Suvning «chegara» qatlami va uzoqroqdagi qatlamlar tezligidagi farq gavdaning oqish
xarakterini o'zgartirishi bilan birga suv sathini ham o'zgartiradi. Gavda ortida suvning uyurmasimon
harakati vujudga keladi, bu harakat oqishga qulay «sigara» formasidagi gavdalarga ham ta'sir etadi.
Bosim qarshiligi va ishqalanish qarshiligi gavda-qomat tuzilishi xarakteriga ham bog'liq. Gavda shakli
uyurma qarshiligining kelib chiqishiga ta'sir qiladi. Shuning uchun ba'zida uni qomat qarshiligi, deb
Harakatlanayotgan gavda oldida katta bosim hosil bo'ladi. Suv oqimi gavda yuzasidan yuqori
tezlikda uzoqlashgani uchun orqadagi bosim pasayadi. Shunday qilib bosimlar o'rtasida farq hosil
bo'ladi. Past bosimli bo'shliqning to'ldirilishi uyurmasimon harakatni vujudga keltiradi. Gavda ortida
hosil bo'lgan past bosimdagi bo'shliq tortish qobiliyatiga ega bo'lib, u qarshilikni kuchaytiradi.
Gavdaga qulay oquvchanlik formasini berib, orqadagi va oldindagi bosim farqini kamaytirish va
shu bilan birga uyurmasimon harakatni, qarshilik kuchini kamaytirish mumkin. Misol uchun, turli
formadagi gavdaga ta'sir ko'rsatuvchi, lekin ko'ndalang kesimi bir xil bo'lgan jismlarga bir xil tezlik
bilan ta'sir etuvchi suv qarshiligini olib ko'raylik. «Sigara» simon gavdaga suv qarshiligining ta'siri
dumaloq plastiikaga 30 marta va shu kesimdagi sharga 5 marta kam ta'sir qiladi.
19
Tajribada yo'g'on qavariq qismi bilan harakatlanayotgan qulay oquvchi narsaga qarshilik kam
ta'sir qilishi aniqlangan.
Eng qulay holat uzunasiga cho'zilgan gavda hisoblanadi. Qalinligining uzunligiga nisbati 1: 3
dan 1: 6gacha o'zgarib turishi mumkin. Ko'pgina suzuvchi mavjudotlarning formasi, jumladan akula,
baliq va boshqalar shunday. Lekin odam gavdasining formasi bu talabga unchalik javob bermaydi.
Biroq qo'l holatini o'zgartirib gavdaga ko'p yoki kam oquvchanlik formasini berish mumkin. Masalan,
qaytish devoridan depsinib suvda siljishni davom ettirayotgan suzuvchilarni kuzatish natijasida bu
holat qanday ro'y berishini aniqlash mumkin.
I va II razryadli suzuvchilarni kuzatish natijasida olingan o'rtacha ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki,
sirg'anish uzunligi quyidagi hollarda: qo'l gavda bo'ylab uzunasiga joylashganda-7,0 metr; bir qo'l
tepaga ko'tarilganda, boshqasi uzunasiga uzatilganda-8, 3 metr; ikkala qo'l ham yelka kengligida
oldinga uza-tilganda-9, 8 metr; qo'llar bosh ustida birlashganda-10, 4 metr bo'ladi. Depsinishdan
olingan sirg'anish uzunligini ko'rsatuvchi bu raqamlar, start olish va gavdaga to'g'ri oquvchanlik
formasini berish juda katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Gavda ayrim bo'laklarining tez harakatga kelishy ham girdob hosil bo'lishiga olib keladi. Kuchli
girdob asosan brass va chalqancha suzish usullarida hamda krol usulida suzganda qo'l va oyoqlarning
suv betidagi harakatidan vujudga keladi. Hozirgi zamon suzish texnikasi bu usullarda chuqurroq
harakatlar qilishga asoslangan. Oyoq harakatidan hosil bo'lgan girdob oldinga siljishga unchalik ko'p
ta'sir qilmaydi, chunki oyoq oxirgi zveno hioblanadi va gavda girdob hosil bo'lgan joydan chiqib
ketgan bo'ladi. Girdob qarshiligi-suzish tezligipi kamaytiruvchi asosiy sabablardan biridir. Shu
munosabat bilan suzishga o'rganishni boshlashda va keyin texnikani takomillashtirayotganda
suzuvchining suvda qulay va to'g'ri holat tutishiga ahamiyat berish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: