Narx bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining



Download 100,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2021
Hajmi100,95 Kb.
#73478
Bog'liq
Narx - UzEnc



UzEnc

Narx

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining

vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal

qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning

iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari boʻyicha

taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himo ya qilinishiga sharoit

yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruv chilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom

raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.



Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bo zor iqtisodiyotida amal

qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda

Narxni qiymatning mehnat nazariy asiga asoslanib talqin qilishgan, unga

qiymatning puldagi ifodasi deb qar algaNarx 21-asr boshlaridagi

nazariyalar Narxni pulning miqdoriy nazariy asi asosida izoxlab, Narxga

harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni

qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi

mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq.

Narx faqat qiymatni emas, balki talab v a taklif, shuningdek, tovarning

ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi,

muomaladagi pulning harid qobiliy atiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx

qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanda y Narxning

asosi boʻlib, mahsulotning ha yotiy sikli davomida uning Narxidagi

oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar

sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari



mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida Narx bir nechta vazifalarni

bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —Narx vositasida qilingan

harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Har ajatlar

ishlatilgan resurslar miq-orini uning Narxiga koʻpa ytirish opkali

hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — Narx ning oʻzgarishi ishlab

chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab Narxga nisbatan teskari

mutanosiblikka ega. Narx pasa ysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, Narx

oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi.

Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq

bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — Narx raqibni bozordan si-qib

chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-

batchilar Narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-

qali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy  vositasi

hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — Narx bozor

mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak y oki vosita. Narx oʻzgarishiga

qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan

tovarlar Narxining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish k erakligini

bildiradi, aksincha, Narxning pasa yishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi

yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod

tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga

oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib  oʻtishi-ga, eski

soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx

resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida

qullanilishi Narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda

joriy va qiyosiy Narxlar qoʻllaniladi. Joriy Narxlar amaldagi Narxlar boʻlib,

ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hi soblanadi.

Qiyosiy Narxlarda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning

natijalari shu Narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy

Narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi




sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k.

koʻrsatkichlar dinamikasi qiy osiy Narxlarda hisoblanadi.

Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi v a qaysi maqsadni

koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.

Erkin bozor Narxi (muvozanatli Narx) — erkin bozorda sotuvchilar va

haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ular dan hech biri oʻzi xohlagan narxni

oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv

Narxi, yaʼni muvozanatli Narx yuzaga keladi; monopol Narx — monopol

bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular

xohlagan Narx oʻrnatiladi. Bu  bozorga zoʻrlab kiritiladigan Narx boʻlib,

odatdagi Narxlardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat

qiladi; Ulgurji Narx — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-

varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo

uylarida ham ulgurji Narxlar qoʻllanadi; shar tnoma Narxlari — sotuvchi va

haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan

shartnomada koʻrsatiladigan Narx Bunda y Narx, odatda, shartnoma

muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro

bozorlarda qoʻllanadi. Chakana Narx — t ovarlar bevosita is-teʼmolchilarga

yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi v a miqdori ulgurji Narxdan yuqori

boʻladi; Preyskurant Narx — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma

Narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy Narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da

eʼlon qilingan Narx atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiy alangan Narx —

davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arz onlashtirilgan, bozor Narxidan

pastroq qilib belgilangan Narx, Narx dagi farq byudjet beradigan dotatsiya

bilan qoplanadi. Bu Narxni oʻtish da vrida turgan mamlakatlarda davlat

aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping Narx — bozorda oʻz

mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan

maxsus pasaytirilgan Narx, xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.

Bozor koʻlamiga koʻra, Narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor

Narxlar i ga boʻlinadi. Hududiy Narx — faqat ma ʼlum hududiy bozorga xos




boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor

Narxi — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks

ettiruvchi Narxlardir. Xalq-aro Narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal

harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standar ti talabiga mos kelish

darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.

Narxlar farqining miqdoriy ifodasi Narx diapaz oni deyiladi. Narx diapazoni

Narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori

Narxlarni oʻz ichiga oladi. Bu diapaz on qanchalik katta boʻlsa, tovar

muomalasi shunchalik tez yuz ber adi, talab bilan Narx oʻzaro bogʻlanadi.

Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va

xizmatlar Narxlari birbirini yuzaga chikar adi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir

koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq k eyingi mahsulot harajatlarini

shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim  iqtisodiy

resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar)

Narxining oʻzgarishi bozordagi jami Narxlar nisbatiga ta ʼsir

koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu

monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi

mumkiNarxShunday ekan demping narx psixologik narx bularning

hammasini monopolist hal qiladi x ohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu

nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri

Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir

Ahmadjon Oʻlmasov.



[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar

Download 100,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish