last century. It is considered to be more difficult than other types of interpretation.
Interpreters are demanded intensive memory, semantogram, special symbols which are used
around the world. The main objective of this article is to give information about problems that
occurred in consecutive interpretation and demonstrate some methods in order to solve
ahamiyat kasb etadi. Bilamizki, tarjima bir millatga ikkinchi bir millatni
yaqindan tanishtiruvchi omil hisoblanadi. Tarjima millat koʻzgusi ekanligini
689
tarjimadagi muammolarni oʻrganishga va bu muammolarni bartaraf
etish
usullarini koʻrsatib oʻtishga bag‘ishlangan.
Ketma-ket tarjima bu maxsus mahorat va oʻqitish sohasida ishlaydigan
tarjimonni talab qiladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu turdagi
tarjimani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har qanday uzunlikdagi nutqni
yozib olish va takrorlashga imkon beradigan universal tez yozuv kabi texnikani
oʻrganish va oʻzlashtirish, tezkor xotira talab etiladi.
Ketma-ket tarjima qilish bu bir tildagi og‘zaki axborot berilgandan soʻng
uni boshqa tilga tarjima qilishdir. Tarjimon soʻzlovchining umumiy fikrlari yoki
eng kamida asosiy xat boshini tinglaydi va tinglash mobaynida yozib olingan
eslatmalar yordamida nutqni tarjima qiladi.
Tarjimon shu tariqa asosiy soʻzlovchi nomidan ketma-ketlikda soʻzlaydi.
Ba’zi soʻzlovchilar bir nechta gap soʻzlab, soʻng tarjimonga tarjima qilishni taklif
qilishadi. Tarjimon qisqacha yozib olmasdan ham ishlashi mumkin va u oʻz
xotirasida aytilgan gaplarni saqlab qoladi. Shunday qilib, ketma-ket tarjima
soʻzlovchining nutqini tinglangandan soʻng bajariladi. Bunday vaziyatda
axborotning barcha mazmunini yodda saqlab qolish zarur. Ketma-ket tarjima
muzokoralar, konferensiyalar, davlat arboblari va siyosiy shaxslarning
uchrashuvlarida hamda delegatsiyani kuzatib yurish chog‘ida qoʻllaniladi.
Ketma-ket tarjima qilish vaqtiga koʻra ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi
bosqich, soʻzlovchining nutqini oʻz ichiga oladi va bu bosqichda tarjimon
qisqacha nutqni yozib olishi mumkin. Ikkinchi bosqichda tarjimon aytilgan
xabarni yozib olganlaridan foydalangan holda tarjima qiladi.
Ketma-ket tarjima muammosi ilmiy adabiyotlarda ham yetarlicha
muhokama qilinmagan. Shu sababli, ushbu maqolaning asosiy maqsadi ham,
ketma-ket tarjimadagi asosiy muammolarni keltirib oʻtish sanaladi. Ketma-ket
tarjimada toʻrtta muhim muammo mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: