Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

                                                                                             3.3-jadval 
Sifat menejmenti sistemasini joriy etish ishlarini bajarish metodlari va 
mezonlari 
Mezon 
Metod 
Mahsulotning o‗z vaqtida sotib olinishi 
Taqqoslash metodi: sotib olish 
bo‗yicha jurnal joriy etish. Har haftada 
kengashlarda nazorat qilib borish. 
Yetkazib beruvchilarni sinchiklab 
tanlash (narxi bo‗yicha, yetkazib 
berishi, haq to‗lash va boshqalar). 
Taqqoslash metodi: raqobat varag‗ini 
tuzish 
Sotib olinayotgan mahsulot sifati 
Statistik nazorat: kirish nazorati 
 
Sifat menejmenti sistemasini joriy etishda tashqi jarayonlarni aniqlash va ularni 
ham  boshqarish  zarur.  Boshqarish  siyosatini  ishlab  chiqish,  maqsad  va  vazifalarni 
belgilash 
texnikaviy 
shartlarni, 
texnologik 
reglamentlarni, 
qo‗shimcha 
instruksiyalarni va boshqa tashqi hujjatlarni ishlab chiqish zarur. 
Korxonaga  SMTni  joriy  etish  bir  qator  harajatlarni  yuzaga  keltiradi.  Eng  ko‗p 
tarqalgan harajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:  
- hujjatlar tizimini yaratish;  
- maslahatchilik xizmat haqi;  
- xodimlarni ISO 9000 seriya standartlari tamoyillariga o‗rgatish; 
-  SMTni joriy etish uchun qo‗shimcha xodimlarni yollash;  
-  ishlab  turgan  xodimlarning  SMTni  joriy  etishga  sarflaydigan  vaqtinchalik 
harajatlari;  
- sertifikatsion audit haqi;  


215 
-  axborot  texnologiyalariga  qo‗shimcha  investitsiyalar  (ehtimol,  yangi  dasturiy 
ta‘minotni  sotib  olish  uchun).  SMTni  joriy  etish  va  sertifikatlashga  ketadigan 
harajatlarni batafsil ko‗rib chiqamiz.  
 
Hujjatlar  tizimini  yaratish  SMTni  yaratishda  eng  ko‗p  uchraydigan 
qiyinchiliklardan  biridir.  Bu  fakt  ISO  9000  seriya  standartlarining  avvalgi  tahririga 
ko‗proq  taalluqli  bo‗lib,  unda  sifat  tizimining  20  ta  element  bo‗yicha  muvofiqligini 
tasdiqlash  kerak  edi.  Yangi  tahrir  tashkilot  hujjatlarini  tayyorlashga  puxta 
yondoshishga  va  SMTning  unumli  ishlashini  namoyish  etish  uchun  zarur  bo‗lgan 
hujjatlarning  minimal  sonini  ishlab  chiqish  uchun  imkon  beradi.  Shunga  qaramay, 
hujjatlar tizimini ishlab chiqish, ISO 9000 xalqaro standartlari asosidagi SMTni joriy 
etish jarayoniga xos bo‗lgan xususiyatlardan biri bo‗lib qoladi.  
 
Maslahatchilar  mehnatidan  foydalanish,  asosan  korxonada  SMTning  asosiy 
tamoyillarini  kiritish  bilan  bog‗liq.  Bu  shu  bilan  izohlanadiki,  ISO  9000  seriya 
standartlarida  bu  tamoyillarni  kiritish  usullari  namunasi  berilmagan  va  xodimlar 
standartlarni tushunish va qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan qiyinchiliklarga duch keladi. 
Standartni  to‗g‗ri  tushunmaslik,  noto‗g‗ri  talqin  qilish  tashkilotda  sifatni 
boshqarishga salbiy ta‘sir ishlab chiqarishi mumkin.  
Xodimlarni  ISO  9000  standartlariga  o‗rgatish  ko‗p  harajatlarni  talab  qiladi.  Bu 
masalaga kam e‘tibor qaratilsa, xodimlar yoki SMTni joriy etilishiga loqaydlik bilan 
qaraydilar, yoki unga hatto to‗sqinlik ham qilishlari mumkin. SMTni joriy etilish va 
sertifikatlashning muhim qiyinchiliklaridan biri  – xodimlarning uyushib ishlamasligi 
hisoblanadi.  
Hujjatlarni yuritishdan tashqari, SMT talablari va tamoyillarini amalga oshirish 
uchun  ham  qo‗shimcha  xodimlar  jalb  etilishi  mumkin.  Odatda,  SMTni  kiritish 
mijozlar  to‗g‗risida  batafsil  axborot  yig‗ishga,  jarayonli  yondoshuvni  amalga 
oshirishga, mahsulotning  sifatini doim  yaxshilashga turtki  beradi. SMTni  joriy  etish 
ko‗pincha  korxonaning  tashkiliy  tuzilmasida  alohida  sifat  xizmatini  tashkil  qilishga 
olib keladi.  
 
Xodimlarning vaqtinchalik harajatlari SMTni muvaffaqiyatli joriy qilish va 
sertifikatlash  uchun  zarur  to‗lovdir.  SMT  butun  korxona  faoliyatiga  ta‘sir  etishini 


216 
inobatga  olib,  har  bir  xodim  faoliyat  samaradorligini  oshirish  va  mahsulot  sifatini 
yaxshilash  borasidagi  umumiy  ishga  u  yoki  bu  darajada  jalb  etiladi.  Joriy  etishning 
ushbu  bosqichida  xodimlar  korxonada  amalga  oshirilayotgan  o‗zgarishlarda  ishtirok 
etmasalar,  keyinchalik  SMTni  to‗g‗ri  qabul  qilmasliklari,  natijada  esa  ushbu  tizim 
foyda bermay qolishi mumkin.  
ISO 9000 seriya standartlari talablariga muvofiq SMTni ishlab chiqish jarayoni 
vaqtning  katta  davrini  o‗z  ichiga  olishi  sababli,  mazkur  omil  sertifikatlashning 
harajatli jihatini ko‗rib chiqishda o‗ta muhim sanaladi. Turli korxonalarning tajribasi 
dalolat  berishicha,  ro‗yxatga  olish  jarayoniga  odatda  12  oydan  18  oygacha  vaqt 
sarflanadi.  Mavjud  sifat  tizimining  etukligi,  sabablar  darajasi,  qabul  qilingan 
yondoshuv,  mavjud  hujjatlarning  holati  va  jalb  qilingan  resurslar  kabi  omillarga 
ko‗ra,  bu  davr  o‗zgaradi.  Qisqa  muddat  ichida  tizimga  katta  o‗zgarishlar  kiritish, 
odatda  chalkashliklarga,  barcha  ish  qatnashchilarining  noto‗g‗ri  tushunishiga  va 
harakatlarining qovushmasligiga olib keladi.  

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish