Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi Mundarija kirish I bob. Bozor va bozor mexanizimi


Layoqatsiz bozor — bu mexanizmi yaxshi ish bermay qolgan bozor bo'ladi



Download 0,77 Mb.
bet9/14
Sana09.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#647768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5192842875087361607

Layoqatsiz bozor — bu mexanizmi yaxshi ish bermay qolgan bozor bo'ladi.
Bu bozor defitsitli bozomi yoki tovar ortiqcha bo'lgan bozorni bildiradi. Iqtisodiyot uchun bozorning har ikkala holati m a’qul bo'lmaydi. Layoqatsizlik ko'pincha tartibsiz bozorlarda uchrab turadi. Layoqatsizlik paydo bo'lganda iqtisodiyotning o'sishi awal sekinlashadi, so'ngra to'xtab qolib, tanglik paydo bo'ladi. Bozorning layoqatsizligi yana shundan iboratki, uning mexanizmi ayrim muammolarni hal etishga qodir bo'lmaydi.
Masalan, atrof-muhitni himoya qilish, mudofaani ta’minlash. Bu ishlarni bozorning ojizligi tufayli davlat mexanizmi bajaradi. Bozorning layoqatliligi tendensiya bo'lsa, layoqatsizligi juz’iydir.
2.2.Talab va taklif muvozanati
Bozor muvozanatiiqtisodiy subyektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.
Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvozanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Muvozanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud.

8–rasm. Talab va taklif muvozanati.
Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.
Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Bozor mexanizmining mo‘jizakorligi shundaki, bu nimani, qancha va qanday usulda ishlab chiqarish zarur degan muammoni hal qilishning eng samarali yo‘llarini belgilab beradi. Iqtisodiyotning har qanday ishtirokchisi u kim bo'lishidan qat’iy nazar bozorga moslashishi talab qilinadi, chunki busiz uning ishi yurishmaydi. Moslashuv bozor holatiga qarab ishlashni bildiradi. Buning uchun u bozor signalini qabul qilishi va unga javoban harakat qilishi kerak. Bozordan keladigan iqtisodiy signal vazifasini narx-navo o'taydi. Bozordan keladigan narx signali xaridorlar nimani va qancha sotib olishini, ishlab chiqaruvchilarni esa nimani, qancha ishlab chiqarishi kerakligini belgilab beradi. Iste’mol bozoridan kelgan signal tovarlarni ishlab chiqarish uchun qanday resurslarni va qanday miqdorda sotib olish zarurligini belgilab beradi. Resurslar bozoridagi talab, iste’mol bozoridagi talabga qarab o'zgaradi. Masalan, bozorda ko‘ylak yaxshi sotilib tursa, unga talab elastik hisoblanadi. Shunga ko'ra ko‘ylakni ko'proq miqdorda tikish uchun bozordan gazlama, ip, tugma, tikuvchilik mashinalarini ko'proq sotib olish kerak bo'ladi. Binobarin, iste'mol bozoridagi talab resurs bozoridagi talabni hosil qiladi, uni qondirish uchun esa resurslarni yaratib, ularni bozorga chiqarish kerak bo'ladi. Bozor orqali resurslar taqsimlanib, ular kerakli tovarlarni ishlab chiqarishga yuboriladi. Demak, bozor mexanizmi bu faqat rag'batlantirish mexanizmi emas, balki resurslarni oqilona taqsimlash mexanizmi ham bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti ham cheklangan resurslarga duch keladi, shu sababli ularni muqobil ishlatish kerak. Qaysi yo'nalishda resurslarni ishlatish talab-ehtiyojni to'laroq qondirsa, shu yo'nalish tanlab olinadi. Tanlov uchun narx asos bo'ladi. Nimaga narx oshsa, unga talab-ehtiyoj kamroq qondirilgan bo'ladi. Nimaga narx tushsa, u talab-ehtiyojdan ortiq darajada ishlab chiqilgan bo'ladi. Birinchi holda taklif ko'paytiriladi, ikkinchi holda taklif qisqartiriladi. Narxlar bozor konyunkturasini tavsiflaydi. Narx signali bozordagi talab-taklif haqidagi axborot bo'lib, korxonalar va xonadonlardan ularga binoan ish qilish zarurligini bildiradi, chunki ularni bozor narxiga moslashishdan boshqa iloji bo'lmaydi. Firmalar nima qilishlari, birinchidan, ular yaratgan tovarning bozor narxiga, ikkinchidan, resurslarning bozor narxiga bog'liq bo'ladi. Biz oldin ko'rdikki, firmaning foydasi uning tovarlari narxiga to'g'ri mutanosiblikda, xarajatlarga teskari mutanosiblikda bo'ladi. Resurslar qimmatlashsa, xarajat ko'payadi, shunga mos holda foyda qisqaradi. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun firmalar xarajatni tejovchi unumi yuqori texnologiyani qo‘llaydilar. Resurslar cheklanganligidan ularning narxi o'sishga moyil bo'ladi. Shuni nazarda tutib mahsulot birligini yaratishga ketgan resurslarni tejash yo‘li izlab topiladi. Neft narxining oshishi munosabati bilan benzinning qimmatlashuvi benzinni tejovchi avtodvigatellarning yaratilishiga olib keldi. Har 100 km hisobidan 10—12 litr yonilg'i sarflovchi dvigatellar o'rniga 6—8 litr, hatto 3—4 litr benzin yoquvchi dvigatellar yaratildi. Hozirda rivojlangan mamlakatlarda mahsulotning energiya sig'imini qisqartiruvchi texnologiyani yaratishga qo'l urilgan.
Ish kuchi resurs sifatida qimmatlashsa, uni arzoni bilan almashtiriladi. Masalan, migrantlar (muhojirlar)ning arzon ish kuchi ishlab chiqarishga jalb etiladi.
Bozordagi xaridor tovarlar birligining narxini uning sifatiga taqqoslab baholaydi, ya’ni narx sifatga monand bo'lishi zarur. Aks holda tovarga talab umuman bo'lmaydi yoki kam bo'ladi. Bu esa foydani qisqartiradi, natijada firma egasining manfaati yuzaga chiqmay qoladi. Shunday sharoitda firma novatsiya qilishga, ya’ni o'z ishiga yangilik kiritishga majbur bo'ladi. Novatsiya natijasida tovarlar diversifikatsiyasi yuz beradi, ya’ni mutlaqo yangi tovarlar yaratiladi, eskilari modernizatsiya qilinadi. Yangi tovarlar ishlab chiqarishgao'tish restrukturizatsiya, deyiladi. Restrukturizatsiya chog'ida yangi tovarlarning bozor talabiga nechog'lik mos kelishi, bu qancha qo'shimcha sarf talab qilishi va bu o'zini qanchada oqlashi inobatga olinadi. Shu yo'sinda bozorbop tovarlarning ishlab chiqarilishi ta’minlanadi. Firma uchun bozorbop tovar — bu faqat xaridorgir tovar emas, balki yaxshi foyda keltiradigan tovardir. Tovar birligini sotishdan keladigan foyda xarajatlarning pasayishiga, xarajatlar miqdori esa mehnat unumdorligiga bog'liq bo'ladi. Bunday aloqadorlik mehnat unumdorligini oshirishga stimul beradi. Qayerda bozor mexanizmi yaxshi ishlasa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori bo'ladi. Bozor mexanizmi ravon ishlayotgan yuksak rivojlangan mamlakatlarda 2000-yili bir ishlovchi yaratgan mahsulot va xizmatlar 56 ming dollarga teng bo'lganligini aytishning o'zi kifoya. Bozor mexanizmi mehnat unumdorligini oshiruvchi omillarga kuch berib, ularning iqtisodiyotdagi rolini oshiradi. Bozor mexanizmi shakllanib ulgurmagan yerda unumdorlikni oshiruvchi stimullar kuchsiz. Bu mehnat unumdorligining past bo'lishini yuzaga keltiradi. Masalan, 2000-yili AQShda bitta ishlovchi 84 ming dollarga teng tovar va xizmatlar yaratgan bo'lsa, Rossiyada 15,6 ming dollarlik yaratildi.
Bozor mexanizmi iqtisodiyotni narx orqali boshqaradi, buni talab elastikligida ko'rish mumkin. Bizga ma’lumki, erkin bozorda talabning elastikligi shundaki, bu yerda narxning o‘zgarishiga javoban talab bundan tezroq o'zgaradi. Shunday sharoitda firma narxni tezda o'zgartirishi kerak. Aks holda u tovarini sota olmaydi. Narxni pasaytirganda ham firma foyda olib turishi uchun xara- jatlarni ham pasaytirishi talab qilinadi. Firmalar taklifning elastikligini ham hisobga oladi. Bu o‘z navbatida narx bilan taklif o'rtasida to'g'ri mutanosiblik borligidan kelib chiqadi. Firma narxning o‘sishiga javoban tovarlarni ko'plab chiqarishini bildiradi. Biroq qo'shimcha ishlab chiqarish foyda keltirishi talab qilinadi. Buning uchun xarajat hech bo'lmaganda oshmasligi, imkoni bo'lganda, uning kamayishi talab qilinadi. Binobarin, bozor mexanizmi qo'shimcha ishlab chiqarishdan qo'shimcha foyda olish uchun xarajatlar qisqartirish zarur bo'ladi. Bu firmalarni tejamkorlikka undaydi.
Bozorga moslasha bilish g'oyat muhim. Buning uddasidan chiqqan firmalar rivojlanib ketsa, bu ish qo'lidan kelmagan firmalar yopilib ketadi, ular o'rniga yangilari keladi. Demak, bozor mexanizmi uddaburonlarning tanlanishini va iqtisodiyotning ular qo'liga o'tishini bildiradi. Ular o'z kapitalini bozorgir tovarni ishlab chiqarishga tashlaydi. Natijada, mavjud korxonalardagi ishlab chiqarish kengayadi, yangi korxonalar ochiladi. Talabga binoan taklif ko'payib, bozorning to'yinish darajasi ortadi. Dastlab Tb>Tf holati bo'lsa, keyinchalik Tb=Tf holati, ya’ni muvozanatlilik paydo bo'ladi. Nihoyat taklif ko'payib ketganidan TbTb holati yuzaga keladi.
Bozorda marjinal naflilik qonuni amal qiladi. Naflilik pasaygan sari tovarlarning sotilishi qisqaradi, bozor narxlari tushadi. Narx pasaygan sari iqtisodiy foyda qisqarib boradi, nihoyat u nollashadi, chunki naflilik pasayganidan narxlar arzonlashganda ham bozorda tovar o'tm ay qoladi. Biroq iqtisodiy foyda nollashgan holatda ham tovarni ishlab chiqarish to'xtatilmaydi, tovarni iqtisodiy foyda keltirmaydigan narxda sotishning ham ma’nosi bo'ladi, chunki shunday holatda iqtisodiy foyda olinmasada, xarajatlar qoplanadi, ular tarkibidagi m e’yorli foydani tadbirkor olib turadi. Narx pasayishda davom etganda, dastlab m e’yordagi foyda yo'q bo'ladi, so'ngra o'zgaruvchan xarajatlar, nihoyat doimiy xarajatlar qoplan- may qoladi. Xarajatlar qoplanmay zarariga ishlash boshlanganda tovarni chiqarish to'xtatiladi. Masalan, «А» firma tovarni chiqarib, har birini 10 dollardan sotadi. Shu 10 dollar firmaning daromadi bo'lib, uning 8 dollari xarajat, 2 dollari iqtisodiy foyda. Aytilgan 8 dollarning 3 dollari doimiy xarajat, 4 dollari o'zgaruvchan xarajat, 1 dollari m e’yordagi foyda. Tovarga talab ortib, narx 11, 12, 13, 14 dollarga yetadi. Xarajatlar o'zgarmagan taqdirda iqtisodiy foyda dastlab 2 dollar bo'lsa (10-8=2), so‘ngra 6 dollarga teng boiadi (14-8=6). Bu maksimumlashgan foyda, chunki bu narx (R) bilan o‘rtacha xarajat (W0‘r) orasidagi farq eng katta bolganini bildiradi. Foyda maksimumlashganda bozor to‘yinib boiadi. Shundan e’tibo- ran tovarning nafliligi pasayib narx tusha boshlaydi. U cho'qqisiga chiqqanda P= 14 boisa, so'ngra u pasayishda davom etib, o'zining dastlabki holati P=10 ga keladi, oxir-oqibatda P=3 holatiga kelib, 5 dollar zarar ko'riladi (8-3=5). Shunda firmalar tovar chiqarishni to'xtatib, o‘z kapitalini muayyan ishlab chiqarishdan olib ketadi. Natijada, ishlab chiqarish quwatlari kamayadi, taklif qisqarib ketadi, talab taklifdan ortib, narxlar, binobarin foyda osha boshlaydi. Shunday vaziyatda ishlab chiqarishga yangi firmalar kirib kela boshlaydi. Natijada, taklif ko‘payib, u talab bilan tenglashadi, foydaning maksimumlashishi yana yuz beradi. Biroq tovarlar taklifi yana talabdan oshib ketadi, yana ishlab chiqarish qisqara boshlaydi. Xullas, talab-taklif nisbatining o'zgarishi natijasida ishlab chiqarish harakatga keladi, u doimo yangilanib turadi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish