Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
421
GLOBALLASHUV JARAYONIDA O’SMIRLARDA YUZAGA KELADIGAN
MUAMMOLAR VA ULARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI
Malika Olimovna Roziqova
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti
Kalit so`zlar: globallashuv, o`smir, inqiroz, ijtimoiy tarmoq,
agressiya,
depressiya.
Bugungi murakkab va shiddatli XXI asrda har birimiz, butun xalqimiz yosh avlod
tarbiyasiga har qachongidan ham jiddiy e’tibor qaratishimizni hayotning o`zi
barchamizdan talab etmoqda.
Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni
egallagan, sog`lom hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar
insonlar sifatida
tarbiyalash biz uchun hech qachon o`zining dolzarbligini yo`qotmaydigan masala
hisoblanadi. [1,295-296-b.]
Haqiqatdan ham bugun biz ilm-fan, axborot va innovatsion texnologiyalar
shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ya`ni globallashuv davrida yashayapmiz. Bu
davrda esa barkamol shaxs tarbiyasi har qachongidan ham dolzarbdir.
Globallashuv –
turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi o`zaro ta`siri va bog`liqligining keskin kuchayishidir.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining
asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak-bugungi
kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar,
balki jahon miqiyosida boshqa mintaqa va hududlar
bilan shunday chanbarchas
bog`lanib boryaptiki , biror mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy
natijalarga olib kelmasligini tushunish ,anglash qiyin emas. [2, 111-b.]
Albatta globallashuv jarayoning ijobiy tomonlari juda ko`p, lekin shu bilan birga
salbiy tomoni ham mavjud. Bugungi murakkab globallashuv
davrida har bir shaxs
axborot ta`siriga uchraydi. Afsuski bunday axborot oqimlarining aksariyat qismi
noqonuniy va ijtimoiy jihatdan salbiy mazmunga ega bo‘lgan axborotlardir. Bu kabi
axborotlar esa shaxs xulq-atvoriga, psixologiyasiga o’z tasirini ko`rsatib
bir qancha
muammolarni yuzaga keltiradi. Ta’kidlash joizki, Butunjahon Intеrnеt axborot tarmog‘i,
mobil aloqa tizimi, kompyutеr o‘yinlari, vidеo va kino mahsulotlari orqali «ommaviy
madaniyat» niqobi ostida milliy manfaatlarimiz, mafkuramiz, ma’naviy-axloqiy
qarashlarimizga yot zararli g‘oyalarni yoshlar ongiga
singdirishga urinishlar ham
kuzatilmoqda.
Тashqi ta`sirlarga juda ham beriluvchan bo`lgan o`smir o`g`il-qizlarga esa bugungi
tahlikali davrda alohida e`tabor berish zarur. Xo`sh nega endi boshqa yosh davrlariga
qaraganda aynan o`smirlik davriga bu davrda yuzaga keladigan muammolarga ko`proq
etibor qaratish zarur?
O`smirlik insonning balog`atga yetish davri bo`lib, o`ziga xos xususiyati bilan
kamolotning boshqa pog`onalaridan keskin farqlanadi. O`smirda ro`y
beradigan
biologik o`zgarishlar natijasida uning psixik dunyosiga tub burilish nuqtasi vujudga
keladi. Balog`at davriga 11 (12)- 15yoshli qizlar va o`g`il bolalar kiradilar .