Ma’ruza matnlari.
9
Mantiqiy mushohada uchun
Quyidagi gaplarda nima ifodalanmaganligi uchun ular mazmunan qarama-qarshi?
Jo‘shqin ...... semiz
Jo‘shqin ...... oriq
Jo‘shqin ...... baland
Jo‘shqin ...... past
Jo‘shqin ...... chaqqon
Jo‘shqin ...... sust
Jo‘shqin ...... bilimli
Jo‘shqin ...... bilimsiz
4.UMIS va AHVO tushunchalari. Dialektika (narsa va hodisalarni
qiyoslab, umumlashma xulosa chiqaradigan falsafiy ta’limot) har qanday
o‘rganish manbaida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi
va uni quyidagi ikki tomonli tushunchalar asosida sistemalashtiradi:
umumiylik – alohidalik;
mohiyat – hodisa;
imkoniyat – voqelik;
sabab – oqibat.
Birinchi jihat (uni tegishli tushunchalarning bosh harflari asosida
qisqacha UMIS deb ataymiz) narsalarning sezgi a’zolari asosida his
etilmaydigan, aql bilan idrok qilinadigan substansiyasi (mohiyati) dir. Ikkinchi
jihat esa (AHVO – alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi,
yuzaga chiqishi, namoyon bo‘lishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi
sezgi a’zolari yordamida his qila oladi. Masalan, yuqoridagi hikoyatda ko‘zi
ojizlar aniqlagan jihatning har biri alohidalik bo‘lsa, orifning bilimi
umumiylikdir. Obrazli qilib aytganda, ko‘zi ojizlar AHVOlarni aniqlashdi, orif
bu AHVOlar asosida UMISni tikladi.
UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) va AHVO (alohidalik,
hodisa, voqelik, oqibat) munosabatini yaqqolroq tasavvur qilish uchun
hammaga tushunarli bo‘lgan misolga murojaat qilamiz.
Javonda beshta har xil kitob bor deylik, ular bevosita kuzatishda berilgan,
kitoblarni sezgi a’zolari yordamida his qila olamiz. Lekin ongimizda yaxlit
“
umuman kitob” tushunchasi mavjud. U borliqda mavjud emas,
ko‘rganlarimiz, eshitganlarimiz asosida ongimizda aqliy yo‘l bilan tiklangan.
Falsafada ana shu “
umuman kitob”гa nisbatan UMIS, muayyan, ko‘z
oldimizda turgan kitobga nisbatan AHVO atamasi qo‘llanadi. Bevosita
kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin bo‘lgan
AHVOdan biri boshqasisiz bo‘lmaydi. Masalan, “
umuman kitob” tushunchasi
xususiy, yakka, alohida kitoblar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka kitob
“umuman kitob”ning voqelanishi, muayyanlashuvidir. UMIS va AHVOni farqli
belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval):
1-jadval
UMIS
AHVO
Nomoddiy
Moddiy
Ma’ruza matnlari.
10
Takror
Betakror
Chekli
Cheksiz
va h.
Buni quyidagicha sharhlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: