Keywords: psychology, creator’s mood, talent, creative purpose, descriptive
method,figure
Asarning yuzaga kelishi barchaga birday qiziq. Asarning yuqori saviyada
yozilishi, qay darajada umrboqiyligi yozuvchining mahoratiga bog‘liq. Asarning
sujeti, voqealar rivoji, kitobxon koʻngliga yetib boruvchi jumlalarning hosil
boʻlishi, ijodkorona uslubning shakllanishi ijodkordan katta mehnat va
tayyorgarlik talab etadi. Asarga kiritiladigan har bir detal, obraz va
personajlarga vazifa yuklanishi, sarlavha va epigrafning qoʻyilishi, asar qancha
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
373
hajmni tashkil etishi kabilarning barchasi ijod labaratoriyasida doirasida
oʻrganiladi. Asarning mukammal holat kasb etishi ham aslida fikriy
muammodir. Bu muammo ham amaliy, ham nazariy bilim, hayotiy donolik,
yuksak darajadagi fikr mantig‘i va aqliy mehnat evaziga oʻz yechimini topadi.
Ijod psixologiyasi ustida mulohaza yuritishda, nazariy qarashlar tahlili
doirasida toʻxtalsak: Abdurauf Fitrat “Adabiyot qoidalari”da ijod qilish
jarayonini Navoiyga ergashib ta’lif deb ataydi: “Ta’lif yo tasnif atag‘an adabiy
yumush bilan maydong‘a chiqqan narsaga “asar” deyiladir. Bir asarni
yozg‘anda zehnimizning yumushi(xizmati) turli tuslarga kiradi: Yozuvchi –adib
boshda shul toʻg‘rida yozilaturg‘on bir narsani topadir. Soʻngra shu narsa
toʻg‘risidog‘i oʻylar, tuyg‘ularni oxtarib, topib yig‘adir. “Zehniy yumush” ning
shu boʻlimiga “ijod” (bor etish –yarotish) deyiladir”. Fitrat aytgan ana oʻsha
“zehniy yumush”ning xizmati biz nazarda tutayotgan ijod labaratoriyasining
boshlang‘ich boʻg‘inini tashkil etadi.
Ijod labaratoriyasi deganda, dastlab uning tarkibi bilan tanishib
chiqishimiz maqsadga muvofiq. Iste’dod va unga xos tushunchalar, g‘oya,
ilhom, mavzu tanlash, asarning yozilishiga sababchi boʻlgan omillar, reja,
qoʻlyozma ustida ishlash, soʻz tanlash, ijodkorning ta’sirlanishi, yozuvchi
faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi tashqi omillar, yozuvchining hayoti davomida
boshidan kechirgan va muayyan bir taassurot qoldirgan hodisalarning
yozilayotgan asarga qay darajada aloqadorligi, kundaliklari, qayd
daftarchasining jumla tuzishda nechog‘li rol oʻynashi, tush va ijod, ijodkor
xarakteri kabilar ijod labaratoriyasiga xos unsurlardir. Oʻzbek
adabiyotshunosligida ijod laboratoriyasining ma’lum bir jihatlari tadqiq
etilgani ilm ahliga yaxshi ma’lum. Jumladan, Abdug‘afur Rasulovning
oʻzining “Ilmi g‘aribani qoʻmsab...” kitobida muhim bir fikrni bayon qilib
shunday yozadi: “Yozuvchi holati bilan ijodi orasida uzviy bog‘liqlik bor...
Har qanday asarda yozuvchi ruhi, holi, qalbi aks etadi. Asarlar sinchiklab
oʻrganilsa, ular yozuvchi holati, ruhiyati haqida koʻp narsalar soʻzlab beradi”[
1.Расулов А. 1998.–B: 27]. Ijod jarayonida shoir va yozuvchilar koʻp hollarda
374
oʻz koʻnglidan oʻtgan tuyg‘ularni, oʻz boshidan kechirgan voqea-hodisalarni
qog‘ozga tushiradi. Xuddi shu ma'noda, Abdug‘afur Rasulov yuqoridagi
fikrlarining davomini eslatadigan mulohazalarni “Tanqid, talqin, baholash”
kitobida ham bayon etadi: “Badiiy asar – xoh u lirik, xoh nasr, xoh drama
boʻlsin – yozuvchining ijodi mahsuli. Farzand ota-onaga oʻxshamasligi
mumkin emas. Badiiy asar talqin, tahlil qilinganda, tabiiyki, yozuvchining
ruhiy holati, kayfiyati hisobga olinadi” [ 2.Расулов А. 2006. –B.75]. Olim
asarda ijodkor ruhi va kayfiyati koʻchib oʻtishiga urg‘u bergan. Ruh va
kayfiyat asar yozishga tayyorgarlik jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorning eng muhim jihati tug‘ma iste’dod egasi boʻlishlikdir. Kishi
tabiatidagi badiiy ijod bilan shug‘ullanishga layoqat boʻlsa, unda oʻsha
layoqatni rivojlantirish kerak. Adabiyotshunoslik tarixida ham iste’dod
masalasiga alohida e’tibor berilganini, xususan, hazrat Alisher Navoiy hayoti
va faoliyati misolida koʻrish mumkin. Alisher Navoiyning iste'dodiga Lutfiy
oʻz vaqtida juda yuksak baho beradi. Navoiy Lutfiyning xizmatiga borganida,
Lutfiy undan eng yaxshi g‘azallaridan biri oʻqib berishini soʻraydi. Navoiy
quyidagi baytni oʻqiydi:
Orazin yopqoch koʻzimdin sochilur har lahza yosh,
Boʻylakim paydo boʻlur yulduz nihon boʻlgach quyosh...
Mavlono Lutfiy ushbu baytni eshitgach, shunday deydi: “Volloh, agar
muyassar boʻlsa edi, oʻzimning oʻn –oʻn ikki ming forsiy va turkiy baytimni
shu g‘azalga almashtirar edim va bu ishning yuzaga chiqishini zoʻr
muvaffaqiyat hisoblar edim”[ 3. Toʻplam. 1985. B: 87]. Qaysi bir ma’noda,
Lutfiy oʻsha paytda ximatiga kelgan yosh iste’dod egasini rag‘batlantirgan.
Iste’dod egasi birinchi navbatda, oʻz darajasini aynan oʻzi baholashni ham
biladi. Alisher Navoiy oʻzigacha boʻlgan xamsanavislar an'analarini
yangilashi uchun oʻzida qanday iqtidor, iste'dod borligini tasavvur qilgan
albatta.
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy ranjasig‘a ranja urmoq...
375
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher oʻlmasa, bori palangi.
Asarning hajmi qancha keng boʻlsa, ijodkor mehnati ham shuncha
boʻladi. Navoiy 5 qismdan iborat asarni yozishga kirishishdan avval, reja
tuzishda Nizomiy Ganjaviy va Xisrav Dehlaviy bilan bellashmoq uchun ulkan
kuch-qudrat kerakligini anglab yetgan. Turkiy tildagi sara soʻzlardan
foydalanib asar bunyod etish asar rejasining bir qismi edi. Nazariy jihatdan
olib qarasak, ikkinchi dostonning bosh qahramonini Xusrav emas, Farhod
deb tanlanishi ijodiy maqsad taqozo etgan va an’ananing ziddi natijasida
yuzaga kelgan g‘oya edi. Ijod labaratoriyasidagi unsurlar shu kabi oʻrinlarda
mantiqiy bog‘liqlikni koʻrsatadi.
Bugungi adabiy hayotda, gazeta va jurnallarda she'riy mashqlar,
nasriy asarlar bosilib turibdi. Biroq ularning mualliflari, aniqsa, yosh qalam
egalarining qaysi birlari fitratida iste'doddan nishona borligini aniqlash va
ular chindan ham iste'dod egalari boʻlsa, ularga rag‘bat berish, qoʻllab
quvvatlash kerak boʻladi. Abdulla Oripov yozadi:
Olti oykim she'r yozmayman yuragim zada,
Olti oykim doʻstlarim ham pana panada,
Iste'dodim soʻnganidan qilar karomat.
Abdulla Oripov iste'dod egasi. U oʻzining iste'dodi darajasini ham
yaxshi bilgandir[4. I. Sulton, 2005, B: 99]. Ijod ahliga iste'dod degan noyob
ne'mat Yaratguvi tomonidan in'om qilinadi.
Ijodkor ruhiy-psixologik nuqtai nazardan tekshirilganda, asosan oʻz
dunyosiga shoʻng‘ishi, badiiy obrazlari mohiyatiga oʻz qarashlarini, estetik
idealarini joylashtirish holatlari kuzatiladi. Iste'dodli adib Abdulla Qodiriy
shu hodisani quyidagicha e'tirof qiladi: “Yozuvchining, garchi shaxsan
tanilmasa ham, asarlarini oʻqib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona
bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida asosan oʻz tabiatini,
ruhini tasvirlaydi”[5. Умуров Ҳ. 2011, B:23]. Haqiqatan ham, birinchi oʻzbek
376
romani muallifining qator asarlarida adibning ma'naviy dunyosiga yaqin
boʻlgan obrazlarni kuzatish qiyin emas. Zero, katta ijodkorlarning ruhi,
kayfiyati, dunyoqarashiga xos jihatlarning barchasi ular yaratgan obrazlar
xarakterida akslanadi.
Badiiy asardan yozuvchi tabiatiga xos xususiyatlarni anglash, his etish
ijodkor yashagan muhitni, ijtimoiy-ma'naviy dunyosini tushunish orqali
yuzaga keladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning shaxsiyatini, e'tiqodiy
qarashlarini anglash bilan asarlarini parallel qoʻyib qaralganda, ijod
psixologiyasi nuqtai nazaridan juda koʻp masallar oydinlashadi. Chunki
adibning Yusufbek hoji, Otabek, Anvar, Kumush, Ra'noga oʻxshash
qahramonlarida ma'naviy dunyosida in'iko etgan tushunchalar, qaysidir
ma'noda, Abdulla Qodiriy adabiy-estetik dunyosiga tegishli, albatta.
Oʻzbek adabiyotshunosligida ijod laboratoriyasining oʻrganilishi
badiiy asarni yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, ijodiy maqsad va ijodkor
mahoratini belgilashda oʻz ahamiyatiga ega. Qolaversa, ijodkor shaxsiyatiga
yaqinlashish, ijodxona sirlaridan boxabar boʻlish nafaqat, tadqiqotchi uchun
balki, yosh qalamkashlar va kitobxonlar davrasi uchun ham qiziq jarayon
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |