5
ID-020-30-T001
Charos Avazova
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi
OʻZBEK BOLALAR NUTQIDA METAFORIK
NOMINATSIYANING NAMOYON BOʻLISHI
Annotatsiya. Maqola bolalar nutqining nominativ xususiyatlariga bagʻishlangan
boʻlib, unda belgi-xususiyat, shakl, vazifa va harakat-holat oʻxshashligi asosida yuzaga
keluvchi metaforik nomlanishlar tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: bolalar nutqi, metaforik nominatsiya, muloqot, innovatsiya, liksikon.
Annotation. The article is devoted to the nominative features of children's speech,
which analyzes the metaphorical names that arise on the basis of similarity of character, form,
task and behavior.
Key words: child's speech, metaphoric nomination, communication, innovation, lexicon.
Bugungi kunda dunyo tilshunosligida lisoniy birliklarning nutqiy
faoliyatda reallashuvi bilan bogʻliq muammolarning yuzaga kelish sabablarini
aniqlash va ularni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda tilni
uning ist’molchisi boʻlgan insonning shaxsiyati, voqelikni idrok etish darajasi,
bilim saviyasi kabi jihatlarni hisobga olgan holda tadqiq etish tendensiyasi
yetakchilik qilmoqda. Mazkur masala talqinida soʻzlovchi shaxsning yosh jihati
ham ahamiyatga molik. Shu jihatdan nutqiy muloqotning shakllanish va
rivojlanish bosqichlarida kuzatiladigan umumiy hamda oʻziga xos
xususiyatlarni belgilashda bolalar nutqiga oid dalillar alohida oʻrin tutadi.
Mashhur yozuvchi K.I.Chukovskiy bu haqda quyidagilarni yozadi: “Atrofimda
oʻynab yurgan bolalarning jaranglagan tovushlari tinimsiz qulogʻimga eshitilib
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
6
turardi. Avvallari, bolalarning bunday shirin soʻzlaridan faqat zavqlanardim,
xolos. Keyinchalik esa uning shirinligi bilan birga, katta ilmiy ahamiyati
borligiga ham ishonch hosil qildim. Chunki bolalar nutqi ustida ilmiy tadqiqot
ishi olib borsak, biz ularning ajoyib fikrlash qonuniyatlarini ham ochishimiz
mumkin, degan xulosaga keldim”. [1, 12]
Darhaqiqat, bolalar nutqini oʻrganish til va tafakkur munosabatiga oid
masalalarning innovatsion yechimi uchun nihoyatda muhimdir. Bu boradagi
dastlabki qarashlar Germaniyada D.Tideman tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotda oʻz aksini topgan boʻlsa, [2, 93] bolalar nutqi lingvistikasi
taraqqiyotida S.N.Seytlin, [3, 240] T.A.Gridina [4, 252] G.R.Dobrova [5]
O.O.Rulova [1] singari tilshunoslarning xizmatlari kattadir. Oʻzbek
tilshunosligida esa bolalar nutqi N.S.Sayidiraximova [6, 126], M.A.Qurbonova
[7, 240], N.J.Yarasheva [8, 138] kabi tadqiqotchilar tomonidan lingvistik,
stilistik, ijtimoiy-psixolingvistik hamda pragmatik yondashuvlar asosida
oʻrganilgan. Ularning ishlari bolalar nutqining oʻziga xos xususiyatlari
yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan yangi tadqiqotlar uchun muhim
nazariy manba sifatida xizmat qiladi.
Bolalar nutqi lingvistikasiga doir tadqiqotlarda ilgari surilgan qarashlar
tilning paydo boʻlishi va rivojlanishi haqidagi nazariyalarni toʻldirishga
muayyan darajada yordam beradi. Bunda, ayniqsa, bolalarga xos nutqiy
nomlanishlar talqiniga oid tadqiqotlar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, ukrain
tilshunosi O.Rulovaning tadqiqotida ingliz, fransuz, yunon va ukrain millatiga
mansub maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga oid nominativ birliklarning
formal-funksional hamda semantik xususiyatlarga koʻra quyidagi turlari
mavjudligi aniqlangan:
1.
Metonimik nominatsiya – nutq shaklini tanlash va anglash asosida
yuzaga keluvchi nomlanish.
2.
Metaforik nominatsiya – oʻzzlashtirilayotgan ob’ekt va qayta
anglashilgan signifikatga xos oʻxshash belgilarni ajratish natijasida yuzaga
keluvchi nomlanish.
7
3.
Ekstensiv nominatsiya – soʻzni keng ma’noda qoʻllash natijasida yuzaga
keluvchi nomlanish.
4.
Restriktiv nominatsiya – buyumlar guruhi emas, balki muayyan
buyumni atash natijasida yuzaga keluvchi nomlanish.
5.
Assotsiativ nominatsiya – faqat obyektga xos bosh belgi emas, balki u
haqdagi umumiy tushuncha va tasavvurlar asosida yuzaga keluvchi nomlanish.
6.
Elementli nominatsiya – tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan
ma’nolarni ajratib koʻrsatish imkoniyati bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi
nomlanish.
7.
Situatsion (vaziyatli) nominatsiya – turli xil elementlar majmuidan
iborat mikrosituatsiya asosida yuzaga keluvchi nomlanish.
8.
Kvalifikativ nominatsiya – obyektning tashqi belgilari asosida yuzaga
keluvchi nomlanish.
9.
Relyativ nominatsiya – obyektga xos belgining muayyan turi asosida
yuzaga keluvchi nomlanish.
10.
Substitutiv nominatsiya – turli darajada informatsiyalashgan
nomlanish. [1, 65-66]
M.Qurbonovaning tadqiqotida oʻzbek bolalar nominativ faoliyatida
uchraydigan tipik holatlarga toʻxtalib oʻtilgan. [1, 66-79] Biroq mazkur masala
hozirgi kunga qadar oʻzbek bolalari nutqi misolida monografik tadqiqot
obyekti boʻlmagan. Bu esa oʻz navbatida tadqiqotimiz mavzusining oʻzbek
tilshunosligi uchun nihoyatda dolzarbligini koʻrsatadi.
Ma’lumki, bolalar biror narsani uning tovushiga taqlidan nomlashda bi-
Do'stlaringiz bilan baham: