Сузиш спорти турларига умумии характеристика



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/67
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#251563
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
Bog'liq
suzish va uni oqitish uslublari

 

SUVNING KUTARUVCHI KUCHN 

Suzuvchi  gavdasining  harakatga  kelishi  suvning  ko'taruvchi  kuchini  hosil  qiladi.  Ko'taruvchi 

kuch  hovuz  devoridan  (yoki  tubidan)  depsinib  sirg'anish  paytida  va  asosan  oyoq  hamda  qo'llarning 

eshish  harakatlari  yordamida  hosil  bo'ladi.  Harakatdagi  gavda  suv  sathiga  nisbatan  qiya  (gavdaning 

yuqori qismi pastki qismidan yuqorida) joylashgan bo'lsa, u holda suv oqimini tash-kil etuvchi ikkita 

(vertikal  va  gorizontal)  kuch  gavdaga  ta'sir  qiladi.  Gorizontal  kuchgavda  harakatining  yo'nalishiga 

nisbatan  qarama-qarshi  tomonga  yo'nalgan  ro'paradan  bo'ladigan  qarshilikni,  ikkinchisi  vertikal 

yo'nalishdagi ko'taruvchi kuchni hosil qiladi. Bu kuchlar (ko'taruvchi kuch) hujum burchagiga bog'liq 

holda  o'zgaradi.  Hujum  burchagi  deyilganda  gavdaning  bo'ylama  o'qi  bilan  harakat  yo'nalishiga 

o'tkazilgan to'g'ri chiziq o'rtasida hosil bo'lgan burchakni tushunamiz.  

Hujum  burchagi  ikki  xil-ijobiy  va  salbiy  bo'lishi  mumkin.  Agar  harakatdagi  gavdaning  yuqori 

qismi  pastki  qismidan  (suv  sathiga  nisbatan)  yuqori  joylashgan  bo'lsa,  bunda  hosil  bo'lgan  hujum 

burchagi  ijobiy  bo'lib  ko'taruvchi  kuch  hosil  bo'ladi.  Harakatdagi  gavda  aksincha  joylashganda 

(startdan,  burilishdan  so'ng  sho'ng'iganda)  hujum  burchagi  salbiy  bo'lib  cho'ktiruvchi  kuch  hosil 

bo'ladi.  Ko'taruvchi  kuch  ro'paradan  bo'ladigan  qarshilik,  harakat  tezligi,  gavda  forma-si  va  o'lchami 

suv sathiga nisbatan joylanishiga bog'liq holda o'zgaradi. Masalan, gorizontal holatda joylashgan silliq 

plastinkani  bir  xil  tezlikda  harakatlantirilsa  ko'tarish  kuchi  nolga  teng  bo'lib,  ro'paradan  bo'ladigan 

qarshilik uncha katta bo'lmaydi. Hujum burchagining kengayishi bilan ro'paradan bo'ladigan qarshilik 

sekin-asta oshib boradi va 90 daraja burchak ostida o'zini maksimal darajasiga yetadi. Ko'tarish kuchi 

to 30 daraja burchakkacha o'sib, pasayadi va 90 daraja burchak ostida yana nolga teng bo'ladi. Bunday 

qonuniyatni odam suzayotganida ham kuzatish mumkin.  

Suzishda hujum burchagi  nol  darajadan 10 darajagacha tebranib  turishi  aniqlangan.  Bu harakat 

tezligi,  suzish  usuli  va  odamning  suzuvchanligiga  bog'liq  holda  o'zgaradi.  Hujum  burchagining 

kattaligi ko'tarish kuchini bir qadar ko'paytiradi, lekin harakat tezligini kamaytiruvchi qarshilik kuchini 

oshirib qo'yadi. Buning noqulayligi qo'l va oyoq harakatlari natijasida hosil bo'ladigan ushlab turuvchi 

va  ko'taruvchi  kuch  hisobiga,  suzuvchi  gavdasining  yuqori  va  to'g'ri  holatini  saqlash  uchun  ko'tarish 

kuchining  yetarli  bo'lishi  hisobiga  yuz  beradi.  Shuning  uchun  ko'pgina  kuchli  suzuvchilar  suvda. 

gavdani gorizontal, ozod va tabiiy holatini saqlashga intiladilar.  




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish