Ma’ruza matnlari.
4
qo‘yilayotgan takroriylikdan xolilik va uzviy aloqadorlik talabi asosida
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv predmeti o‘z zimmasiga oldi.
XX asrning oxirgi choragida davr, maqsad va vazifalar tubdan o‘zgardi,
tilshunoslik, ijtimoiy ehtiyoj natijasi o‘laroq, sistem-struktur tahlil usullariga
o‘tdi, o‘zbek tilida lison va nutqni izchil farqlash asosida tilimizning lisoniy
sistemasi – lisoniy birliklari va munosabatlarini tadqiq qilish – lisoniy
imkoniyatlarni ochish ustuvorlashdi. Tilga tafakkurni shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi, nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakl va ko‘rinishlarda
voqelanadigan, har bir voqelanish ko‘rinishi o‘ziga xos maqsad va vazifalarga
ega bo‘lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida munosabatda bo‘lish kuchaydi.
Shuning uchun ushbu darslikda o‘zbek tilini sistem-struktur usul asosida
o‘rganadigan nazariy tilshunoslikning milliy ko‘rinishi – substansial yo‘nalish
xulosalari aks etganligi sababli u an’anadagidan farqli ravishda “Hozirgi
o‘zbek tili” degan nom oldi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida filologiya bakalavri uch yo‘nalishda
tayyorlanmoqda:
1) nazariy
filologiya;
2) pedagogik filologiya;
3) amaliy filologiya.
Mamlakatimizda bu yo‘nalishlardan nazariy va pedagogik filologiya
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Nazariy filologiya bakalavri, asosan, ilmiy tadqiqot sohasiga
yo‘naltirilganligi bois, ular til strukturasi bilan tanishtiriladi. Shuning uchun
ham o‘zbek tili bo‘yicha filologiya bakadavriatida o‘zbek tili “Hozirgi o‘zbek
tili” mazmunida o‘qitiladi. Pedagogik filologiya yo‘nalishida esa ixtisoslik
xususiyatdan kelib chiqqan holda o‘zbek tili adabiy meyorlarining ilmiy
asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursi o‘tilishi
rejalashtirilgan. “Hozirgi o‘zbek tili” va “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv
predmetlarini shu yo‘sinda farqlamoq lozim. Alohida ta’kidlash kerakki,
o‘zbek tili strukturasi talqini adabiy til birliklari asosida olib borilishi ham
mantiqan to‘g‘ri. Zero, har qanday lisoniy struktura til birliklarining adabiy
variantlari asosida tushuntirilishi ta’lim oluvchilarning turli sheva vakillari
ekanligidan kelib chiqadi.
Hozirgi o‘zbek tili substansial yo‘nalishdagi tadqiqotlar H.Ne’matov,
A.Abduazizov, E.Begmatov, Sh.Bobojonov, O.Bozorov, I.Madrahimov,
N.Mahmudov, B.Mengliyev, S.Muhamedova, M.Narziyeva, G.Ne’matova,
A.Nurmonov, Sh.Orifjonova, Sh.Rahmatullayev, R.Rasulov, R.Safarova,
B.Qilichev, S.G‘iyosov, N.Shirinova, Z.Yunusova, N.Vohidova kabi tilshunoslar
tomonidan olib borilgan.
O‘zbek
substansial
tilshunosligi
A.Fitrat,
A.G‘ulomov,
yetuk
namoyandalari va takomillashtiruvchilari F.Abdullayev, G‘.Abdurahmonov,
M.Asqarova, O.Azizov, A.Borovkov, A.Hojiyev, S.Ibrohimov, F.Kamolov,
S.Karimov, A.Kononov, M.Mirtojiyev, M.Mirzayev, A.Muxtorov, R.Qo‘ng‘urov,
I.Rasulov,
V.V.Reshetov,
U.Tursunov,
F.Ubayeva,
S.Usmonov,
Ma’ruza matnlari.
5
Sh.Shoabdurahmonov
kabilar
asoschilari
bo‘lgan
o‘zbek
formal
tilshunosligining bevosita davomidir va unga asoslanishi sababli reallik,
obyektivlik – lisoniy birliklarning nutqiy voqelanish ko‘rinishlari va
xususiyatlari tavsifida 1950–80-yillarda amalda bo‘lgan darslik va
qo‘llanmalarga tayanadi.
“Hozirgio‘zbek tili” fanining maqsadi o‘zbek tili substansial
xususiyatlarining hozirgi holatini lison va nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan
tavsiflashdan iborat.
Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida o‘zbek tili qurilishini
yoritishda lisoniy birliklarga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va
ularning voqelanishi natijasida hosil bo‘lgan nutqiy birliklarga alohidalik,
hodisa, voqelik, oqibat (AHVO) sifatida munosabatda bo‘linadi.
UMIS va
AHVO
tushunchalari sun’iy qisqartmalar emas, balki o‘ta muhim ilmiy-falsafiy va
metodologik umumiylik, ta’lim oluvchini ashyoviy fikrlashdan uzib, unda
dialektik tafakkur malakalarini hosil qildirishning muhim vositalaridan.
Gnoseologiya (bilish nazariyasi)dan ma’lumki, xususiylik umumiylikka
(demak, alohidalik/xususiylik umumiylikka, hodisa mohiyatga, voqelik
imkoniyatga, oqibatsababga) nisbat berilmaguncha, u ta’riflangan,
tavsiflangan, o‘rganilgan deb sanalishi mumkin emas. Shuning uchun lisoniy
imkoniyatlar tilshunosligi bo‘lgan substansial tahlilda bular yuksak
umumiylikka ega bo‘lgan kategorial tushunchalar sifatida juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: