xabarni tushungan holatda qabul qilish bosqichi va tarjima matnini qayta
ishlab chiqarish bosqichi sanaladi. Chunki, dastlabki xabarni qabul qilish
691
jarayonida tarjimon muvaffaqiyatining kaliti asosan asl xabarning oʻziga xos
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Bu kabi muammolarni bartaraf etish tarjimonning oʻziga bog‘liq
hisoblanadi. Agar tarjimon oʻz ustida tinimsiz ravishda amaliy ishlarni olib
borsa, bu muammolardan holi boʻlishi mumkin. Buning uchun tarjimondan
oʻzida tez yozish, xotira mashqlarini, maxsus belgilar bilan ishlash qobiliyatini
rivojlantirib borishi talab etiladi.
Ketma-ket tarjima jarayonida tez yozib olish jarayoni puxta
tayyorgarlikni talab qiladi. Tarjimon oldida har doim A4 shaklidagi varaq yoki
qayd qilish uchun qulay daftar olib yurishi zarur. Ushbu tartibga solish
tarjimonga uzun bayonni yozib olishga imkon beradi, yozilgan nutqning har
qanday joyini osongina topib olishga yordam beradi. Ye.V. Alikina yozuvlarning
bir-biriga yopishmasligi uchun varaqning bir tomoniga ma’lumot yozishni
maslahat beradi. Tez yozish tarjimonning asosiy quroli hisoblanadi. Tez yozish
jarayonini osonlantirish uchun butun dunyo miqyosi boʻyicha gaplarni vertikal
holatda yozish usuli qabul qilingan. Bu usulga koʻra gap boʻlaklarga boʻlinib
(gapning egasi va kesimi yaqqol koʻrinib turishi darkor), vertikal tarzda yozib
olinadi va bu usul tarjima jarayonini yanada osonlashtiradi. Masalan, quyida
keltirilgan gaplarni ushbu usulga koʻra quyidagicha yozish mumkin:
1) Konvensiya (ega)
davlatlarda zarur siyosiy hoxish
mavjud,
hatto eng jiddiy xalqaro muammolarni
hal etish uchun ham
oʻzaro maqbul qaror
topish mumkinligiga
misol boʻlib xizmat qiladi (kesim)
2) Davlatlar (ega)
biologik qurol zaxiralarini
IF
692
yoʻq qilish
yoki
ulardan tinchlik maqsadida foydalanish
majburiyatini
oʻz zimmasiga oldi (kesim)
Bundan tashqari, tarjimonning tez yozish jarayonini yanada
osonlashtirish uchun maxsus belgilardan yoki qisqartmalardan foydalanish
maqsadga muvofiq. Butun jahon standarti boʻyicha qabul qilgan belgilardan
yoki tarjimon oʻzi uchun yaratgan qulay va tushunarli boʻlgan belgilardan
foydalanish ketma-ket tarjimada samarali usul hisoblanadi. Masalan, tarjimon
quyidagi soʻzlarni qisqartish usuli bilan quyidagicha yozishi mumkin:
Sahifa – sah, ehtimol – eht, masalan – mas, bilan- b-n, koʻpchilik- kpchlk
va boshqalar.
Ketma-ket tarjimada ishlatiladigan har bir belgi turli xil turkumlarga
boʻlinadi. Misol tariqasida bog‘lovchilar, vaqt koʻrsatkichlari, hafta kunlari,
fe’llar, iqtisodiy koʻrsatkichlar uchun ba’zi belgilarni quyidagi jadvalda koʻrish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: