Taqrizchilar: TMI, ―Menejment va marketing‖ kafedrasi professori, i.f.d. F.H.Nazarova
TTYeSI, ―Korporativ boshqaruv‖ kafedrasi mudiri, i.f.n. dots. S.N.Yuldashev
TDIU, ―Korporativ boshqaruv‖ kafedrasi mudiri, i.f.n. dots. M.G.Umarxodayeva
ISBN
978-9943-6059-5-4
© «IQTISODIYOT», 2019
© Yo‗ldoshev N.Q., Yusupova D.T., 2019
UO‘K: 338.24(07)
KBK: 65.08.220
3
KIRISH
Yuksak taraqqiy etgan mamlakatlardagi rivojlanishga avvalo raqobat muhiti
kuchliligi tufayli erishiladi. Raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar, ishlab chiqarishga
uzluksiz intilish bozor iqtisodiyotiga xos qonuniyat hisoblanadi. SHu boisdan
respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tayotgan hozirgi davrda
milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan tovarlar
raqobatbardoshligini oshirish asosiy muammodir. Bu masalani hal etish ichki va
tashqi bozorda O‗zbekiston tovarlarining mavqeini oshiradi va milliy iqtisodiyotda
paydo bo‗lgan barcha muammolarni ijobiy hal etishga yo‗l ochadi.
Mamlakatimizning istiqboldagi rivojlanishini belgilab bergan ―2017-2021
yillarda harakatlar strategiyasi‖ boshqaruvi davrida ham, O‗zbekistonning tinchlik,
havfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti davrida ham, xalqaro
integratsiyadagi faol hamkorligi yanada kuchayadi. Hayotimizga kirib kelayotgan
ko‗plab xalqaro zamonaviy tajribalar, texnologiyalar zamonaviy boshqaruv
mutaxassislarini talab qilmoqda. Bu yo‗nalishda oliy ta‘limda ―Sifat menejmenti‖
fanini mukammal o‗rganish muhim ahamiyatga ega.
Ma‘lumki, innovatsion rivojlanishga asoslanilayotgan hozirgi paytda bizning
aksariyat ko‗p turdagi tovarlarimiz o‗z ichki bozorimizda ham chet el tovarlari bilan
raqobatga bardosh bera olmayapti.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, fan va texnikaning rivojlanishi sharoitida esa
mahsulot sifatini yaxshilash – ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy
omillaridan biridir. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnatning tejalishi,
asosan, sifatli mahsulotni iste‘mol qilish sohasida yuzaga keladi. Sifatli mahsulotni
ishlab chiqarish esa ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik – iqtisodiy
ko‗rsatkichlarida, shuningdek, ayrim ishchi-xizmatchilarning mehnat unumdorligida
ham o‗z aksini topadi. Mahsulot sifati yaxshilanishi hisobiga ijtimoiy mehnat
unumdorligi ortadi. Ya`ni bir xil hajmda ishlab chiqarilgan mahsulot sifat
ko‗rsatkichlari yaxshilanishi hisobiga shu mahsulot birligining bahosi ortib, tovar
mahsuloti qiymati ko‗payadi. Ishchilar soni o‗zgarmagan holda, tovar mahsuloti
4
qiymatining ortishi har bir ishchiga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha tovar mahsuloti
ko‗payishiga va mehnat unumdorligi ko‗tarilishiga olib keladi.
Raqobatga asoslangan iqtisodiyot sharoitida har qanday tashkilot va
korxonaning asosiy e‘tibori sifatni boshqarishga qaratilgan bo‗lmog‗i kerak, chunki
aynan shu yo‗l bilan ular barcha raqobatchilarga qarshi kurasha oladilar va
iste‘molchilarning harqanday talablariga to‗la javob beradilar. YUqori sifatli
mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshlikda eng asosiy ko‗rsatkich hisoblanadi.
Xalqaro tajribalardan ma‘lumki, muayyan darajada sifatni ta‘minlamay,
iste‘molchilar talablarini qondirmay - iqtisodiyotda xechqanday yutuqqa erishib
bo‗lmaydi. Xalqaro hamjamiyat taraqqiyotida integratsion jarayonlar shuni taqazo
etadiki, mahsulot va xizmatlar sifatini boshqarish, korxonaning barcha maqsadlariga
erishishida va obro‗-e‘tibor topishida eng asosiy yo‗nalish bo‗lib qolmoqda.
O‗quv qo‗llanmaning birinchi bobida mahsulot sifati tushunchasi, sifatning
shakllanishi, sifatga ta‘sir etuvchi asosiy omillar, mahsulot sifatini tavsiflovchi
ko‗rsatkichlar, ularni aniqlash usullari va sifatni boshqarish sistemasi masalalari
yoritilgan. Ikkinchi bobda sifatni boshqarishda metrologiya, standartlashtirishning
tutgan o‗rni, standartlarni ilmiy tashkil etish prinsiplari, standartlashtirishning nazariy
asoslari va iqtisodiy samaradorlikni baholash hamda sertifikatsiyalash masalalari
ko‗rib chiqilgan. Mahsulotni sertifikatsiyalashning uning raqobatbardoshligini
oshirishdagi ahamiyati hamda O‗zbekiston Respublikasi milliy sertifikatsiyalash
sistemasining asosiy vazifalari ko‗rib chiqilgan. Uchinchi bobda ISO 9001 xalqaro
standartlariga asoslangan SMTlarni joriy etish asoslari yoritilgan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |