Сузиш спорти турларига умумии характеристика



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/67
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#251563
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
suzish va uni oqitish uslublari

 


 

17 


GAVDA MUVOZANATI 

Suzishda gavda muvozanatini saqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, suv yuzida 

qalqib turgan suzuvchining gavdasi hamma vaqt gorizontal va turg'un muvozanatda bo'lmaydi. Bunga 

sabab  suyak,  muskul,  pay  uncha-muncha  ёg'  to'qimalaridan  iborat  oyoq-qo'llarning,  ya'ni  gavda  quyi 

qismi  solishtirma  og'irligining  o'pka  joylashgan  gavda  yuqori  qismining  solishtirma  og'irligidan 

ko'pligidir.  Shuning  uchun  suzuvchi  suvda  qo'llarini  gavda  bo'ylab  uzatib  yotarkan,  chanoq  yaqiniga 

joylashgan  og'irlik  markazi,  ko'krak  qafasiga  yaqin  joylashgan  bosim  markazidan  (suzuvchanlik 

markazi)  2-6  santimetr  uzoqlikda  bo'ladi.  Shu  bilan  birga  bosim  markaziga  joylashgan  va  yuqoriga 

itaruvchi  suvning  bosim  kuchi,  og'irlik  markaziga  joylashgan  va  pastga  yo'nalgan  gavdaning  og'irlik 

kuchi bilan qo'shilib qo'sh kuchni hosil qiladi, natijada gavda o'zining ko'ndalang o'qi atrofida aylana 

boshlaydi. Bu holat oyoqning pastga tushishi bilan birga bosim markazi og'irlik mrkazidan yuqorida va 

bir  vertikal  to'g'ri  chiziqda  joylashguncha  davom  etadi.  Suv  betida  ko'krakda  yoki  chalqancha  yotib 

gavdaning  gorizontal  holatini  saqlash  uchun  qo'lni  bosh  uzra  oldinga  cho'zish  kerak.  Qo'l  holatining 

yetarlicha  uzatilmaganligi  natijasida  og'irliklik  markazini  gavdaning  ko'ndalang  o'qi  bo'ylab  bosim 

markaziga yaqinlashtiradi. Gavdaning va qo'l-oyoqlarning yetarlicha uzotilmaganligi natijasida og'irlik 

va bosim kuchi ko'ndalang o'q atrofiga joylashadi, bu esa gavdaning uzunasiga joylashgan o'qi atrofida 

aylanma  harakatni  hosil  qiladi.  Qo'l  yoki  oyoqni  suvdan  ko'tarish  natijasida  gavda  bir  tomoni  bilan 

aylana  boshlaydi.  Suzuvchining  qo'l-oyog'i,  boshining  holati,  og'irlik  va  bosim  markazi  bir-biriga 

nisbatan turlicha joylashishi mumkin va bu holat gavdaning suvdagi suzuvchanligiga ta'sir ko'rsatadi. 

Shuning  uchun  qismlarning  har  qanday  o'zgarishi  turg'un,  muvozanat  vaziyatidagi  gavdaga  darrov 

ta'sir etadi.  

Urtacha  solishtirma  og'irlikka  ega  bo'lgan  kishilarga  muvozanat  holatini  saqlash  oson,  chunki 

suvning  yuqoriga  itaruvchi  kuchi  og'irlik  kuchidan  katta  bo'ladi.  Yuqori  solishtirma  og'irlikka  ega 

bo'lgan  kishilarda  buning  aksini  kuzatish  mumkin.  Ko'pchilik  odamlar  gavdaning  gorizontal  holatini 

faqat  sirg'anish  orqali saqlashadi,  depsinishdan olingan sirg'anish  tezligi  so'nishi bilan oyoqlar sekin-

asta suvga bota boshlaydi. Bu sirg'anish paytida hosil bo'lgan ko'taruvchi kuchning gavdaga ta'sirining 

so'nishi bilan xarakterlanadi. Suv yuzida yotgan odam siljimasdan turib gavdaning biror bo'lagi joyini 

o'zgartirmoqchi  bo'lsa,  muvozanat  buziladi  va  turg'unlik  yo'qoladi.  Oyoqni  ko'tarib  tushirish  bilan 

siqilgan hajm formasi o'zgaradi, bu gavda muvozanat holatining buzilishiga olib keladi. Demak, bosim 

markazining  holati  og'irlik  markaziga  nisbatan  o'zgaradi.  Harakat  apparatlarining  (oyoqlarning)  aktiv 

harakatidan  hosil  bo'ladigan  quvvat  hisobiga  gavdaning  barqarorligi  yaxshilanadi.  Suzishni  yaxshi 

bilmaydigan  kishilarda  gavdaning  gorizontal  holatini  saqlash  uchun  ko'p  muskul  kuchlanishi  talab 

qilinadi.  


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish