linguistics. The study also uses the method of linguostatistics in the study of imitation words.
It examines the linguistic statistics of imitation and figurative words in the "Explanatory
soʻzlar ikkiga ajratilgan: a)tovushga taqlid soʻz; b)holatga taqlid soʻz;[1.136-
11
A.Nurmonov taqlid soʻzlarga quyidagicha yondashadi: “…oʻzbek tilida
taqlid soʻzlar alohida soʻz turkumi hisoblanadi, ularning tovushga taqlid va
obrazga, tasvirga taqlid soʻzlar kabi turlari mavjud…”;[2.III jild]
D. Lutfullayeva, R. Davlatova, M.Saparniyozovalarning “Hozirgi oʻzbek
adabiy tili” kitobida taqlid soʻzlarni ikkiga: tovushga taqlid va obrazga taqlid
soʻzlar deb ajratilgan;[3.II qism]
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova,
M.Abuzalovalarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” kitobida taqlid soʻzlarni
mustaqil soʻz turkumi sifatida ifodalab, uni ikki turi: tovushga taqlid va holatga
taqlid turini ajratishadi;[4.257-bet]
Shavkat Rahmatullayevning “Hozirgi adabiy oʻzbek tili” kitobida ham
taqlid soʻzlarni mustaqil soʻz turkumi sifatida koʻrsatiladi. Va uning nomini
tasvir soʻz turkumi deb ifodalanadi.[5.178-bet] Aynan tasvir soʻz deb atalishi
R.Qoʻngʻurovning dessertatsiyasida ham koʻrsatilgan edi.
Bu kabi misollar juda koʻp. Taqlid soʻzlarni tadqiq eta turib, “Oʻzbek
tilining izohli lugʻati”ga ham murojaat qildik. 1-2-3-tomda taqlid soʻzlar ikkiga:
taqlid soʻzlar va tasvir soʻzlarga ajratilgan, 4-5-tomlarda taqlid soʻzlar
ajratilmay taqlid soʻzlar nomi ostida birlashtirilgan. Taqlid soʻzlarni tadqiq etib,
oʻrganishimiz natijasida biz ham oʻz ilmiy qarashimizga ega boʻldik. Taqlid
soʻzlarni ikkiga boʻldik: taqlid soʻzlar va tasvir soʻzlar.
Taqlid soʻzlar – tovushga taqlidni ifodalovchi birliklar. Ularga qur-qur,
paq-paq, ang-ang, aka-bang va hokazolar kiradi.
Tasvir soʻzlar – obrazga, tasvirga, holatga taqlidni ifodalovchi birliklar.
Tasvir soʻzlar deyishimizga sabab, chunki bu birliklarda tasvirlash mavjud.
Ularga milt-milt, jaraq-jaraq, dirk va hokazolar kiradi.
Taqlid soʻzlarni tadqiq etishda eng ahamiyatli metod lingvostatistik
metoddir. Lingvostatistika – tilshunoslikni oʻrganishda ahamiyatli. Shu oʻrinda
“lingvostatistika” terminiga izoh bersak. Har bir sohada bu sohaning rivojini,
yutuq va kamchiligini koʻrsatib turadigan statistik koʻrsatkich mavjud.
Masalan, tibbiyot sohasida biror kasallik yuzasidan aholining chalinishi foiz va
12
raqamlarda aks ettiriladi. Bu statistika deb yuritiladi. Ya’ni tibbiyot xodimlari
nutqida statistikaga koʻra shu kasallik bilan ogʻrigan bemorlar soni
Oʻzbekistonda shunchani, dunyo davlatlarida shunchani tashkil etadi, degan
gaplarni koʻp eshitamiz. Mana shunga oʻxshagan ma’lumotlarni har sohada
uchratamiz, bu statistikaning keng jabhali ekanligini, har sohada oʻziga xos
koʻrinish hosil qilishini koʻrsatadi. Har bir sohaning statistik metodi boʻlgani
kabi tilshunoslikda ham statistik metod mavjud. Bu metod tilshunoslik bilan
bevosita aloqador boʻlganligi sababli “lingvo + statistika” kompozitsiyasi bilan
nomlanadi.
Lingvostatistika tilshunoslikda yangi sohalardan biri boʻlib, u kompyuter
yordamida amalga oshiriladigan metod hisoblanadi. Oʻzbek tilida faol
qoʻllaniluvchi taqlid soʻzlarning miqdorini aynan lingvostatistik metod
yordamida aniqlaymiz. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da oʻzbek tilida faol
qoʻllaniluvchi taqlid soʻzlar keltirilgan. Ularning miqdori 250 ta. Bundan 218
tasi taqlid soʻzlar, 32 tasi tasvir soʻzlar. Ularni quyidagi formula yordamida foiz
koʻrsatkichlari aniqlanadi:
100 – (((A-M) / A) * 100)
Bunda A – aniq miqdorni ifodalovchi birliklarning chastotasi, M –
mavhum, aniqlanayotgan miqdorni ifodalovchi birliklar chastotasi. Yoki
quyidagi formula yordamida ham aniqlash mumkin:
n * 100 / U
Bunda n – noma’lum miqdor, U – umumiy miqdor chastotasi
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da “a” harfi bilan boshlanuvchi taqlid va
tasvir soʻzlarning umumiy miqdori 5 ta. Buni quyidagi jadval yordamida ham
koʻrishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: