UMISning nomoddiyligi va AHVOning moddiyligi. “Umuman kitob”
UMIS sifatida ongda mavjud. U o‘zida yakka, alohida kitoblarning barcha
umumiy belgilarini mujassamlashtirgan va farqli jihatlarini chetda qoldirgan.
Masalan, bir kitob badiiy, ikkinchisi esa ilmiy, uchinchisi rasmiy, to‘rtinchisi
esa ilmiy-ommabop. Bu farqli jihatlar “kitob” UMISida aks etmaydi. “Kitob”
UMISida barcha kitoblar uchun umumiy bo‘lgan jihatlar to‘planadi. AHVO
moddiy, u kishi sezgi a’zolariga ta’sir qiladi – biz uni segi a’zolarimiz orqali his
qilamiz.
Bayt:
Seni topmoq base mushkul, vale topmaslig‘ osonkim,
Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.
(Alisher Navoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |