Ma’ruza matnlari


O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida bilishning o‘rni



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

3. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida bilishning o‘rni.   
Bilishning  ikki  zaruriy  bosqichi  o‘zbek  tilshunosligi  taraqqiyotiда  ham 
o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. 
O‘zbek  tilshunosligi  (XX  asrning  20-yillaridan  80-yillarigacha)  amaliy 
bosqichni  bosib  o‘tdi.  Bu  davrda  amalga  oshirilgan    ishlar  quyidagilardan 
iborat edi:  
1) tilning sathlarini, tilshunoslikning bo‘limlarini aniqlash; 
2) har bir sathga doir birliklarni chegaralash; 
3) birliklarning sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan alomatlarini yoritish.  
Masalan,  fonetikada  hozirgi  o‘zbek  tilidagi  6  ta  unli,  24  ta  undosh 
aniqlanib,  ularning  bevosita  sezgi  a’zolariga  ta’sir  qiluvchi  xossalari  (nutq 
a’zolarining 
harakati, 
tovushlarning 
eshitilishi, 
cho‘ziq/qisqaligi, 
baland/pastligi,  kuchli/kuchsizligi  kabilar)  o‘rganildi.  Biroq  har  bir 
tovushning  mohiyati,  ya’ni  substantsiyasiga  bu  zohiriy  belgilar  qay  darajada 
daxldor  degan  muammo  keyinchalik  –  nazariy  o‘rganish  jarayonida  – 
fonemalarning  variant-invariantlik  muammosi  ostida  tadqiq  qilindi.  Har  bir 
tovushning mohiyati nazariy bosqichda ochib berildi. 
Bunday  holatni  morfologiyada  ham  kuzatish  mumkin.  Bunda  so‘z 
turkumlari,  har  bir  turkumga  xos  grammatik  shakllar  aniqlandi.  Grammatik 
shaklning zohiriy belgilari – so‘zlarga qo‘shilish, ularni biriktirish jarayonidagi 
aniq  sezilib  turuvchi  ma’no  va  vazifalari  –  nutqiy  xususiyati  tadqiq  qilindi. 
Masalan,  har  bir  kelishikning  20  dan  50–60  tagacha  ma’nosi  ajratilib, 
tavsiflandi.  Bu  ma’nolarni  yanada  ko‘paytirish  mumkin  edi,  zero  hodisalar 
cheksizdir. Quyidagi misollarga diqqat qiling: 
Gulnoraning kitobi 
Gulnoraning opasi 
Gulnoraning uyi 


Ma’ruza matnlari.  
 

Gulnoraning yig‘isi.  
Bunda fahmiy (empirik) yondashuv qaratqich kelishigining “qarashlilik”, 
“mansublik”,  “egalik”,  “bajaruvchi”  kabi  ma’nolarini  farqlashni  taqozo  qiladi 
(qatorni yana davom ettirish va ma’nolar sonini ko‘paytirish mumkin). Bular – 
zohiriy  ma’nolar,  nutqiy  hodisalar.  Empirizmda  mohiyatga  tomon  bundan 
chuqurroq  borish  talab  qilinmaydi.  Nazariy  o‘rganishda  kelishikning  har  bir 
qo‘llanishidagi  farqlardan  “ko‘z  yumilib”,  ular  zamiridagi  umumiy  jihat 
qidiriladi. Keltirilgan kelishikli birikmalardagi farqlarning (kitob), (opa), (uy), 
(yig‘i) va boshqa so‘zlar ta’sirida ekanligini nazariy yo‘l bilan aniqlaydi hamda 
shu asosda qaratqich kelishigining mohiyatini ochadi.  
Nazariy  o‘rganish  jarayonida  til  hodisalarida  zohiriy  (nutqiy)  va  botiniy 
(lisoniy)  jihat  izchil  farqlanadi.  Har  bir  birlik  yondoshlari  bilan  o‘zaro 
munosabatda  o‘rganiladi,  ular  bir  sistema  sifatida  qaraladi.  Masalan, 
yuqoridagi  misollarning  birinchisida  (Gulnoraning  kitobi)  qaratqich 
kelishigining  “qarashlilik”,  ikkinchisida  (Gulnoraning  opasi)  “mansublik” 
nutqiy  (xususiy)  ma’nolari  voqelangan.  Biroq  qaratqich  kelishigi  shaklining 
barcha  qo‘llanishi  uchun  umumiy  jihat  –  “oldingi  so‘zni  keyingi  so‘zga 
tobelash” ma’nosi bevosita sezgi a’zolari yordamida anglashilmaydi, balki ong 
bilan  idrok  etiladi,  shuning  uchun  u  lisoniy  ahamiyatga  ega.  Bu  umumiylik 
yuqoridagi  misollarda  “Gulnora  so‘zining  opa  so‘ziga  qaratuvchilik 
munosabatini  ifodalashi”,  “Gulnora  so‘zining  kitob  so‘ziga  qaratuvchilik 
munosabatini  ifodalashi”  tarzida  bevosita  kuzatishga  chiqqan,  sezgi  a’zosi 
bilan his qilinadigan qiymat kasb etib, xususiylashgan.  
Empirik yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. Masalan, 
a  unlisini  boshqa  unlisiz,  biror  zamon  yoki  kelishik  shakli  esa  boshqasidan 
ajratib,  uzib  o‘rganiladi.  Nazariy  o‘rganish  bosqichida  esa  ular  o‘z 
sistemadoshi (o‘zi bilan bir sistemaga kiruvchi) bilan yaxlitlikda tahlil etiladi. 
Har  bir  birlik,  deylik,  biror  unlining,  boshqa  sistemadoshi,  ya’ni  boshqa  unli 
bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan belgisi nazariyotchi tishunos 
uchun  belgilovchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Bitta  unlini  ajratib  olib  o‘rganish 
empirik  o‘rganish  deyiladi.  Бир  unlini  boshqa  unlilar  qurshovida  o‘rganish 
nazariy  o‘rganish,  sistem  yondashuv  deb  ataladi.  Nazariy  tilshunoslik  har 
qanday  birlikning  mohiyati  uning  boshqa  sistemadoshlariga  munosabatini 
chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan metodologiyaga tayanadi. Masalan, o 
unlisining mohiyati uning boshqa unlilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini 
aniqlash asosida ochiladi. Biror til birligining boshqa til birligiga o‘xshash va 
farqli  jihatlari  bo‘ladi.  Bu  munosabat  deyiladi.  Masalan,  bir  unlining  boshqa 
unlilarga  o‘xshashi  va  ulardan  farqlanishi  munosabat    termini  bilan 
baholanadi. Yoki bosh kelishik shaklining boshqa kelishiklarga o‘xshashligi va 
farqlanishi  “bosh  kelishikning  boshqa  kelishiklarga  munosabati”  deb 
tushuntiriladi.  Munosabatlardan  uzib  baholangan  narsa  haqidagi  bilimlar 
mavhum ва ziddiyatli bo‘ladi. 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish