Bog‘lovchilar
Vaqt
koʻrsatkichlari
Hafta
kunlari
Fe’llar
Iqtisodiy
koʻrsatkichlar
& va
↓
hozir,
aynidamda
shu kunlarda,
hozirgi paytda
dushanba
↗ yaxshilanmoq,
rivojlanmoq,
kuchaymoq,
oʻsmoq,
faollashmoq
$ valyuta
ammo,
biroq,
lekin
, …→ kelakajda
seshanba
↘
yomonlashmoq,
kamaymoq,
pasaymoq,
qisqarmoq,
inqirozga
uchramoq
∑ summa
1
2
693
{} bilan
←׀ kecha,
oʻtmishda
chorshanba
X ta’qiqlamoq,
bekor qilmoq,
barham
bermoq,
oʻldirmoq
= teng
miqdorda,
bir xil
shuning uchun
< harakat
boshlanish
sanasi
payshanba
→→ …ga ta’sir
koʻrsatmoq,
nazorat qilmoq
oʻrtacha,
oʻrtacha
miqdorda
yoki
> harakat
tugash sanasi
juma
↑↑ maqtamoq,
olqishlamoq,
xursand
boʻlmoq
:
koʻp
? agar
davomida, hali
shanba
( qoʻllamoq,
koʻmaklashmoq,
targ‘ib etmoq
1 million,
milliard
yakshanba
!!! → tavsiya
bermoq
[ ochmoq
] yopmoq
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, inson xotirasi barcha gapni yoki
ma’lumotlarni yodda saqlab qololmaydi. Tarjimon matnda fikrning mantiqiy
zanjirini topishi va soʻzlovchi nutqining asosiy mazmunini ochib berishi
muhimdir. Shunday qilib, tarjimon soʻzlovchining gapini yodda saqlab qolish
uchun butun matnni tushunish imkonini beruvchi va gapini asosini yodda
saqlab qolishga yordamlashuvchi ketma-ket tarjima unsurlaridan foydalanib,
uni tarjima qilishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Umirov I. Ketma-ket tarjimada tez yozuv masalasi // Oʻzbekiston tarjimashunoslari
forumi – 2019 (ilmiy maqolalar toʻplami). – T., 2019.
2. Сачаева О.С. Переводческая скоропись: Теория и практика. – Санкт-Петербург,
2011.
3. Peter Newmark. A Textbook of Translation. Prentice International (U.K) LTD. 1988.
3
4
5
6
7
694
ID-020-30-TAR005
Mohira Otaboyeva
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs magistranti
SHE’RIY TARJIMANING OʻZIGA XOS JIHATLARI
(ingliz adibi Lyuis Kerroll ertaklaridagi she’rlar misolida)
Annotatsiya. Ushbu maqolada taniqli ingliz adibi Lyuis Kerrollning dunyoga mashhur
ikki – “Alisa Moʻjizalar mamlakatida” va “Alisa Koʻzgu orti oʻlkasida” ertagidagi she’rlarning
tarjima qilish jarayonidagi oʻziga xos jihatlarga toʻxtalib oʻtilgan. Ma’lumki, mazkur asarlar
tarjima qilish uchun murakkab asarlari sirasiga kirishini, rus adabiyotshunoslari ta’kidlab
oʻtgan. Maqolada asarlarda keng oʻrin berilgan she’rlarning tarjima usullari va bu jarayondagi
metod hamda usullar misollar yordamida ochib berilgan.
Kalit soʻzlar: poeziya, vazn, ritm, ohang, metod, transformatsiya, syujetli va lirik
she’rlar.
Annotation. This article discusses the peculiarities of the process of translating the
poems of the famous English writer Lewis Carroll in two world-famous fairy tales – “Alice in
Wonderland” and “Through the Looking-Glass and what Alice found there”. It is known that
Russian experts have noted that these works are difficult to translate. The article reveals the
unique methods of translation of poems, which are widely used in the works.
Keywords: poetry, method, weight, rhythm, melody, transformation, plot and lyric
poems.
“Tilning barcha nozik xususiyatlari, fonetikasi, musiqaviy
imkoniyatlari, ritmi, tovush va asrlar mobaynida shakllangan lug‘at xazinasi,
talaffuz qonuniyatlari – bularning hammasi she’rda bor boʻyi bilan namoyon
boʻladi” [1]. Ana shu tilga xos shirani, shoir orqali xalq madaniyatining bir
boʻlagini butunligicha oʻzga tilga oʻgirish mumkinmi? Bu savol tarjima sohasida
ilk davrlardanoq berilib, unga hamon turli fikrlar bildiriladi. Albatta, prozadagi
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
695
singari poeziyada asliyatga juda yaqin kelish va soʻzma-soʻz tarjima qilish
mumkin boʻlmagan holat. Buni inkor etmagan holda, tarjimaning tub
mohiyatini ham unutmaslik kerak. Badiiy tarjima asliyatdan matnni
oʻgirishdan iborat texnik jarayon emas, bu ijodiy protses. Shuning uchun ham
mohir tarjimonlarning oʻz ijodiy laboratoriyasi va, hatto, usullari ham mavjud.
Bu she’riyat tarjimasiga ham daxldor. Darhaqiqat, bir tildagi ritm, musiqiylik,
qofiya, turli she’riy janr, vazn kabilar tarjimonga ham koʻmak ham murakkablik
tug‘dirishi aniq.
Ingliz she’riyatiga ham mazkur unsurlar yot emas, albatta. Ingliz
adabiyotshunosligida she’rlar ikki yirik turga boʻlib oʻrganiladi. “Narrative
poems” (syujetli she’rlar)ga epik asarlar, romans va ballalar kirib, bunday
prozada voqea-hodisalarga asosiy e’tibor beriladi, insonning his-tuyg‘usi, ichki
kechinmalari bayoniga bag‘ishlangan va ohangga urg‘u berilgan she’rlar esa
“lyrics” (lirik she’rlar) deb nomlanadi. Men hayoti va ijodiy laboratoriyasini
tahlil qilib, oʻrganayotgan dunyoga oʻzining ikki – “Alisa moʻjizalar
mamlakatida” va “Alisa Koʻzgu orta oʻlkasida” ertaklari bilan mashhur ingliz
adibi Kerrollning deyarli barcha she’rlari birinchi turga mansub. Buning
birlamchi sababi, ular bolalarga atab yozilgani boʻlsa, ikkilamchi boisi esa
she’rlar ingliz bolalar folklori bulog‘idan sug‘orilgan, ya’ni shoir ularni yo
toʻlaligicha kiritgan, yoki folklor ohanggi va obrazlarini saqlagan holda oʻzi
yozgan. Bu xulosa faqat ikki ertakdagi she’rlarga taaluqliligini unutmaslik
kerak. Adibning turkum qilingan she’rlari alohida tadqiqot uchun material
boʻla oladi. Kerroll yashagan Angliyada she’riyatning sentamentalizm,
klassitsizm oqimlari ommalashgan, romantizm esa oʻzining yangi qirralarini
namoyon qilib tilga tushayotgan davrda adib she’rlarida ularga murojaat
qilmaydi. Uning she’riyatidagi ilk oʻziga xoslik ham mana shunda. Kerroll
she’rlarini oʻqib his-hayajonga berilmaysiz, ta’sirlanmaysiz, hattoki, pand-
nasihat ham olmaysiz, ammo kulishingiz, kulganda ham achchiq kulishingiz
turgan gap. Adib hayoti va ijodini tadqiq qilgan olima N.Demurova Keroll
ertaklaridagi she’rlarini tarjima qilishni “oʻziga xos topshiriq”[2] deya
696
baholaydi. Adibning “Alisa Moʻjizalar mamlakatida” va “Alisa Koʻzgu orti
oʻlkasida” ertaklariga kirgan va uning boshqa nazmiy toʻplamlaridagi
she’rlarining aksariyati parodiya yoʻlida yozilgan. Ayni jihat esa tarjimadagi
asosiy qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Parodiyani tarjima qilish doim mushkul
ish boʻlib qaralgan narazriyotchilar tomonidan, negaki har qanday parodiya bir
tilda ma’lumu mashhur matnga asoslanadi, tarjima tilida bu matn koʻpchilikka
notanish boʻlishi mumkin. Taniqli adabiyotshunos, yozuvchi Uorren Uiver
oʻzining “Alisa Moʻjizalar mamlakatida” ertagining tarjimalari haqidagi
kitobida parodiyalarni oʻgirish metodlarni ham keltirib oʻtadi. “Ingliz tilida
hammaga ma’lum matnni parodiya qiluvchi she’rni boshqa tilgan oʻgirishning
uchta yoʻli bor” deydi u oʻz tadqiqotidi. Ular ichida birinchisi – tarjima tilida
mashhur shunga yaqin yoʻsindagi she’rni tanlab, ingliz tilida yozilmagan shu
she’rga ingliz muallifiga oʻxshatib parodiya qilish. Ikkinchi yoʻl esa
parodiyalarni toʻg‘ridan-toʻg‘ri oʻgirish. Uiver bu usulni ertakdagi she’r
mashhur asliyatga parodiya ekanidan bexabar, bu she’rni shunchaki kulguli va
bir oz g‘alati deb bilgan va soʻzma-soʻz oʻgiradigan tarjimon tanlasa kerak, deb
hisoblaydi. Uchinchi yoʻlni tanlagan tarjimon shunday deydi: “Bu nonsens she’r.
Men nonsensni oʻz tilimga oʻgirolmayman, ammo oʻz tilimda boshqa nonsens-
she’r yozib, asliyatning oʻrniga matnga qoʻsha olaman”.
Tarjima jarayonida men esa boʻ yoʻllardan birortasiga qat’iy amal
qilishdan qochdim. She’rlar shunday tarjima qilinishi kerak ediki, ular
parodiyaga xos kulguli, kesatiqqa yoʻg‘rilgan bщlishi, shu bilan birga ingliz
folklorga xos loʻnda aniq, ohang, vazn singari unsurlari saqlangan, asosiysi,
oʻzbek kitobxoni uchun andak noodatiy yoki ajabtovur tuyulsa-da, nonsens-
she’rligini va Kerrollning takrorlanmas uslubini asrashga harakat qildim.
Ma’lumki, folklor she’rlarda vazn va ritmga alohida urg‘u beriladi, boisi
bunday xalq ijod namunalari oson yodda saqlab qolinishi va aytilayotganda
ohangdor boʻlishi kerak. Bu mezon deyarli barcha xalqlar folkloriga xos.
Tarjimada ham bu mezonga qat’iy amal qilish talab qilinadi, chunki “she’rning
vaznini aks ettirish – uning kuyi, musiqasi, binobarin kayfiyat va tuyg‘ularini
697
aks ettirish demakdir”. Bu masalada nazariyotchilar ikkiga – tarjimada vaznni
saqlashni maqbul koʻruvchilar, ya’ni ekvimetrik tamoyilini yoqlovchilar va
ekviritmiya, boshqacha aytganda, she’rni oʻgirayotib ritmni (ohangdoshlikni)
ushlashni ma’qul koʻruvchilarga boʻlinishadi. She’rlarni oʻzbekchalashtirayotib
bu ikki yoʻlgan birini – ritmni saqlash tarafdori boʻldim. Zero ingliz va oʻzbek
tillari bir biridan uzoq til, shuning uchun ham vaznni aynan saqlash imkonsiz.
Bizning she’riyatdagi barmoq vazni ertakdagi she’rlardagi vaznga yaqinligi,
oson oʻqilishi va bolalar uchun qulayligini hisobga olib she’rlarni mazkur
vaznda tarjima qildim hamda bu bilan asliyatdagi ritm deyarli oʻzgarishsiz
saqlandi. Masalan, Adi-Badi tilidan aytilgan mazkur she’rdan bir parcha
keltirsak:
‘I sent a message to the fish:
I told them, «This is what I wish.»
The little fishes of the sea,
They sent an answer back to me.
The little fishes’ answer was
«We cannot do it, Sir, because – »’
‘I sent to them again to say
«It will be better to obey.»
The fishes answered with a grin,
«Why, what a temper you are in!»[3]
Bu parchadan ma’lumki, she’rda ortiqcha mubolag‘a, bezaklarsiz voqea
bayoni sodda tarzda berilgan. Ayni shu jihatlarni saqlagan holda (a-a, b-b...
tarzida qofiyalangan) u quyidagicha oʻgirildi:
Men xat yozdim baliqqa,
Bitdim istagim haqda.
Dengizdagi baliqlar
Menga javob yozdilar.
Shunday edi bu javob:
“Bajarolmaymiz, janob...”.
698
Xat yozdim yana bir bor,
Dedim: “Boʻysunmoq darkor”.
Mayna qildi baliqlar:
“Qahr neni hal qilar?”
Shu oʻrinda qayd etish joizki, asliyatagi soʻnggi ikki qator
qolganlaridan uzun esada, oʻzbekchalashtirayotib ma’nodan qochmagan holda
ritmni bir xil boʻlishini ta’minladim. Ingliz tilida “thump” “pump” soʻzlari bilan
qofiya keltirilgan, birinchi soʻz yurakning gursillab beqaror urishini anglatsa,
ikkinchisi, dam, puflab nafas berib toʻldirishni anglatadi. Oʻzbek tilidagi
“dam”omonim soʻzi bilan qofiyalar saqlanib, ritmga ham putur yetmadi.
She’rlarni oʻgirish jarayonida yana bir holat – alliteratsiyaga
alohida toʻxtalib oʻtish joiz. Ingliz adabiyotiga xos bu evronik elementdan
Kerroll asarlaridagi she’rlarda ham unumli foydalanilgan. Ma’lumki,
alliteratsiya – bir xil ohangdosh tovushlarni takrorlanishi boʻlib, undan
folklorda samarali foydalanilgan. Alliteratsiya ohangdorlikni ta’minlab, his-
hayajonni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ayni san’at turi ingliz tilidagi asarlarda
koʻp ishlatilishini[4] Ya.Resker ta’kidlab oʻtgan. U oʻquvchi diqqatini oshirib,
misralarni oson yodda saqlashga yordam ham beradi.
I took a corkscrew from the shelf:
I went to wake them up myself.
And when I found the door was locked,
I pulled and pushed and kicked and knocked.
And when I found the door was shut,
I tried to turn the handle, but – ’
Adibning “Alisa Koʻzgu orti oʻlkasida” ertagidagi Adi-Badi tilidan
aytilgan bu she’riy parchadagi toʻrtinchi qatorda pulled, pushed, kicked, knocked
va tried to turn soʻzlari bilan alliteratsiya hosil qiladi. Tarjima jarayonida doim
ham alliteratsiyani saqlab oʻgirib boʻlmaydi, shuning uchun alliteratsiyani
sun’iy hosil qilish asliyatga putur yetkazishini unutmaslik lozim:
Qalamtaroshni olib,
699
Uyg‘otishga bordim men.
Eshik berkligin koʻrib,
Tepdim darg‘azab boʻlib.
Qulflangan ekan u,
Tutqichidan tortdimu...
Tarjimada aynan asliyatdagi soʻzlardan alliteratsiya hosil
qilinmasada, boshqa mavjud soʻzlar bunga imkon berishi mumkin. Bundan
unumli foydalanish esa she’rning tarjimasidagi badiiyligini oshiradi. Keltirilgan
muqobil tarjimada ham shunday yoʻl tutilgan, ya’ni “Tutqichidan tortdimu...” bu
soʻzlar asliyatda alliteratsiya qilinmagan biroq oʻzbekchalashtirayotib bunday
yondashuv she’rning jozibali chiqishiga xizmat qiladi.
She’riy tarjimalargagina xos yana bir hodisa borki, uni qoʻllash orqali
tarjimon ayrim leksik va grammatik oʻzgarish, toʻg‘rirog‘i tushirib qoldirishlar
qilishi mumkin. Bu metod transformatsiya deb nomlanib, she’r ma’nosiga zarar
qilmaydigan holatlarda bundan foydalanish mumkinligini narariyotchilar
ta’kidlab oʻtishgan. Ingliz she’riyatida uni qoʻllashning ikki xil usuli mavjud [5].
Birinchisida, “Mexanik tarzda tushirib yuborish”, bu holatda asliyatdagi
unsurni tarjimada berishning iloji boʻlmasa, bunga vazn va oʻlchov yoʻl
qoʻymaydi. Ikkinchi usulni “ijodiy tushirib qodirish” deb ataladi. Men
oʻzbekchalashtirgan Lyuis Kerrollning ikki asarida ham bu metoddan unumli
foydalanishga harakat qildim. Ayniqsa, she’riy misralardagi vazn va ritmni
ta’minlash hamda saqlash uchun ma’noga zazar qilmasligini inobatga olib
mexanik tushirib qoldirish usulidan foydalandim. Masalan:
And when I found the door was shut,
I tried to turn the handle, but – ’
“Alisa koʻzgu orti oʻlkasida” ertagidagi “Adi-Badi” bobidagi bu misralarda
mazkur tarjima priyomi yaqqol koʻrinadi. Ya’ni “when I found the door was shut”
misrasi soʻzma-soʻz oʻgirilsa “eshik yopiqligini anglaganimda” deb, “I tried to
turn the handle, but” satri esa “Tutqichni burashga urindim ammo” tarzida
tarjima qilinadi. Biroq bunday berish butun she’rning ritmiga toʻg‘ri kelmasdi,
700
shu uchun “ when” “I” “found”, “tried” “but”, soʻzlari tushirilib qoldirilib quyidagi
koʻrinishga keltirildi:
Qulflangan ekan u,
Tutqichidan tortdimu...
Tarjima jarayonida shunday holatlar ham uchradiki,
transformatsiya metodining ikkala usulini bir satr yoki misrada qoʻllashga toʻri
keldi, albatta asosiy talab asliyatdagi mazmunda ziyon yetkazmalikni inobatga
olgan holda, albatta. Misol uchun oʻsha ertakning “Tralyalya va Tlulyalya”
bobida egizaklarning balladasidagi quyidagi satrlarni olaylik:
But four young oysters hurried up,
All eager for the treat:
Their coats were brushed, their faces washed,
Their shoes were clean and neat –
And this was odd, because, you know,
They hadn’t any feet.
Boshidagi ikki misradagi “hurried up” va “eager” sifatlari shoshqaloq,
sabrsiz ma’nolarini beradi ularni “oʻyinqaroq” hamda “beboshroq” sifatlariga
almashtirib transformatsiyaning ikkinchi usuli – ijodiy tushirib qoldirishni
amalga oshirilgan boʻlsa, ilk satrdagi “young” soʻzi mexanik tarzda qoldirib, u
beradigan “yosh” ma’nosini “oʻyinqaroq” va “bebosh” soʻzlari orqali
anglashilishiga erishilgan. Soʻnggi ikki satrda ham “you know” (tarjimasi “sen
bilasanki”) birikmasi tushirib qoldirilgan, ammo bu asliyatdagi ma’noga ta’sir
qilmagan aksincha she’r ruhiyatiga mos tushgan va natijada tugal tarjima
quyidagi koʻrinishga keladi:
Ammo toʻrt oʻyinqaroq
Chig‘anoqlar edi asli beboshroq.
Yuzlari ham yuvilgan, boshmoqlari ham toza,
Ust-boshi tartibli, havas qilgudek rosa.
G‘alati bu taklifdan ajablandilar avval,
Oyog‘i yoʻq chig‘anoqqa bu g‘aroyib tavakkal.
701
Trasformatsiya metodining mexanik tushirib qoldirish usulida uyushiq
boʻlaklardan birini tarjimaga olmasli eng koʻp uchraydigan holat sanaladi. Biz
tahlil uchun olgan balladaning davomida shu usul qoʻllanilgan:
«The time has come, » the Walrus said,
«To talk of many things:
Of shoes — and ships — and sealing-wax
Of cabbages — and kings —
Oʻzbekchaga oʻgirilganda toʻrtlik quyidagicha boʻldi:
“Vaqti keldi”, dedi Morj,
“Qilgani mulohaza.
Boshmoq, kema, karam-u,
Qirol – barisin haqda.
Asliyatdagi “shoes”, “ships”, “sealing-wax”, “cabbages”, “kings” soʻzlari
uyushiq boʻlak boʻlib kelgan, biroq tarjimada ““sealing-wax” soʻzi tushirib
qoldirilgan, boisi ritm va ohang misralar aro ularni saqlash uchun
transformatsiyaning bu usulidan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |