Сузиш спорти турларига умумии характеристика



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#251563
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
suzish va uni oqitish uslublari

 

TO’LQIN QARSHILIGI 

Odam  suvda  harakatlanar  ekan  to'lqin  qarshiligi  vujudga  keladi.  harakatlanayotgan  gavda 

suyuqlikda  yuqori  bosim  hosil  qiladi,  buning  ta'siri  ostida  suzuvchi  atrofini  o'rab  turgan  suvning  bir 

qismi qisiladi va umumiy suv sathi yuqori ko'tariladi. Natijada ko'ndalang va uzunasiga ketgan to'lqin 

hosil bo'ladi, ular gavdadan ikki tarafga ma'lum burchak ostida, oldinga siljish tezligiga bog'liq holda 

tarqalib ketadi. Gavda siqib chiqargan suv inersiya qarshiligini paydo qiladi. Suzuvchi bu qarshilikni 

yengish  uchun o'z-ensrgiyasining talay qismini sarf qiladi.  Qo'l  vo oyoqlarning suv  betiga tegishidan 

hosil  bo'ladigan  dumaloq  to'lqinlarni  yengishga  qo'shimcha  kuch  sarflanadi.  Suv  betidagi  harakatlar 

ham to'lqin qarshiligini kuchaytiradi. Suzuvchining tejamsiz harakati ko'p to'lqin hosil bo'lishiga sabab 

bo'ladi.  Buni  bir  vaqtda  ikkita  suzuvchi  tomonidan  masofani  krol  usulida  suzib  o'tpshda  kuzatish 

mumkin.  Ulardan  biri  suzishga  endi  o'rganayotgan  va  ikkinchisi  suzish  texnikasini  yaxshi  egallagan 

deylik.  Bir  xil  tezlikda  oldinga  siljishda  yangi  suzuvchi  ko'p  intensiv  harakatlar  qiladi,  suvni 

to'lqiylantirib,  sachratib  yuboradi.  Ikkinchi  suzuvchi  esa  harakatni  ancha  past  sur'atda  boshlaydi, 

hovuzning  silliq  sathini  buzmasdan  (hovuzdagi  suvni  to'lqinlantirmasdan)  suvni  yorib  ketganday 

suzadi.  Ayni  paytda  yuqori  malakali  suzuvchi  ancha  kam  kuch  sarflaydi.  Suv  tagida  suzishda  to'lqin 

qarshiligi  yo'q  bo'ladi  va  umumiy  qarshilik  kamayadi,  binobarin  oldinga  siljish  tezlngi  oshadi.  Brass 

usulida  suzuvchilarni  kuzatish  shuni  ko'rsatadiki,  agar  ular  start  olishdan  boshlab  va  burilish 

devoridan,  shuningdek  masofani  bosib  o'tish  jarayonida  sho'ng'isalar,  sport  natijalarini  yaxshilashlari 

mumkin.  

Hovuzda bir paytning o'zida bir necha kishi suzsa, to'qnash to'lqinlar sistemasi hosil bo'ladi. Bu 

harakatlarni suv betida ajratish qiyin, chunki to'lqin hovuz devoriga urilib, bir burchak ostida aks etadi, 

bir-biriga duch kelib, bir-birini qoplab (ko'mib) ketadi. Hovuzdagi tarang tortilgan po'kak yo'laklari bir 

suzuvchi  to'lqinining  ikkinchisiga  ta'sirini  kamaytiradi,  lekin  undan  qutulishning  iloji  yo'q.  Ayniqsa, 

to'lqin ta'siri chekka yo'laklarda va burilishlarda, asosan delfin va brass usulida suzganda katta bo'ladi. 

Agar  suzuvchi  masofani  bosib  o'tishda  o'zi  hosil  qilgan  to'lqindan  qutulib  ketsa  begona  to'lqin  uning 

oldinga  siljish  tezligini  pasaytiradi  va  nafas  olishini  qiyinlashtiradi.  Ayniqsa  suzuvchi  oldinda 

ketayotgan suzuvchining to'lqini qirrasiga tushib qolganda begona to'lqin ta'siri kuchliroq bo'ladi. Agar 

suzuvchiga  uzoq  vast  davomida  oldinga  chiqib  olishning  iloji  bo'lmasa,  u  oldinda  ketayotgan 

suzuvchining  chanoq  suyagini,  to'lqin  tarqalayotgan  chuqurlikni  mo'ljallab  suzishi  va  kerak  vaqtda 

oldinga chiqib olish uchun harakatni tezlashtirishi kerak.  




 

20 


To'lqinning  uzunligi  uni  qirralari  orasidagi  yoki  tubidagi  masofa,  harakat  tezligi  va  suvning 

chuqurligiga bog'liq. Hovuzning sayoz joylarida (asosan maydoni uncha katta bo'lmagan va kamsuvli 

hovuzlarda) to'lqin va uyurma ancha kuchliroq hosil bo'ladi. Sayoz hovuzlarda sport natijalarining past 

bo'lishi asosan shundan. Ko'pgina yuqori sport natijalari chukur suvlarda o'rnatilgan.  

Shunday qilib,  odamning  Har qanday jismoniy  faoliyati kabi  suzishda ham  qarshilik kuchining 

ta'siri  suzuvchi  organizmining  charchashiga  va  shu  bilan  birga  sport  natijalarining  pasayishiga  olib 

keladi.  Odam  gavdasi  bunday  kuch  ta'siridan  qutulishi  mumkin  emas.  Biroq,  suzuvchi  harakat 

tezligining oshishiga to'sqinlik qiladigan suv qarshiligini aktiv bartaraf qilishi va ta'sirini kamaytirishi 

mumkin.  Buning  uchun  u  qarshilik  kuchining  paydo  bo'lish  sababi  va  namoyon  bo'lishidan  xabardor 

bo'lishi, gavdani keraksiz tebranishlardan saqlashi, boshni noo'rin ko'tarish va oyoqni tushirish, keskin 

harakat, tayyorgarlik harakatlari vaqtida qo'l va oyoqlarning ushlanib qolishidan qutulishi, harakat sikli 

ichida va masofalarda tezlikning o'zgarishini bilib turishi kerak.  




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish