaris) – sgu bezning so’rg’ichi ustidan o’tadi; 4) to’shning yonbosh chizig’i (linea aparasternalis) – ko’krak bezi va to’sh chiziqlari o’rtasidan o’tadi; 5)oldingi qo’ltiq chizig’i (linea axillaris anterior ) – qo’ltiqning oldingi qirrasidan boshlanadi; 6) qo’ltiq o’rta chizig’i (linea axillaris media) – qo’ltiqning o’rta qismidan boshlanadi va 7) qo’ltiq orqa chizig’i (linea axillaris posterior) – qo’ltiqning orqa qismidan o’tadi; 8) kurak chizig’i (linea scapularis) – kurakning pastki burchagidan pastga o’tadi.