Ma’ruza matnlari



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

 
Mustaqil o‘qish uchun 
Hikoyat 
Naql qilishlaricha, bir guruh ko‘rlar to‘dasi musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib 
qolishibdi.  Falakning  gardishi  bilan  ular  yana  o‘z  yurtiga  qaytib  kelishibdi.  Bu  yerda  bir  kishi 


Ma’ruza matnlari.  
 

ulardan:  "Filni  ko‘rdilaringizmi?"  —  deb  so‘rabdi.  Ular  "Ha",  —  deb  javob  beribdilar.  "Ko‘rgan 
bo‘lsangiz,    dalil  keltiring",  —  debdi  boyagi  kishi.  Ular  aslida  filni  ko‘rishmagan,  u  haqda  hatto 
yaxshi so‘rab ham olmagan edilar. Har biri filning bir a’zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib 
olgan edi, xolos. Shu sababli filning oyoqlarini ushlagan kishi fil sutunga o‘xshar ekan desa, qornini 
paypaslagani yo‘q, u besutun, dedi. Xartumini ushlagani fil ajdahoga o‘xshash bir narsa ekan, desa, 
tishlarini bayon qiluvchi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug‘idan xabar bergan kishi 
filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo‘li bilan filning boshini paypaslagan kishi uni bir qoyaning 
tumshug‘i deb sharh qildi. Filning qulog‘iga qo‘l tegizgan kishi qimirlatib turgan ikki yelpug‘ichga 
o‘xshatdi. Ularning barchasi shu tariqa ko‘rlik yuzasidan turli so‘zlar aytdilar. Garchi ular aytgan 
so‘zlarning  barchasi  to‘g‘ri  bo‘lsa-da,  nuqsonli  edi,  zero  ularda  tartib  mavjud  emas  edi.  Shuning 
uchun  ham  filbonlik  sohasida  ustod  hisoblangan  yetuk  faylasuf,  asli  hind  naslidan  bo‘lgan  kishi 
ular aytgan so‘zlarni tinglab, naql qilganlarga ta’na so‘z aytmadi va shunday dedi:  
— Har bir kishi fil haqida  o‘zi bilganini aytib, u  haqda nishon berdi. Ular bir-birlariga zid 
fikrlarni aytgan bo‘lsalar-da, kechirarlidir. Chunki har biri o‘z bilganicha so‘z aytdi, ammo hech biri 
filni  ko‘rgan  emas  edi.  Ular  aytgan  bu  sifatlarning  barchasi  bir  yerga  jam  qilinsa,  fil  haqida 
muayyan tasavvur hosil bo‘ladi. 
Uzoqni  ko‘ruvchi  kishiga  bu  aniq  bo‘lgani  uchun  kkilanmasdan  ko‘rlar  aytgan  barcha 
so‘zlarni chin deb baholadi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish