Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi Mundarija kirish I bob. Bozor va bozor mexanizimi



Download 0,77 Mb.
bet1/14
Sana09.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#647768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5192842875087361607


Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi


Mundarija
KIRISH
I bob. Bozor va bozor mexanizimi.
1.1 Bozor mexanizmi va uning elementlari
1.2 Bozordagi talab. Talab qonuni
II bob. Bozor muvozanatini uyg'unlashtirish va mexanizmining samaradorligi.
2.1. Bozor muvozanati va manfaatlarni uyg‘unlashtirish
2.2.Talab va taklif muvozanati
2.3. Bozordagi taklif. Taklif qonuni. Raqobat va rag‘bat
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda. Jumladan, o’tgan davr mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriybuyruqbozlik tizimidan mеros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllantirildi.
Iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganishda eng avvalo «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli bеqiyosdir. U mazkur vazifani o’zining yuksak ma’naviyatli shaxsda iqtisodiy bilim va madaniyatni shakllantirish, nazariy bilim va qoidalarni amaliyotga joriy etish, g’oyaviy-tarbiyaviy, mеtodologik funktsiyalari orqali amalga oshiradi.
Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne`matlari ishlb chiqarishni ob`ektiv zarur qilib qo`yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Jamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne`matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog`liq holda yuz beradi.
“Iqtisodiyot har bir kishining, har bir oilaning, jamoa va umuman jamiyatning hayotida muhim o`rin tutadi. Iqtisodiy ahvolga qarab ijtimoiy hayot shakllanadi. Xalqimizda avvalo iqtisod, keyinsiyosat degan iboraning ishlatilishi bejiz emas, albatta. Iqtisodiyot – bizning nafaqat bugungi, balki ertangi hayotimiz, hozirgi va kelajakdagi farovonligimiz, Iqtisod baquvvat bo`lmasa, farovonlik kafolatlanmaydi, moddiy yetishmovchilik bo`ladi, turmush tashvishlari ortadi. Aksincha, iqtisodiy o`sish sharoitida farovonlik ortadi, sotsial vaziyat barqarorlashadi, odamlarda kelajakka ishonch paydo bo`ladi, ularning faolligi ham kuchayib boradi”.1
«Iqtisodiyot» so`zi odatda ikki va hatto uch ma`noda ishlatiladi. Birinchidan, iqtisodiyot – bu xo`jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne`matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta`minlash va yaxshilash tizimi. Ikkinchidan, iqtisodiyot – bu resurslar va jamiyat a`zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo`jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. Uchinchidan,iqtisodiyot – bu fan, turli-tuman
cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyjlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan, xo`jalik yuritish jarayonida odamlar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui.
“Iqtisodiyot rivojlanib borgani sayin murakkablashib boradi, chunki u ko`p qirrali aloqalarni taqozo etadi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun turli tuman korxonalar, firmalar o`rtasida, nafaqatmilliy, balki xalqaro miqyosda aloqa o`rnatishga to`g`ri keladi. Bunday sharoitlarda ishbilarmonlik uchun iqtisod sir-u asrorlarni, qonun-qoidalarni yaxshi bilish zarur. Iqtisod qonun kategoriyalarini iqtisodiyot nazaryasi o`rgatadi. Nazaryani bilish nafaqat amaliy faoliyat uchun, balki iqtisodiy ish bilan shug`ullanmaydigan kishilar uchun ham kerak, chunki ular hech bo`lmaganda istemolchi bo`lib maydonga chiqadilar, pul topadilar, uni sarflaydilar, oila byudjetini yuritadilar, umuman olganda iqtisodiy munosabat munosabatlarga kirishmay yashaydigan birorta ham odam bo`lmaydi. Gap shundaki, ulardan biri ko`proq iqtisodiy aloqaga kirishadi, ikkinchisi kamroq kirishishi mumkin. Barbir iqtisodiy munosabatni hech kimchetlab o`ta olmaydi. Nazrya iqtisodiy fikrlashga o`rgatadi, qonun-qoidalarga binoan tejamli xo`jalik yuritishga, mehnatni qadrlashga chorlaydi, insonga xos iqtisodiy tarbiya beradi. Atoqli vatandoshimiz mashhur marifatparvar Abdulla Avloniyning yozishicha: «Iqtisod deb pul va mol kabi ne`matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas». Ukishi so`zining isboti sifatida Rasulullohning «Iqtisod uzra harakatli kishilar faqir bo`lmas» degan ibratli so`zlarini havola etadilar. Insoniyatda yashagani uchun ham shu jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlardan holi bo`la olmaydi. Shu sababdan iqtisodiy nazariyani egallash faqat mutaxassislar yohud bizneschilar ishi bo`lmay, balki barchaga barobar, har bir fuqaro uchun zarur ishdir. Hech bo`lmaganda vaziyatni o`rganuvchilar ularning bilim saviyalarini oshiradilar. Bilim esa hech qachon keraksiz og`ir tosh bo`lmagan, bo`lmaydi ham”2.
Mamlakatimizda yashaydigan har bir fuqaroning bozor iqtisodiyoti sharoitida yaratilgan imkonyatlardan foydalana olish darajasidagi iqtisodiy tafakkurini o`stirish, yangicha iqtisodiy fikrlash qobilyatini o`stirish zarurdir. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotimizni rivojlantirishning kuchli omiliga aylanib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm viloyati xalq deputatlar Kengashining III sessiyasida «Xalqimizning yo`li mustaqillik, ozodlik va tub isloxotlar yo`lidir» deb nomlangan nutqida hozirgi davr talabiga mos vazifa qo`yildiki, unda jumladan, shunday deyildi: “Bozor munosabat lariga o`tish davrida talabalarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivojlanishimizda bu tushunchalarning mohiyati var oli borasida ko`proq bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir”.3
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’p jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur kurs ishimizda kishilik jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasi, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kеlishi yoritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar, nazariyalarning shakllanish tarixining umumiy va qisqacha bayoni bеriladi va hozirgi zamon iqtisodiy konsepsiyalarning mazmun – mohiyatiga qisqacha to`xtalib o`tamiz. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida iqtisodiy bilimlar, g`oyalar, qarashlar, ilmiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, ularning kurashi, almashuvi, iqtisodiy tafakkurdan o`rin topib borishi, bugungi iqtisodiy qadriyatlar qanday bosqichdan o`tib, sayqallanganligi haqidagi ma`lumotlar beriladi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish