206
Mahsulotning muvofiqligi tahlilida yengil sanoat korxonaci mahsulotga
taalluqli talablarni aniqlashi va bunda quyidagilarni hisobga olishi lozim:
- iste‘molchilarning mahsulotga
talablarini;
- iste‘molchilar tomonidan qo‗yilmagan, ammo zarurat tug‗ilganda ma‘lum
jarayonlarda ishlatilib qolishi mumkin bo‗lgan talablarni;
- korxona tomonidan belgilangan boshqa har qanday qo‗shimcha talablarni.
Mahsulotning talablarga muvofiqligining tahlilidan ko‗zlangan maqsad –
mahsulotlarni yetkazib berishning samaradorligini va mahsulotga quyilgan talablarga
erishilganligini tahlil qilishdan iborat.
Mahsulot muvofiqligining tahlili o‗tkazilganda quyidagilar hisobga olinishi
shart:
- ma‘lum bir muddatda jami qancha mahsulot yengil sanoat asosida
yyetkazilgan, shu jumladan, talablardan og‗ishlar bilan qancha?
- nomuvofiq mahsulotning kamchiligini bartaraf etish uchun qancha
resurs(moliyaviy, energetika, inson resurslari va x.k) talab qilindi?
- mahsulotning u yoki bu ko‗rsatkichlari bo‗yicha nechta reklamatsiya
tushgan?
- mahsulotning nomuvofiqliklari kelib chiqish sabablari qancha?
- sotish darajasi kamaymokdami va x.k
Yyetkazib beruvchilarning tahlilini amalga oshirishda korxona mahsulot,
jixoz, uskuna, ma‘lumot va hokazo bilan ta‘minlovchi yetkazib beruvchilarga, ularni
baholash uchun mezonlarni aniqlashimiz lozim. Bunda quyidagi ma‘lumotlar tahlil
qilinishi zarur:
-
yetkazib beruvchilar tez-tez nomuvofiq mahsulot jo‗natadilarmi?
-
yetkazib beruvchilar doimo mahsulotni o‗z vaqtida yetkazib beradilarmi?
-
qaysi mahsulotning yetkazib beruvchilari kam?
-
mahsulot etishmovchiligining sababi nimada?
-
nechta ma‘qullangan yetkazib beruvchilar mavjud va x.k.
207
Jarayonlar rahbarlari sifat bo‗yicha maqsadlarning bajarilishini davriy ravishda
tahlil qilib boradilar, shuningdek ajratilgan pul mablag‗lariga muvofiq tadbirlarning
bajarilishi ham tahlil qilinadi.
Korxona bosh direktori korxonaning moliyaviy samaradorligini tahlil qiladi,
qo‗yilgan maqsadlarni bajarish va unga erishish uchun moliyaviy mablag‗larning o‗z
vaqtida ajratilishini kuzatib turadi. Bu ma‘lumotlarning hammasi CMTni tahlil qilish
uchun korxona yuqori rahbariyatiga kelib tushadi. Rahbariyat CMTning
samaradorligini va uzluksiz takomillashuvini ta‘minlash maqsadida ma‘lumotlarni
davriy ravishda tahlil qilib boradi.
Yuqori rahbariyat, rahbariyatning sifat bo‗yicha vakili bilan birgalikda tahlil
uchun ma‘lumotlarni ahamiyatlilik darajasini hisobga olgan holda, taqdim etish
muddatlarini belgilaydi, ammo bir yilda bir martadan kam bo‗lmasligi kerak.
CMTni yuqori rahbariyat tomonidan tahlili yozuvlari bo‗lib, sifat tizimi tahlil
qilingan yig‗ilish bayonnomalari hisoblanadi, bunda yig‗ilish o‗tkazilgan cana va
qabul qilingan qaror ko‗rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: