Statik suzish bo'limida ikkita qarama-qarshi kuch gavdaning og'irlik kuchi va suvning bosim
kuchi ta'siri ostida suzuvchi gavdasining muvozanatda bo'lishi ko'rib chiqilgan edi. Gavdaning joyidan
siljishi, tezligi va suvdagi joyini o'zgartirishi uchun ma'lum yo'nalishda va me'yorda qo'shimcha kuch
ishlatilishi kerak. Gavdaning tezligi unga ta'sir qiladigan kuchga to'g'ri proporsi-onal va uning
massasiga teskari proporsional bo'ladi. Bir xil kuch ta'sirida gavdasi kichikroq suzuvchilar kattaroq
tezlik oladilar. Odamning yurish va yugurish paytidagi siljishi oyoq bilan yer o'rtasidagi
ishqalanishdan yuzaga keladi, ya'ni odam harakatsiz qattiq yerdan oyoqlari bilan itariladi. Suzishda esa
qattiq tayanch yo'q. Suzuvchi suvga botgan qo'l va oyoqlari bilan harakat qiladi, ular xuddi eshish
vinti, eshish g'ildiragi va boshqa harakatlanuvchi muruvvatlarning Hara-kat prinsipi asosida ishlaydi.
Qo'l va oyoqlar bilan itarish paytida o'rab turgan suvning eshish yuzasiga ta'sir etuvchi reaksiya kuchi
paydo bo'ladi. Mexanika qonunlariga binoan eshuvchiga eshilgan suv tomonidan gavdani harakatga
21
keltiruvchi, qarama-qarshi tomonga yo'nalgan gidrodinamik kuch ta'sir qiladi. Natijada gavda
harakatlanadi. Eshish paytida hosil bo'ladigan kuchlarni o'rganish uchun Har bir kuchni alohida tahlil
qilamiz. Suzuvchi hovuzga nisbatan joyini o'zgartiradi, uning qo'l va oyoqlari gavdaga nisbatan
aylanuvchi harakatlarni bajaradi. Bunda oyoq va qo'llarning oxirgi nuqtalari, aylanish o'qiga yaqin
joylashgan (yelka va chanoq-son bo'g'imiga yaqin) a'zolarga qaraganda katta tezlikka ega! bo'ladi. Shu
bilan bir vaqtda oyoq va qo'llar ma'lum darajada hovuzga nisbatan harakatlanadi. Bundan tashqari
eshish harakatlari suzishning hamma usullarida bukilgan qo'l va oyoq bo'g'imlari orqali Har xil
tezlikda bajariladi. Bu holat harakatdagi kuchlarni tahlil qilishni yanada qiyinlashtiradi. Shunday qilib,
1 harakatlarning murakkab sistemasi vujudga keladi. Biroq, suzuvchining x. ovuzdagi harakatining
(ko'chma harakat) va oyoq-qo'llarning (gavdaga) suzuvchiga nisbatan (nisbiy) harakatining
qandayligini bilgan holda oyoq va qo'llarning bo'shliqdagi joyining (absolyut harakatini) o'zgarishini
aniqlash qiyin emas. Shuning uchun suzuvchi gavdasi kirishuv harakatlarini bajarmagani holda (bir
joyda turib) qo'llarni bukmasdan bajaradigan eshish harakatlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Agarda parallelogramm qoidasiga binoan suvda qo'lni aylanma harakatidan hosil bo'lgan samarali
kuchlarni ko'radigan bo'lsak gavda o'qi bo'ylab uzunasiga yo'nalgani tortish kuchi bo'ladi, yuqoriga
yo'nalgani ko'taruvchi kuch, agar u pastga yo'nalgan bo'lsa, uni kutiruvchi kuch deb atash maqsadga
muvofiq. Suvda qo'lning to'g'ri aylanma harakatiga qarab turib shuni kuzatish mumkinki, harakatning
birinchi yarmida sekin-asta ko'taruvchi kuch kamayadi, ikkinchi yarmida esa cho'ktiruvcha kuch oshib
boradi. Eshish harakatining boshida va oxiridagi uncha katta bo'lmagan tortish kuchi uning o'rtasida
maksimal darajaga yetadi. Gorizontal holatda eshilganda tortish kuchi o'z holida qolib, ko'taruvchi va
cho'ktiruvchi kuch o'rniga eshishning boshida gavdani qo'ldan chetlashtiradigan va eshishning oxirida
gavdani qo'lga yaqinlashtiradigan kuchlar paydo bo'ladi. Kuchlarning bunday taqsimlanishi oyoq
harakatlarida ham hosil bo'ladi. Demak, bir joyda bir xil tezlikda qo'l bilan zshganda suzuvchining
oldinga siljishiga imkon beradigan tortish kuchi va gavdaning ko'taruvchi yoki cho'ktiruvchi kuchlari
yuzaga keladi. Ko'taruvchi yoki cho'ktiruvchi kuchlar oldinga siljishga hech qanday yordam bermaydi,
shuning uchun bu kuchlar miqdorini, ayniqsa, suzuvchn uchun zararli bo'lgan cho'ktiruvchi kuchni
kamaytirish kerak. Ko'taruvchi kuchni ko'paytirish, ayniqsa cho'ktiruvchi kuchni kamaytirish uchun
suzuvchilar qo'l va oyoqlarni bo'g'imlaridan bukishadi.
Shunday qilib, eshishning boshidagi kul harakatlarida kaftning bilakdan bukilishi ko'taruvchi
kuchni kamaytirib, tortish kuchini oshiradi. Eshishning oxirgi pallasida panjalarning ichkariga
bukilishi cho'ktiruvchi kuchni kamaytiradi va tortish kuchini saqlaydi. Eshish pantida qo'lning bilak
bo'g'imlaridan bukilishi panja va bilakni shunday joylanishiga olib keladiki, natijada tortish kuchini
yaratuvchi qulay sharoit tug'iladi. To'g'ri qo'l bilan eshish foydali emas, chunki bunda katta muskul
kuchlanishi talab qilinadi va uni yetarli darajada tortish kuchini hosil qila olmaydi. Itarilgan (surilgan)
suv massasi va uni tezlatuvchi omil-suzuvchining tezligi qancha ko'p bo'lsa, ko'taruvchi kuch miqdori
shuncha yuqori bo'ladi. Eshilgan suv massasining miqdori yuzaning kattaligiga va uzunligiga,
tezlanish esa eshish tezligiga bog'liq. Eshilgan suv massasining tezlikka ko'paytmasi «harakat
miqdori» deyiladi. Suzish tezligini oshirish uchun «harakat miqdorini» ko'paytirish muhim ahamiyatga
ega. Bunga erishish uchun birinchidan, dastak yelkasi ni kengaytirish, ikkinchidan, eshnsh tezligini
oshirish va, uchinchidan, eshuvchi yuzani kengaytirish hisobiga erishiladi. Dastak yelkasini
kengaytirish maqsadga muvofiq emas. Chunki harakatning hamma fazalarida ham oshib borayotgan
muskul kuchlanishida bu kengayish qoniqarli natija beravermaydi. Qo'l bilan eshishning boshida va
oxirida, oz miqdorda oldinga siljishga yordam beruvchi kuch paydo bo'ladi. Eshuvchi yuzaning
kengayishi suzuvchining oldinga siljishini qulaylashtiradi. Buni oyoqlarga panja kiyib va maxsus
qo'lpoq kiyib (qo'l panjalari orasidagi tarang tortilgan rezina pardalar) suzishda ko'rish mumkin: bu
moslamalar bir maromda suzishda tezlikni oshiradi. Nihoyat, dastak yelkasini kamaytirib eshuvchi
yuzani saqlagan holda, eshish tezligini oshirish hisobiga «harakat miqdorini» ko'paytirish mumkin.
Yuqori suzish texnikasida bu (harakat miqdori) o'z texnikasini takomillashtirayotgan sportchilarga
natijalarni yaxshilashga yordam beradi.
Suzuvchn bajarayotgan harakat texnik jihatdan to'g'ri bo'lsa tortish kuchi kamayadi. Odatda qo'l
va oyoqlarning harakat tezligi suzuvchining suzish tezligidan ustun turadi. Bu tezlik o'rtasidagi farq
qancha katta bo'lsa, tortish kuchi shuncha yuqori bo'ladi. Ba'zan kirishish (suzish) harakat tezligi
suzuvchiga xos bo'lgan odatdagi suzish tezligidan yuqori bo'lsa tortish kuchi bo'lmasligi mumkin.
Misol uchun suzuvchining oldinga siljish tezligi qo'l va oyoqlarni aylanish tezligidan yuqori bo'lgan
22
paytda startdan keyin yoki burilishdan keyin qo'l bilan eshishdan hosil bo'ladigan tortish kuchini ko'rib
chiqamiz. Bu paytda qo'l tortish kuchini rivojlantirmasdan gavdaning oldinga siljishini ham to'xtatib
qo'yadi. Ro'paradan bo'ladigan qarshilik kuchi qo'l va oyoqlarning harakatsiz yuzasiga ta'sir qiladi va
bu kuch ta'sirida qo'l salbiy sirg'anish, deb nomlangan aylanma harakatlarni qilishga intiladi. Shunday
kilib bajarilayotgan ishda maksimal samaraga va harakatning eng yuqori foydali koeffisiyentiga
erishmoq uchun Har bir suzuvchi o'zi uchun yuqori sport natijasini ta'minlovchi qo'l-oyoq tezligini
tajriba yo'li bilan belgilab olishi kerak. Murabbiy va sportchi bunga erishishi uchun suv va gavdaning
o'zaro ta'sir qonunini bilishi, shuningdek katta tajribaga ega bo'lmog'i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: