212
(CHizma- 3.3). Chizmadan ko‗rinib turibdiki, har qanday rejani ishlab chiqqandan
so‗ng joriy etish kerak. Rejalarni joriy etish vaqtida albatta uni tekshirish va ma‘lum
tuzatishlar kiritish zarur. Jarayonlarini korxona ma‘muriyati tomonidan tahlil qilinishi
ham sifat menejmenti sistemasining yana bir muhim tomonlaridan hisoblanadi.
Sifat menejmenti sistemasini korxonada joriy etish uchun boshqaruvga
nisbatan sistemali yondashish kerak. Ushbu yondashuvning mohiyati shundan
iboratki, barcha muammolar bir butunlikda, bitta sistema chegarasida, o‗zaro
bog‗liqlikda ko‗rib chiqiladi.
Sifat menejmenti sistemasining yana asosiy shartlaridan biri, qarorlar
chiqarishda aniq faktlarga asoslangan holda qaror chiqarishdir. Ushbu yondashuvning
mohiyati shundaki, qarorlar tasodifiy bo‗lmasligi kerak. Biz har bir holatni chuqur
tahlil qilib, konkret ma‘lumotlar asosida tahlil qilishimiz kerak va faqat shundan
keyingina qaror qabul qilishimiz lozim.
Sifat menejmenti sistemasini yengil sanoat korxonalariga joriy etish uchun
yyetkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlarni o‗rnatishimiz kerak. O‗zaro
manfatdorlik munosabatlarning o‗rnatilishi, ya`ni yetkazib beruvchilarni to‗liq
baholash, raqobat varaqlarni yuritish, ma‘qullangan yetkazib beruvchilar ro‗yxatini
tuzib borish, yyetkazib beruvchilarni qayta baholashni olib borish, shuningdek
yetkazib beruvchilarning rivojlanishiga yordamlashish imkoniyatlarini qidirish ushbu
sistemaning asosiy momentlaridan hisoblanadi.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan, asosiy momentlar asosida sifat menejmenti
sistemasining umumiy holatlarning ishlab chiqishga kirishamiz.
I.Umumiy holatlar
a) Jarayonlarni aniqlash:
Korxonada qanday jarayonlar bo‗lishi mumkin?
-marketing;
-rejalashtirish;
-yangi mahsulotlar yengil sanoatini loyihalashtirish;
-ta‘minot;
-omborxona
ishlarini tashkil yetish;
213
-sifatni nazorat qilish;
-kadrlar
bilan ishlash jarayoni;
-yordamchi jarayonlar;
-tayyor mahsulotni omborlashtirish;
-sotish;
-sotishdan keyingi xizmat ishlab chiqarish.
II.Umumiy holatlar
Sifat menejmenti sistemasi yordamida aniqlashtirish, hujjatlashtirish, joriy
yetish va boshqarish zarur.
b) Jarayonlarning o‗zaro bog‗liqligi va ketma-ketligini aniqlash:
- jarayonlar qanday faoliyatlar yoki hujjatlar bilan o‗zaro bog‗langan;
- u yoki bu ma‘lumot (hujjat) qanday ko‗rinishda taqdim yetiladi;
- ma‘lumotni (hujjatni)
kim taqdim yetadi;
- qanday ma‘lumot (hujjat)
jarayondan olinadi;
- ma‘lumot (hujjat) qanday jarayonga jo‗natiladi;
s) Ushbu jarayonlarni to‗g‗ri bajarish uchun usullar va mezonlarni aniqlash.
Jarayonlarning mezonlari bu – jarayonlarning aniq funksiyalari bo‗lib, ularning
bajarilishi jarayonning sifatiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Jarayonlarning asosiy mezonlari bo‗lib, mahsulotni o‗z vaqtida sotilishi, mol
yyetkazib beruvchilarni sinchiklab tanlash va sotib olinayotgan mahsulotlarning sifati
ko‗rsatkichlari xizmat qiladi.
Bu mezonlarni baholash uchun taqqoslash va statistik nazorat metodlaridan
foydalaniladi.
d) Kerakli ma‘lumotlar va resurslar bilan ta‘minlash:
- ishchi resurslari;
- infratuzilma;
- Yengil sanoat mahsuloti ishlab chiqarish muhiti;
e) Jarayonlarni kuzatish, o‗lchash va tahlil qilish:
- ichki audit;
- mahsulotni tahlil qilish;
214
- ma‘lumotlarni tahlil qilish;
- korxona rahbariyati tomonidan tahlil qilish.
Natijada sifat menejmenti sistemasini yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi.
i) Rejalashtirilgan tadbirlarni bajarish va jarayonlarning mahsuldorligini
doimiy yaxshilash. Bunda doimiy ravishda ichki auditni amalga oshirish,
ma‘lumotlarni tahlil qilish, tegishli tuzatishlar kiritish va oldini olish chora-
tadbirlarini amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: