jarayonida ular metaforik nomlanishlarni ham faol qoʻllaydilar. Koʻpincha
8
Yuqoridagi kontekstdan anglashilishicha, oʻrik ichidagi narsa (danak)
nomi nutqiy vaziyat yuz bergan vaqtda bola lisoniy xotirasida tiklanmagan va
u qattiqlik belgisiga koʻra oʻxshashlik asosida “suyak” deb nomlangan.
Bolalar nutqida shakly oʻxshashlik asosida hosil boʻlgan metaforik
nomlanishlar ham koʻp uchraydi. - Shapkamning dumini bogʻlab qoʻying (Marat
Sodiqov, 4 yosh) misolida shunday holat kuzatiladi. Bu holatning yuzaga
kelishiga bola faol lugʻatida qalpoqning shaklan dumga oʻxshash qismini
ifodalovchi “bogʻich” soʻzining mavjud emasligi sabab boʻlgan. Bola nutqiga xos
bunday nomlanishlar assotsiativ tafakkur mahsuli hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar metaforik nomlanishni yuzaga
keltirishda somatizmlardan unumli foydalanadilar. Ular nutqida bu turdagi
nomlanishlar vazifaviy oʻxshashlik asosida hosil boʻladi. Masalan, Marat
Sodiqov (4 yosh)dan “Eshikni qanday qilib ochding?” deb soʻralganda, Qoʻlidan
ushlab tortdim, deb javob beradi.
Berilgan misolda “qoʻl” soʻzi orqali eshikning tutqichi nazarda tutilgan.
Bunda bola leksikonida tutqich soʻzi mavjud boʻlmagani uchun eshikning
ushlashga xizmat qiladigan qismini nomlashda vazifaviy oʻxshashlik asosida
kundalik hayotda koʻp ishlatilib, uzoq muddatli xotiradan mustahkam oʻrin
olgan “qoʻl” soʻzidan foydalangan.
Ba’zan bolalarga xos nutqiy nominatsiyaning yuzaga kelishiga harakat-
holat oʻxshashligi ham sabab boʻadi. Masalan:
- Oyijon, qarang, oymomo suvga bum etdi. (Oʻ. Hoshimov. “Daftar
hoshiyasidagi bitiklar”).
Yuqoridagi nutqiy vaziyatda bola tasavvurida oyning suvda aks etishi
choʻmilish maqsadida suvga otilgan kishining holati kabi gavdalangan. Shu
tariqa uning nutqida harakat-holat ifodasi oʻziga xos shaklda namoyon boʻlgan.
Bolalar tomonidan ishlatiladigan aksariyat metaforik nomlanishlar ular
nutqining oʻziga xos jihatlarini aks ettirish bilan birga, ijodiy tafakkur
salohiyatini ham namoyon qiladi. Kattalar uchun qiziqarli va kulgili
tuyuladigan bu holat bolaning shaxs sifatida shakllanib borishida zaruriy omil
9
sanaladi, soʻzlovchining badiiy tafakkur darajasini koʻrsatadi. Bola muloqotda
metaforalardan foydalanish orqali nutqiy ta’sirchanlikni oshirish maqsadini
ham koʻzda tutishi mumkin. Bolalar nutqiga oid metaforik birliklarni
konnotativ aspektda tadqiq etish oʻzbek tilshunosligidagi dolzarb
masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: