IX BOB. NARXNING MOHIYATI VA ShAKLLANISh
XUSUSIYATLARI
Narx - bozor rnexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan
biri. U o'zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning
shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvo-
zanatining ta ’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning
turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlari
bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya
qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruv
chilarni rag'batlantirib, sogMom raqobat muhitining yaratil-
ishiga katta ta ’sir ko‘rsatadi. Ushbu bobda biz narxning iqtiso
diy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari va uning
darajasiga ta ’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlarini batafsil
bayon etamiz. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida
narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va
uning
0
‘zbekistondagi o‘ziga xos jihatlarini ham ko‘rib
chiqamiz.
l- § . Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o ‘zlarining namoyon
boMishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab
chiqaruvchilarni,
naflilik
esa,
iste’molchilarni
rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida
amal qiladi.
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi boMgan, lekin doimo
bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi boMmaydigan ikki
xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (iste’mol qiymatiga)
va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat
birligidan
iborat
ekanligi
o‘quvchiga
oldingi
boblardan
m a’lumdir.
281
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oldingi o ‘rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sar-
flarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy-
zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-
zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur boMgan ijtimoiy-zaruriy
sarflarni ifoda etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini
aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya'ni
ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qi
ymat (naflilik) qiymatni o ‘zida olib yuruvchi moddiy asos
ekanligini to ‘g‘ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni
ba’zi olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va
ta ’rif berilmoqda.
Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past
boMishiga), uning o ‘zgarishiga turli xil omillar ta ’sir qiladiki,
bu ham masalani to ‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.
Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari
g'oyalarida
hamda
oldingi
siyosiy
iqtisod
darsliklarida
narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan boMsa,
marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson,
K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida,
shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi
darsliklari va o ‘quv qoMlanmalarida tovar narxining asosini
uning nafliligi, ayniqsa, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil
qiladi deyiladi. Bunda so'nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga
alohida e ’tibor beriladi.
Uchinchi guruh olimlar esa, narx talab va taklif asosida
tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli
dalillar keltirishib, o ‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.
Rossiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi»
darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki
nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning narxni to ‘g‘ri
aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi
haqida aniq fikr bildirilmaydi.
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha boMib,
ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida toMa tan
olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa, umuman
tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi
mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o'zi
282
www.ziyouz.com kutubxonasi
d eb qarash n o to 'g 'rid ir. C hu n ki unga m eh n at sarfidan boshqa
omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki
yuqori boMishi mumkin.
Jumladan, o ‘zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida
biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki
bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat — narx
nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko'rsatadi. Bu yerda
shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib
olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning
iste’mol xususiyatlari o'zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos
kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi
uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga
ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli,
«ijtimoiy
naflilik»
tushunchasining
o‘zi
biror
tovar
(xizmat)ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini
ko'rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki,
narx o ‘zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas.
balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning
m a’lum miqdorini pul koMinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda
ifodalanmasa oldi-sotdi sodir boMmaydi. Chunki tovarning
qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol
qiymati) tomonida esa, xaridorning manfaati yotadi. Tovar
egasi o ‘z tovari uchun ketgan sarflami qoplab, m a’lum
darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta ’minlashi
mumkin boMgan qiymatni pul shaklida o'zlashtirishga intilsa,
xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga
ko‘proq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega boMishga harakat
qiladi. Ularning manfaatlari to ‘g ‘ri kelgan nuqtada, darajada
narx o'm atilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir boMadi.
Bu holatni yaxshiroq tasaw ur qilish uchun 1-chizmaga
e’tiboringizni jalb etamiz.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |