SUVNING QARSHILIGI
Odam gavdasi harakatlanishi natijasida uning siljishiga to'sqinlik qiladigan kuch hosil bo'ladi.
Suvning qarshilik kuchi deb nomlangan bu kuch gavda harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda ta'sir
qiladi. Qarshilik kuchi suvning zichligi, gavda o'lchami va shakliga bog'liq bo'lib, suzish tezligi oshgan
sari osha boradi.
Suzishda qarshilik kuchining miqdori doimiy emas: bu kuch harakat fazasi, suzish usullari va
suzuvchn gavdasining holatiga bog'liq holda o'zgaradi. Olingan ma'lumotlardan shu narsa ko'rinib
turibdiki, agar tezlik 1 mG'sek bo'lganda qarshilik kuchi 3, 3 kg dan 5, 4-7, 7 kg gacha yetadi.
Suzuvchi oyoq-qo'llarini uzatib, gorizontal holatda yotganida bu kuch kamayadi va oyoq-qo'llar
harakatga kelib, gorizontal holat o'zgarganda ko'payadi. Gavda o'zgaruvchan tezlik bilan
harakatlanganda qo'shimcha kuch paydo bo'ladi. Bu kuch gavda massasi va «suvning qo'shilgan
massasi» deb ataluvchi, gavda harakati natijasida harakatlanadigan suv massasidir. U tezlikka bog'liq
holda oshadi yoki kamayadi.
Tezlikning o'zgarishini sportcha suzishning delfin va brass usullarida yaqqol ko'rishimiz
mumkin. Bu usullar bilan suzganda qo'l va oyoqlarning eshish harakati vaqtida katta-2, 5 mG'sek va
undan yuqori tezlikka erishiladi, tayyorgarlik harakatlari vaqtida esa bu tezlik (0, 5 mG'sek va undan
ham past) pasayadi.
Suzuvchi gavdasining suvda harakat qilishiga, to'sqinlik qiluvchi suvning qarshilik kuchi
ishqalanish, girdob va to'lqin qarshiliklaridan tashkil topadi. Suzish paytida odamga ishqalanish kuchi
ta'sir qiladi. Bu kuch suyuqlik bilan tutashgan tananing tashqi holatiga, harakat tezligiga, shuningdek
suvning xususiyatlari, gavdaning o'lchami va formasiga qarab farqlanadi. Suvning yopishqoqligi
natijasida suvning tanaga tutashgan «chegara» qatlami deb nomlangan joyi gavda sathida
sirpanmasdan, unga «yopishganday» bo'lib, gavda harakati tezligida muayyan harakatlanadi. Urtasida
yopishqoqlik kuchi bo'lgan qo'shni qatlamlar bir-biriga nisbatan sirpanishadi, lekin gavda sathidan
uzoqlashish darajasiga qarab, ularning tezligi sekin-asta so'na boradi. Gavda bilan ergashib ketgan suv
massasiga suzuvchi quvvatining bir qismi samarasiz sarflanadi. Gavdaning Har xil notekisliklari
ishqalanish kuchini oshiradi. Qalin materialdan tikilgan plavka, kalta ishton va cho'milish kostyumlari
ham suzish tezligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun yuqori malakali suzuvchilar yupqa atlasdan
yoki kaprondan tikilgan sport kostyumlarini kiyib suzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |