Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
422
Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o`sish va jinsiy yetilish amalga oshadi. [3,124-
b.]
O`smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat - voyaga yetish yoki
kattalik hissining paydo bo`lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-
axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko`ngil ochish jarayonida,
xulq-atvorning tashqi shakllarida o`z ifodasini topadi. O`smir o`z kuchi va quvvati,
chidamliligini ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.
Bularning barchasi unda kattalik hissini rivojlantiradi. Unda g`ashga tegadigan
rahbarlikdan, o`rinsiz homiylikdan, ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g`amxo`rlikdan
xoli bo`lish istagi vujudga keladi. [3, 131-b.]
O`zini xuddi katta his qila boshlagan o`smir boshqalardan ham xuddi shunday
munosabat kutadi. Aslida esa o`smir bola emas ammo u katta inson ham emas. O`smir
o`zining hatti-harakatlarida o`zini imkoniyatlarini ko`rsatish, atrofdagilarga kuchini
ko`rsatib qo`yish, hayotda birovga tobe bo`lmay erkin yashay olishini isbotlash
kabilarni ko`rishimiz mumkin. Ammo ichki imkoniyatlarning yetarli emasligi, hayotiy
tajribalarning ozligi o`smirlarga pand beradi va mana shu paytda o`smir psixikasida
zo`riqish yuzaga keladi va yoshga oid inqiroz boshlanadi. Avvallari soddagina, yuvosh
ota-onasi yoki o`qituvchisi nima desa bajaradigan beozor bola butunlay boshqa
tomonga o`zgaradi. Gormonal o`zgarishlar natijasida bolada ovoz o`zgarishi, yuzda
husnbuzarlar chiqishi kuzatiladi va bu holat ko`pchilik o`smirlarda o`z tashqi
ko`rinishidan qoniqmaslik hissini uyg`otadi. Shu kabi omillar natijasida o`smirlarda
jizzakilik, asabiylik, tajanglik, depressiya va agressivlik kabi salbiy jihatlar yuzaga
keladi.
Yuqoridagi fikrlardan shuni anglash mumkinki o`smirlik davridagi organizmdagi
gormonal o`zgarishlar va buning natijasida yuzaga keladigan muammolar, o`smirlik
davri inqirozni keltirib chiqarish uchun yetarli hisoblanadi, buning ustiga tashqi muhit
ya`ni o`smir yashayotgan ijtimoiy muhitning yuqorida kaytilganidek globallashuvning
salbiy ta’sirlari natijasida esa o`smirdagi mavjud muammolar yanada chuqurlashadi va
eng yomoni bu o`smirlarda xulqiy og`ishlarga ham sabab bo`ladi. O`smir
psixologiyasini o`rgangan ko`plab tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki ularning
rivojlanishi jinsiy rivojlanish bilan izohlanadi. Jinsiy bezlar faoliyati kuchyishi
natijasida qarama-qarshi jinsga qiziqish ortadi.
O`smirlar jinsiy yetilish sirlarini 17 foizini ota-onalardan, 9 foizini
o`qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachidan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari
tog`risidagi ma`lumotlarni ko`cha-ko`ydan, o`rtoqlari va dugonalaridan eshitib bilib
oladilar. [3,125-b.]
Hozirgi kunda internet tarmoqlari orqali istalgan ma`lumot va axborotlarni bir
necha soniyada topib bilib olish mumkin, ijtimoiy tarmoqlar orqali xoxlagan turdagi
videolarni tomosha qilish mumkin. Internet tarmoqlaridan foydalanishda yetarli
darajada immunitet mavjud bo`lmagan o`smirlarda esa olingan ma’lumotlar ularning
hatti –harakatlarini jigallashtiradi, ba’zi o`smirlarda yakkalik olamiga berilish
boshlanadi. Fe`l atvorida ham salbiy illatlar paydo bo`ladi. Gohida esa o`smirlar orasida
axloqiy buzuqlik holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari o`smir o`gil bolalarda darsdan
keyingi bo`sh vaqtlarni kompyuter o`yinlarini o`ynash hollari ham ko`p
kuzatiladi.O`zida jangari va agressivlik ruhini mujassam etgan bu o`yinlar orqali
Do'stlaringiz bilan baham: |